Xitoy Rossiya bilan birga Venesuelani himoya qilishga tayyor

829
0

Xitoy Rossiya bilan birga Venesuelani himoya qilishga tayyor

 XXR tashqi ishlar vaziri Chjan Xanьxuey, Si Tszinьpinning Rossiyaga tashrifi oldidan Xitoy Rossiya bilan birga Venesuelani himoya qilishga tayyor ekanligini maʼlum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar qilmoqda.

 “Venesuela masalasiga kelsak, Xitoy va Rossiya nuqtai nazari bir-biriga yaqin. Biz Venesuela borasida doimiy aloqani saqlab turibmiz. Biz Venesuela ichki ishlariga tashqaridan aralashishga qarshimiz. Xitoy Venesuela masalasi boʻyicha Rossiya bilan koʻp qirrali hamkorlikni kuchaytirishga tayyor”, – dedi Chjan Xanьxuey

 XXR vaziri, shuningdek, Xitoy Rossiya bilan birgalikda Venesuelada xalqaro adolatni himoya qilishga, BMT ustavi va Venesuelaning mustaqilligi hamda suverenitetini hamda hududda tinchlik va barqarorlikni himoya qilishga tayyorligini maʼlum qildi.

 Maʼlumki, Venesuelada 21 yanvar kuni muxolifat yetakchisi Xuan Guaido oʻzining yangi prezident deb eʼlon qilganidan soʻng, mamlakatda ommaviy tartibsizliklar boshlangan edi. AQSh va bir qator Gʻarb mamlakatlari uni darhol tan olishiga qaramasdan, Venesuela armiyasi va boshqa kuchlari uni qoʻllab-quvvatlamadi. Maduroning taklifiga qaramasdan Guaido Venesuelada umumxalq referendumi eʼlon qilishdan bosh tortdi.

 Rossiya, Xitoy va Turkiya Venesuelaning qonuniy prezidenti Maduroni qoʻllab quvvatlashdi. AQSh va Angliya oʻz hududlarida boʻlgan Venesuela kompaniya va hukumat hisob raqamlarini muzlatib qoʻyishdi. Moskva Guaidoning prezidentlik maqomini “mavjud boʻlmagan” deb hisoblaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.