Ushbu ulugʻ oyda qilmogʻimiz kerak boʻlgan farzlarning eng muhimi

555
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ushbu ulugʻ oyda qilmogʻimiz kerak boʻlgan farzlarning eng muhimi

Ey musulmonlar!

Hukmdorlaringiz Qurʼon va sunnatni chetga uloqtirishdi. Yurtlarimizni boʻlib, boyliklarimizni dushmanlarga topshirishdi. Shuning uchun ham bunday hukmdorlardan qutulib, roshid xalifaga bayʼat qilishga jiddiy harakat qilish, ushbu muborak oyda qilinadigan farzlar ichida biz uchun eng muhimi sanaladi. Ammo ularga rozi boʻlib, sukut qilsak, bizga sayyidimiz Muhammad alayhissalomning ushbu hadislari toʻgʻri kelib qolishi mumkin:

“يَا كَعْبَ بْنَ عُجْرَةَ أَعَاذَكَ اللَّهُ مِنْ إِمَارَةِ السُّفَهَاءِ، قَالَ: وَمَا إِمارةُ السُّفَهاءِ؟ قالَ: أُمَرَاءُ يَكُونُونَ بَعْدِي يَهْدُونَ بَغَيْرِ هُدَايَ وَيَسْتَنُّونَ بَغَيْرِ سُنَّتِي فَمَنْ دَخَلَ عَلَيْهِمْ فَصَدَّقَهُمْ بِكَذِبِهمْ وَأَعَانَهُمْ عَلَى ظُلْمِهِمْ فَأُولَئِكَ لَيْسُوا مِنِّي وَلَسْتُ مِنْهُمْ وَلاَ يَرِدُونَ عَلَيَّ حَوْضِي”

“Ey Kaʼb ibn Ujra, Alloh sizni pastkash-tentaklarning amirligidan asrasin. Kaʼb pastkashlarning amirligi nima? deb soʻradi. Paygʻambar alayhissalom aytdilar: Mendan keyin meni yoʻlimga ergashmaydigan va sunnatimni ushlamaydigan amirlar boʻladi, kimki ularning yolgʻonini tasdiqlasa, zulmiga yordam bersa, bas, ular mendan emas, men ulardan emasman va ular mening huzurimga, havzi kavsarimga tushmaydilar”.

Ey musulmonlar!

Muborak Ramazon oyida shaytonlar kishanlanadi, jannat darvozalari ochilib, doʻzax darvozalari yopiladi. Mana, Robbimiz nidosiga labbay deb, imon bilan, savob umidida Ramazon roʻzasini tutishga shoshildik. Xoʻsh, ushbu imon talabiga toʻliq labbay demaymizmi?! Chunki roʻza tutmoq farz qilinishi bilan birga, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etishga harakat qilish ham bizga farz qilingan. Alloh Taolo bunday dedi:

فَلاَ وَرَبِّكَ لاَ يُؤْمِنُونَ حَتَّى يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لاَ يَجِدُوا فِي أَنْفُسِهِمْ حَرَجًا مِمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا تَسْلِيمًا

“Yoʻq, Parvardigoringizga qasamki, to ular oʻz oʻrtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, toʻla taslim boʻlmagunlaricha-boʻysunmagunlaricha zinhor moʻmin boʻla olmaydilar”  [Niso 65]

Roya gazetasining 2019 yil 22 may chorshanba kungi 235-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.