Yevroparlament saylovlari: Yevropa ittifoqi yoʻnalishi
23-26 may kunlari Yevropa ittifoqi hududida Yeroparlamentga saylovlar boʻlib oʻtdi, Yevroparlament 751 oʻrindan iborat. Albatta bu saylovda ulьtra millatchilar (ashaddiy oʻngchilar, yevroskeptiklar) koʻpchilik ovoz olisha olmagan boʻlsada, oʻz taʼsirlarini koʻrsatib qoʻyishdi. Avvaldan hukmron partiya boʻlib kelgan yevroittifoqchi partiyalar bu safar avvalgi saylovlardagi kabi muvaffaqiyatga erisha olishmadi.
Yevroparlament saylovlari saytida (election-results.eu) eʼlon qilingan dastlabki natijalarga koʻra, xristian-demokratlar ittifoqi “Evropa xalq partiyasi” 178, ularning ittifoqdoshi “Sotsial-demokratlar” esa 153 oʻringa ega boʻlishadi. Bu partiyalar avvaldan Yevroparlamentda hukmron partiya boʻlib kelishgan, biroq, hozir ularning mashhurligi kamayib bormoqda. Sababi, 2014-yili “Evropa xalq partiyasi” 216 oʻringa, “Sotsial-demokratlar” esa 185 oʻringa ega boʻlib, koʻpchilik koalitsiyasini tuzishgan edi. Endilikda, ayni natijalarga muvofiq, bu ikki fraktsiya koʻpchlik koalitsiyasini tuzish uchun yana bir partiya bilan ittifoq tuzishga majbur boʻladi.
Millatchilar (ashaddiy oʻngchilar, yevroskeptiklar) esa tobora mashhurlashib bormoqda. Masalan, “Millatlar va erkinliklar Yevropasi” 2014-yili 36 oʻringa ega boʻlgan boʻlsa, joriy saylovda 58 oʻringa ega boʻladi, “Ozodlik va bevosita demokratiya uchun Yevropasi” 2014-yili 42 oʻringa ega boʻlgan boʻlsa, bu safargi saylovda 54 oʻringa ega boʻlishi kutilmoqda. “election-results.eu” saytining maʼlumotiga koʻra, saylov natijalariga muvofiq yevroskeptiklar 751 oʻrindan 182tasiga ega boʻlishadi. Ularni yevroskeptiklar deymizmi yoki millatchilar deymizmi, bu oʻta oʻngchilar asosan Polьsha, Frantsiya, Biritaniya, Vengriya va Italiyada koʻp ovozga ega boʻlishdi.
Mazkur saylovlar Yevropadagi muhitni koʻrsatib turipti. Aslida barcha kapitalistik davlatlar mafkuraviy inqirozni boshidan oʻtkazmoqda. Aniqroq qilib aytganda, bu oʻlkada odamlar demokratiya, globalizatsiya, mulьti-madaniyat fikrlaridan yuz oʻgirib, millatchilik, protektsionizm (himoyachilik siyosati)ga ogʻa boshlashdi. Ilgari gʻarbliklarni demokratik mafkura birlashtirib kelgan. Endi boʻlsa millatchilik taʼsiri, hatto yuqorida koʻrsatib oʻtilganidek millatchilikning muvaffaqiyat qozonishi demokratiyani zavolga yuz tutayotganini bildiradi.
Horun Abdulhaq