Shom qoʻzgʻoloni munofiqlarning yolgʻonlarini fosh qilib, gʻalabaga olib boruvchi yoʻlni qidirmoqda

517
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Shom qoʻzgʻoloni munofiqlarning yolgʻonlarini fosh qilib, gʻalabaga olib boruvchi yoʻlni qidirmoqda

Ustoz Ahmad Muoz

Shom qoʻzgʻoloni barcha sohada qirgʻinbarot jangga shoʻngʻigan boʻlib, hatto ilgargidan ham dahshatli vaziyatni boshdan kechirmoqda. Chunki bugungi siyosiy kurash qoʻzgʻolonni butunlay tugatishga qaratilgan. Biz buni shuning uchun aytmoqdamizki, baʼzi qoʻzgʻolonchilar ozodlik yoʻlida eng qadrli narsalarini qurbon qilgan buyuk qoʻzgʻolonni barbod qilish uchun yo bilib yoki bilmasdan dushman safiga oʻtib olishdi. Koʻpchilik “bu qanday boʻlishi mumkin, bunday deyishga qoʻlingizda qanday maʼlumotlar bor?!”, deyishi ham mumkin. “Uzoq va yaqindagi dushmanlar unga qarshi til biriktirgan va butun millatlar koʻppaklardek yopirilgan shunday bir qoʻzgʻolonda faol boʻlgan qoʻzgʻolonchilarni siz nega xoinlikda ayblayapsiz?!”, deyishi mumkin.

Avvalambor, biz qoʻzgʻolonning qayerga yetib kelganini, qanday yetib kelganini, uning davom etib, maqsadiga yetib borish yoʻli qandayligini, ayniqsa, baʼzi kimsalar bizning fikrlarni real emaslikda va aqldan uzoqlikda ayblayotgan bir paytda, qoʻzgʻolonning real yoʻli qanday boʻlishini… mana shularni bilib olaylik. Alloh bunga muvaffaq qilsin:

Haqiqatni ochish xoinga chiqarish emas. Balki, haqiqatni aytmaslikning oʻzi xoinlik. Chunki qoʻzgʻolon toʻsiq devor oldiga kelib qoldi va bunga unga qarshi sodir etilgan koʻp narsalar sabab boʻldi. Bu ishda ayrim qoʻzgʻolonchilaring oʻzi yordam berishdi. Axir, bu qoʻzgʻolon takbirlar bilan boshlanib, jinoyatkor toifachi josus rejimga boʻlgan qullik va xorlik kishanlarini parchalagan edi hamda tasavvur qilish qiyin boʻlgan ishlarni qilib, rejimni burnini yerga ishqagan edi! Endi, shunday qoʻzgʻolon bugun qattiq azob-uqubatda qoldi. Bu qoʻzgʻolonga yetakchilik qilaman, deganlar, hozir qoʻllaridan hech narsa kelmayapti, chunki shu “etakchilar” bugunga qadar qoʻzgʻolon kalitlarini dushman davlatlar va ularning tashkilotlari qoʻliga topshirib boʻlishdi. Oʻzlarini ham, qoʻzgʻolon kuchini ham shu davlatlarga qurol qilib berishdi, davlatlar ularni oʻz manfaatlari tomon istaganlaricha yurgizishyapti…

Real voqelik mana shu. Buni katta-yu kichik biladi. Birinchi savolga javob shu. Endi ikkinchi savolga, yaʼni, qoʻzgʻolon qanday bu holatga tushdi, degan savolga kelsak, bu savolga Sohil qoʻzgʻolonchilaridan biri Mustafo Hadiyaning aytgan soʻzi javob. Men undan qoʻzgʻolon qanday qilib shu ahvolga tushib qoldi, deb soʻraganimda, keskin va loʻnda qilib, “qoʻzgʻolonimiz oʻn bir ming lira bilan tamom boʻldi”, deya javob qildi!! Hamma – bu arzimas mablagʻ nima, buning qonxoʻr va jinoyatkor rejimni esankiratib, ojiz qilib qoʻygan qoʻzgʻolon bilan qanday aloqasi bor, deb soʻraydi. Tabiiyki, bunga Mustafoning hikoyasi javob. U menga Sohildagi janglari haqida aytib berdi: “Bizning 2013 yil boshida Loziqiya, Jabala, Boniyos va boshqa sohilboʻyi shaharlarning hammasini yorib kirishimizga bir baxya qolgan edi. Ayni maqsadda ishlab chiqqan harbiy rejamiz shu darajada ajoyib ediki, agar, amalga oshsa, anavi badboʻy rejimdan asar ham qolmasdi, barchamiz bugun kuch-qudrat, hurmat-eʼtibor va hurriyatning yangi asrini boshlagan boʻlar edik”.

Mustafo qoʻzgʻolonning mard oʻgʻlonlaridan biri. Bugun bu oʻgʻlonlar Xon Shayxun, Maʼarrati Noʻmon, Gʻob va hatto Bogʻuzdagi ahllarining yordamsiz qoldirilgani uchun achchiq alamlarni totmoqdalar. Oʻn bir ming lira qissasi shunday iborat boʻlganki, oʻsha paytdagi Koalitsiya raisi Ahmad Jarba Sohil frontiga kirib keladi. U Turkiya va Fors Koʻrfazi davlatlaridagi xoʻjayinlaridan qoʻzgʻolonchilarni rejim poytaxtiga kirishdan toʻxtatish maqsadiga qaratilgan zahri qotil qoʻllab-quvvatlovni olib keladi. Jarba shu orqali bir necha yetakchilarni sotib oladi. Oʻsha mablagʻdan oʻsha paytdagi jangchilarning har biriga yuz dollardan boʻlib beriladi va dollar qiymati oʻshanda 110 Suriya lirasi boʻlgan. Tabiiyki, Mustafo bu pul mazkur davlatlardan keltirilgan, degan gapga ishonmay, Jarbaga bu pul Sohil frontini toʻxtatish uchun Nusayriy-kofir rejim tomonidan berilgan, degan fikrida qattiq turadi. Rostdan ham shunday boʻlgan edi… Yaʼni, baʼzi jangchi guruhlar rahbarlari ayni qoʻllab-quvvatlovni olib, katta jangchi guruhlarni tashkil qilishadi. Biroq, bu guruhlardan maqsad – rejimga qarshi jangni davom ettirayotgan, boshqa frontlar fath qilayotgan va shu ishda qattiq turgan guruhlarga qarshi kurashishdan iborat boʻldi. Haqiqatdan ham shunday boʻldi. Rejimga qarshi eng muhim front yopildi. Hatto keyinchalik jangchilarni soxta janglar bilan mashgʻul qilib, Sohildagi ozod etilgan keng hududlar rejimga topshirildi… Shuning oʻzi butun Suriyadagi boshqa frontlar haqida paydo boʻlayotgan hamma savollarga javob boʻladi, chunki Sohildagi hodisa alohida hodisa emas. Halab, Xoms, Gʻuta, Darʼadagi hodisalar ham xuddi shunday… Idlibdagi ozod etilgan qolgan-qutgan yerlarni ham xuddi shunday qilish rejalashtirilgan.

Ammo bu ahvolga chek qoʻyishning va qoʻzgʻolon yetovini egallab olgan kimsalardan qoʻzgʻolonni qaytarib olishning yoʻli bor. Zero, bugun bu kimsalar toʻsiq devor oldida turib – agar qoʻzgʻolonni qolgan-qutganini ham dushmanga topshirib, oʻz vazifasini tamomlashni kutib turgan boʻlmasa – anavi davlatlardan yechim qidirishyapti. Ha, oʻziga topshirgan rolь va vazifani ado etishga harakat qilishyapti. Bunday deya olganimiz sababi, biz hech kim tanimaydigan va nasl-nasabi nomaʼlum kimsalardan tashkil topgan hukumat tuzish bilan qoʻzgʻolon qurbonlarini zoye ketkazilganini oʻz koʻzimiz bilan koʻrdik. Buni “qoʻllab-quvvatlovchi” davlatlarni rozi qilish uchun qilindi. “Qoʻllab-quvvatlovchi” davlatlarning esa, gʻarblik xoʻjayinlari manfaatini taʼminlashdan oʻzga tashvishi yoʻq. Ochiq koʻrinib turgan narsani yashirmayman. Ana Turkiya rejimi qoʻzgʻolon ichiga yaqin doʻst sifatida kirib, uning orqasidan xanjar urdi va qayta-qayta xanjar urishda davom etyapti. U oʻzining razvedka xizmati yordamida qonxoʻr rejimni mudofaa qilib, agʻdarilishdan saqlab qoldi. Shuningdek, bufer zona oʻrnatish dastagi bilan oʻzining jangovar punktlarini oʻrnatib tashladi. Vaholanki, bufer zona oʻrnatish, degan narsadan yagona maqsad, qoʻzgʻolonni toʻxtatish va qoʻzgʻolonchilarning oʻz maqsadlarini amalga oshirishlariga yoʻl qoʻymaslikdir. Chunki qoʻzgʻolonchilar maqsadi Asad rejimini parchalab, kulini koʻkka sovurish edi. Biz bu ahvolga chek qoʻyish va qoʻzgʻolon yetovini egallab olgan kimsalardan qoʻzgʻolonni qaytarib olishning yoʻli bor, dedik. Bu yoʻl – xalq harakatining bugungi masxarabozliklarni yigʻishtirib, anavi sotilgan yetakchilar paydo qilgan buzuq voqelikni oʻnglash uchun ongli xolis zotlarga qoʻshilishdir. Buni qoʻzgʻolondagi siyosiy yetakchilikni qabul qilish bilan amalga oshiriladi. Zero, bu yetakchilik bizning aqidamizdan olingan ochiq loyihaga, til biriktiruvlarni barbod etuvchi siyosiy ongga egadir, qoʻzgʻolon uchun eng muhim qarorni qabul qiladi. Yaʼni, anavi davlatlar bilan boʻlgan aloqani butkul uzib, yoʻnalish va maqsadni birlashtiradi hamda harbiy qudratni shaxsiy maqsadlar va davlatlar maqsadlari uchun emas, balki qoʻzgʻolon maqsadi uchun yoʻnaltirish qarorini qabul qiladi. Shuningdek, barchani birgalikda qoʻzgʻolonni davom ettirishga, rejimni agʻdarish va Islom boshqaruvini oʻrnatish sari yetaklashga undaydi. Zotan, maqsadlar oliysi Islom bilan boshqarish boʻlsa, gʻoyalar gʻoyasi Allohning roziligidir.

Real voqelik mana shu. Bu voqelikni oʻzgartirish uchun esa, barchamiz birgalikda harakat qilishimiz lozim. Vaziyat juda yomon boʻlsa-da, biroq umid chirogʻi soʻngani yoʻq. Biz xalqda harakat mavjudligini koʻryapmiz. U siyosiy faoliyatning zarurligini, qoʻzgʻolonga qarshi toʻqilayotgan fitnalarni barbod etishda bunday faoliyat juda muhim ekanini anglamoqda. Bu esa, qarshimizda muhim bir bosqichdan darak bermoqda, yaʼni, odamlarning Sochi konferentsiyasi va uning yakuniy natijalarini barbod qilishga harakat qilayotgani namoyon boʻla boshlaganidan darak bermoqda. Bugungi kunda odamlar Suriya Bosh milliy Kongressi, deb atalgan narsadan voz kechmoqdalar. Bu Kongressning asl mohiyatini oʻzining harbiy kuchiga va xavfsizlik tarmogʻiga ega boʻlgan guruh rahbarining oʻzi fosh qilib qoʻydi. Aslida bu guruhning oʻzi ham odamlarga tahdid qilib, ularni “qoʻllab-quvvatlovchi” davlatlarga ergashishga majburlash uchun tuzilgan. “Qoʻllab-quvvatlovchi” davlatlar bu Kongress va undan kelib chiqqan hukumatning qoʻzgʻolon vakili boʻlishini hamda keyinchalik bu hukumat Kongressning rejim bilan bir stolda oʻtirib, amerikacha yechimni amalga oshirishiga ijozat berishini istashyapti.

Biz qoʻzgʻolonchi guruhlarning shunday qadamlar tashlayotganini, shunday bir vaqtda hukumatlar tuzishga urinayotganini, Shom ahlimizning soʻzlariga quloq solish u yoqda tursin, hatto uni sariq chaqaga olmay, qoʻzgʻolon va jihodga qarshi ravishda “qoʻllab-quvvatlovchi” davlatlar rejalarini bajarishayotganini tanqid qilyapmiz. Nega, chunki bunday ahvol, qarshimizda bir ulkan yovuzlik turganidan darak bermoqda. Chunki biz bunday shubhali loyihalarning qandayligini, ularning ulugʻ qoʻzgʻolonga umuman yot loyihalar ekanini koʻryapmiz. Biz Islomdan oʻrgandik, qoʻzgʻolondan saboq chiqardik. Bu kabi saʼy-harakatlar yoʻldan adashtirib, zulmatli boshi berk koʻchalarga kiritib qoʻyadi va bu narsa jangchi guruhlar foydasiga emas, qoʻzgʻolon dushmanlari foydasiga xizmat qiladi. Hatto Alloh kalimasini oliy qilish yoʻlidagi jihodni rejim arkonlarini mustahkamlovchi yollanma guruhlar jangiga oʻzgartiradi. Chunki choʻgʻ ustida yurgan bu qoʻzgʻolon, tajriba maydoniga aylanmasligi kerak, balki Islom tajriba oʻtkazishdan bizni behojat qiladi. Masalan, har bir masalada sharʼiy hukmga ergashilsa, albatta omonlik qirgʻogʻiga chiqib olamiz, halokatga ham, Allohning gʻazabiga ham uchramaymiz. Siz qoʻzgʻolon ahlida imkoniyat mavjud, bas, undan foydalanib, Allohning oʻz dushmanlari bilan bogʻlangan aloqa arqonini uz deya qilgan buyrugʻini bajaring va Allohning mustahkam arqonini mahkam ushlab, qayta jihod boshlang, Allohga tavba qilib, Nabiyimiz ﷺ yurgan yoʻldan yuring.

قُلْ إِن كُنتُمْ تُحِبُّونَ اللَّهَ فَاتَّبِعُونِي يُحْبِبْكُمُ اللَّهُ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْۗ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

“Ayting (ey Muhammad) – Agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar, shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni magʻfirat qiladi, Alloh (gunohlarni) magʻfirat qilguvchi, mehribondir” [Oli Imron 31]

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.