Efiopiya bosh vaziri iftorga xushxabar bilan tashrif buyurdi

1223
0

Efiopiya bosh vaziri iftorga xushxabar bilan tashrif buyurdi

Minglagan efiopiyalik musulmonlar mamlakat poytaxti Addis-Abebada iftor qilish uchun yigʻilishdi.  Bu haqida IslamNews  sayti  Anadolu agentligiga tayangan holda xabar tarqatdi.

 Bu iftorning muhtaram mehmoni boʻlgan davlat bosh vaziri Abiya Ahmad fursatdan foydalanib kamsonli musulmon aholiga muhim xushxabarni yetkazdi.

  Efiopiya Islom ishlari boʻyicha Oliy Shoʻro tashkil qilgan iftorda, bosh vazir mamlakat markazidagi katta jomeʼ masjid qurilishiga ijobiy fikr bildirdi. Unga koʻra, yangi qurilajak masjid oʻz vaqtida Muhammad (s.a.v) sahobalariga boshpana bergan  qadimiy imperator Najjoshiyga ramziy ishora sifatida boʻladi. Shuningdek u kelgusida mamlakat uzra haqiqiy islomiy bank oʻz faoliyatini boshlashi haqida ham xushxabar berdi.

Izoh:

Masjid Musulmonlar uchun muhim joy, zaruriy dargohdir. Masjidlarning  yopilishidan kanchalik  gʻamgin boʻlsak, ularni kayta barpo boʻlishidan shunchalik mamnun boʻlamiz. Zero Musulmonlar jamlanib, Yaratuvchiga munojot qilishlarini Paygʻambarimiz(s.a.v) biz uchun qoldirgan meros qatori qabul qilamiz. 

Shu  kunlarda Musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Makka va Madina shahrida ayni ibodat mavsumidir. Kaʼba atrofida yigʻlab, ibodat qilayotgan ummat vakillarini koʻrib  havasing keladi. Ayniqsa Haram ishchilari qatorida mehnat qilayotgan farroshlarning mehnati tahsinga sazovor. Ular Kaʼbatullohni mehr va ixlos bilan supurib sidirishadi, tozalashadi va xushbuyliklar sepishadi. Bu Musulmon olamining quvonchli tarafidir.

Boshqa bir tarafi esa qonga belangan, vayron boʻlgan holda. Rus uchoqlarining bombardtmoni ostida qolgan Shom ahli, och-nahor qolgan Yamandagi birodarlar, najas mushriklar qoʻliga tushib azoblanayotgan uygʻur musulmonlar, uzoqqa bormaylik, yosh bolalarni uyda qoldirib, halol luqma ilinjida majburan xorij safariga otlangan mehnat muhojirlari.. va hokazo. Bu raqamlarni sanab sanogʻiga yetmaysan kishi. Demak ibodatda lazzat topayotgan Musulmonlardan koʻra, bir burda yegulikka zor boʻlgan, qiyin ahvolda qolgan Musulmonlarning soni koʻproq.

Modomiki dunyo boshqaruv sistemasi toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmas ekan, bu  nomutanosiblik davom etaveradi. Gʻaflatda qolganimiz sari oʻz ibodatlarimizda xotirjam boʻlib, jismimizni bir boʻlagi boʻlmish boshqa dindosh birodarlarni dardini sezmay qolyapmiz.

Dunyoga muhabat qoʻyish va oʻlimni yomon koʻrishimiz sababli qolgan aʼzolarimiz kasallansa, bezovta boʻlmay qoldik. Garchi sezsakda, unga yordam berish uchun shoshilmaymiz, qalqonimiz boʻlmish Xalifamiz yoʻq, dunyo tizgini fosiqlarning qoʻlida.

Kaʼba atrofida uni muqaddasligini eʼtirof kilgan holda aylanib tavof qilgan, yoki  tozalab yurgan birodarlarni koʻrib beixtiyor bir hadis yodimga tushdi.

Rasulalloh (s.a.v.)  Haj qilayotib Kaʼbani oʻpib, shunday dedilar: Ey qora tosh, naqadar buyuksan va na qadar aziz! Ammo Alloh nazdida bir musulmonning daxlsizligi sendan koʻra azizroqdirdir”.

Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.