بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Abbos rejimi oʻz xoinligini kelasi avlodlarimizga oʻrgatmoqchi!
“Ultra Palestine” sayti (hijriy 1440 yil 4 ramazon, milodiy 2019 yil 9 may payshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:
“Falastin Taʼlim vazirligi “Falastin uchun taʼlim olamiz” nomi ostidagi tashabbusi doirasida “Prezidentimiz oʻrnagimiz”, nomli kitobcha tarqatdi. Prezident Mahmud Abbos kitoblaridan olingan iqtiboslar bilan toʻlgan ushbu broshyura Falastinning payshanba kungi “sotsial media”sida shov-shuvga aylantirildi.
Taʼlim vaziri Marvon Avartaniy “Bu kitobchani bosib chiqarish va maktablarga tarqatish vazifasi vazirligimiz zimmasida”, dedi. Soʻng “Maktab oʻquvchilariga bu iqtiboslarni oʻrgatish ularning yaratuvchanlik mahoratlarini oʻstirish yoʻlidagi muhim tashabbus boʻlib, bu narsa milliy shaxsiyatni namoyon etishga hamda istalgan oʻzgarish va rivojlanishga erishishga qaratilgan.
Fath harakatining markaziy qoʻmitasi aʼzosi Azzam Ahmad, bu broshyurani chiqarish va barcha milliy taʼlim muassasalariga tarqatish, prezident Mahmud Abbosning qarori bilan boʻlganini bildirdi.
Bu mavzu sotsial mediada katta taʼsir uygʻotdi. Mavzuga izoh berganlar unga arab rahbarlarining axborot va taʼlim sohasidagi maqtovi, deya izoh qoldirishdi. Shuningdek, prezidentning xavfsizlik kelishuviga amal qilish va qurolli qarshilik harakatini rad etish toʻgʻrisidagi bayonotlarini keltirib, kitobcha shu kabi bayonotlarni ham oʻz ichiga olarmikin, deya savolni oʻrtaga tashlashdi”.
Roya gazetasi sharhi:
Bu kabi arzongarov tashabbus faqat bitta maʼnoni anglatadi, u ham boʻlsa, Falastin Ozodlik tashkiloti, uning hukumati va gumashtalari, barchasi shu darajada razil darajagi tushib ketishganki, bu darajani hech qanday qadr-qiymat va axloqni bilmaydigan yollanma kimsalargina oʻzlariga loyiq koʻradi.
Falastin rejimi va uning rahbarlari sodir etgan xiyonatlar bunga rozi boʻlgan yoki sukut qilgan har bir falastinlik peshonasiga tushgan sharmandalik tamgʻasidir. Qalbida zarracha insofi bor kishi shunday, deb hisoblaydi. Bunday deb hisoblashi uchun Abbos sodir etgan son sanoqsiz xiyonatlarning hammasi emas bittasining oʻzi yetarli. Uning xiyonatlariga misol shuki, u Oslo shartnomasiga amal qilish yoʻlida fidokorlik bilan kurashdi… Iordaniyadan yahudiylar qiyinchiligiga barham berish vaʼdasini oldi… yahud vujudi bilan xavfsizlik boʻyicha hamkorlik shartnomasini imzoladi… bugun u Falastindan voz kechishga zoʻr berib harakat qilyapti… Falastinning toʻrtdan uch qismi nazoratini yahud vujudiga berishga, buning evaziga esa, yurtning qolgan bir shapaloq yerida qurolsiz va kuch-qudratsiz zaif davlatchaga ega boʻlishga oʻlib-tirilib harakat qilib yotibdi… Yahud vujudining Islom Ummati koʻksiga sanchilgan xanjar boʻlib turishini mustahkamlash uchun Amerikaning ikki davlat yechimi loyihasi yoʻlida fidokorlik koʻrsatyapti… Bu xiyonatlarini sanab adogʻiga yetib boʻlmaydi.
Bu bilan bizning oʻnlab yillardan beri aytgan va hamon takrorlab kelayotganimiz haqiqat yana bir bor isbotini topdi. Haqiqat shuki, Ozodlik tashkiloti hamda Falastin rejimi, ikkalasi ham mustamlakachilar yasagan qoʻgʻirchoq va qurol boʻlib, Falastinni zoye ketkazish hamda bosqinchilikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Mana, bugunga kelib bu xoinlar xiyonatlarini ochiq-oshkora qilib, endi buni maktabdagi bolalarimizga ham oʻrnak sifatida oʻrgatishmoqchi.
Bu razolatni taʼriflashga til ojiz. Chunki Abbos va uning rejimi Falastin ahlining dini, kuch-quvvati va yurtlari himoyasiga qarshi kurashyapti va bunga yahudiylar ham, Gʻarb ham guvohlik beryapti. Rejimning Amerika, Gʻarb va yahudiylarning strategik manfaati ekanligi toʻgʻrisida shularning oʻzlari bir necha bor ochiq-oshkor bayonotlar berishdi. Shunday ekan, bu rejim ayni sharmandalik namunasining qanday boʻlishi borasida endi farzandlarimizga ham taʼlim bermoqchimi?!
Bu rejim Gʻarb va yahudiylarga xoinlarcha xizmat qilish hamda Falastin va uning ahliga dushmanlik koʻrsatish yoʻlidan aslo qaytmaydi. Shu bois, bu ish Falastin ahli zimmasidadir. Ular bu xudosiz rejim va uning rahbarlariga qarata bor ovozlari bilan hayqirib, Falastindagi farzandlarimizdan qoʻlingni tort, deyishlari lozim. Aks holda, biz bu ketishda rejimning ham – xuddi Mustafo Kamol kabi – Falastinda Qurʼon oʻqilishini va azonlar aytilishini taqiqlashiga guvoh boʻlishimiz mumkin boʻladi.
Roya gazetasining 2019 yil 15 may chorshanba kungi 234-sonidan