Ramazonda Tojikiston zindonida birodarlarning qoni toʻkildi

520
0

Ramazonda Tojikiston zindonida birodarlarning qoni toʻkildi

Tojikistonning Vahdat shahridagi turmalarning birida 19 maydan 20 mayga oʻtar kechasi qamoqxona maʼmuriyatidan norozi boʻlgan mahbuslar qoʻzgʻolon koʻtarishdi. OAV tarqatgan xabarlarga koʻra, qoʻzgʻolon natijasida 32 kishi, yaʼni 3 nafar turma xodimi va 29 nafar mahbus halokat boʻlgan. 80 nafar mahbus esa, turli darajada tan jarohati olgan. Ammo tibbiy boʻlimning xabar berishicha, qurbonlar soni 50 dan ortiq. Bu haqida Tojikstonning “Axbor” sayti eʼlon qildi.

“Axbor” saytining bildirishicha, mahbuslar bir necha kun uzluksiz turli azoblarga giriftor qilingan, ular issiq kunda tashqarida quyosh issigʻida, havo ayniganda yomgʻir ostida ushlab turilgan. Shuningdek ShIZO (maxsus jarima xonasi) da ham qattiq nazorat ostida azoblangan. Xabarda aytilishicha Mahbuslarning bosh koʻtarishiga aynan yuqoridagi holatlar sabab boʻlgan. Eng achinarlisi, 19 may kechasi mahbuslarga tarovih namozi paytida hujum uyushtirilgan.

Imomali Rahmon oʻtgan oyda dehqonlarga roʻza tutmaslikni “fatvo” bergan edi, bugunga kelib roʻzadorlarga nisbatan vahshiyona harakatga qoʻl urdi.
Emomaliy Rahmon va uning yugurdaklari qotil, fosiq, din va Allohning dushmanidir!

Allohning Oʻzi ularga kifoya qilsin.

Biz shahid Musulmon birodarlarimiz ahli oilasiga sabr tilaymiz.
Alloh birodarlarimizni rahmat qilsin. Amiyn.

إنا لله وإنا إليه راجعون

“Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz U Zotga qaytguvchilarmiz!”

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.