Zolim sulton oldida aytilgan haq soʻz

588
0

Zolim sulton oldida aytilgan haq soʻz

2019 yil 21 aprel Al-Jazira telekanali: “Sudandagi oʻtish davri Harbiy Kengashi Xartumdagi bir qator masjid imomlari va daʼvat ahli bilan uchrashuv oʻtkazdi”.

Roya gazetasi sharhi:

Mana, oʻngimizda Sudandagi voqea-hodisalar va buyuk qoʻzgʻolon hamda ongli qoʻzgʻolonchi yoshlar turibdi. Barchamiz bu yoshlarning maqsadlariga yetganiga hamda 30 yildan beri hukm yuritib, repressiv siyosat olib borgan, ushbu buyuk oʻlka boyliklarini talagan rejimni agʻdarganiga guvoh boʻldik. Sudan yoshlaridagi jamoatchilik fikri mana shunday holatda. Ushbu jamoatchilik fikri ularning islomiy qadriyatlaridan va aqidalaridan balqib chiqdi. Ular ozchilik va qurolsiz boʻlsalar-da, bugungi jinoyatkor rejimlarga hargiz tiz choʻkmadilar.

Kecha Hizb ut-Tahrirning sheryurak aʼzolaridan biri, Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati markaziy aloqalar qoʻmitasi raisi shayx Nosir Rizo Harbiy Kengash oldiga chiqib, barchaning zimmasiga Alloh Taolo oldidagi masʼuliyatlarini yukladi.

Nosir Rizo zarhal harflar bilan bitiluvchi soʻzlarni aytib, kofirning kirdikorini fosh etdi. U kishi bugungi vaziyatga baho berar ekan, u juda qaltis ekanini taʼkidladi. Ustozimiz – bu gaplar muhimdir, yigʻilganlar tuygʻularini qoʻzgʻab, keyin ular uy-uylariga tarqalib ketishlari bilan yoʻqolib ketadigan ehtirosli gaplar emas, zero, kofir Gʻarb rejimni boshqarib turibdi, Ummatni yangi rejim bilan aldab, eskisiga tortyapti, dedi.

Yana bunday dedi: Harbiy Kengash zimmasida katta omonat bor, chunki ular qudrat ahli boʻlganlari bois, bajarishlari kerak boʻlgan burch-vazifani shariat belgilab bergan. Shariatimiz ularga yovuz va botil hokimiyatni agʻdarishni va Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida Islomni tatbiq qiluvchi bitta imom-xalifaga bayʼat qilishni buyurgan. Ular Alloh Subhanahu va Taolo oldida bu haqda albatta javob beradilar.

Shayx Nosir Rizo Harbiy Kengashni fuqarolik boshqaruvini qabul qilishdan ogoh etib, bu ishni Ummatga topshirishlari kerakligini, Ummat Alloh shariatini qoim qiluvchi bitta imom-xalifaga bayʼat qilajagini taʼkidladi. Bizning vazifamiz biror harbiy kengashdagi boshqaruv ham, fuqarolik boshqaruvi ham emas, balki Allohning boshqaruvini barpo qilib, Uning shariatini tatbiq qilishdan iborat, dedi.

Allohim, yer yuzida Sening boshqaruvingni barpo etishimiz hamda Xalifalik qahramonlarini qayta yetishtirib, Rosululloh ﷺning bashoratlarini oʻz qoʻllarimiz bilan roʻyobga chiqarishimiz uchun bizni Nosir Rizodek sheryuraklar bilan kuchli qilgin.

Roya gazetasining 2019 yil 24 aprel chorshanba kungi 231-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.