Gabrielь: Yevropa oʻz xavfsizligini oʻzi taʼminlashi kerak

429
0

Gabrielь: Yevropa oʻz xavfsizligini oʻzi taʼminlashi kerak

Germaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabrielь Amerika Qoʻshma Shtatlarning Sharqiy Yevropani Rossiyaga qarshi mudofaa ritorikasiga ishonmaslik kerakligini taʼkidladi. Uning taʼkidlashicha, Yevropa AQShga suyanmay, oʻz xavfsizligini oʻzi taʼminlashi lozim. Gabrielь buning uchun Germaniya har yili yalpi ichki mahsulotining 1,5 foizini himoya uchun ajratishi kerakligini bildirar ekan, ushbu mablagʻdan 0.5 foizini yoki 200 milliard dollarni Polьsha va Baltiqboʻyi davlatlarini Rossiyaning tahdidlaridan himoya qilish uchun ajratishga chaqirdi.

Vashington maʼmuriyati Berlindan NATO uchun yalpi ichki mahsulotining 2 foizini ajratishni talab qilib keladi.

Gabrielьga koʻra, Yevropa bu vazifani AQShning bajarishiga ishonmasligi kerak. Chunki Vashington uzoq vaqtdan beri Yevropaning majburiyatlaridan qochishga urinmoqda.

“Dunyoning oʻzgarib borayotganini tushunishimiz kerak. Ikkinchi jahon urushidan keyingi dunyo tartibi Germaniya uchun juda mos edi. Qoʻshma Shtatlar va Frantsiya boshqa masalalarni hal qilgan paytda, biz oʻz muammolarimiz bilan mashgʻul boʻldik. Endi esa, vaziyat oʻzgardi” , dedi Gabrielь.

Shuningdek, Gabrielь Sharqiy Yevropa davlatlarining xavfsizligini taʼminlash borasida Germaniya ulkan hissani AQShning qoʻlidan olishi kerakligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.