Pentagon: “Bir makon, bir yoʻl” Xitoyga xorijdagi harbiy bazalarini koʻpaytirish uchun kerak
Xitoy “Bir makon, bir yoʻl” kabi loyihalar orqali chet davlatlarda oʻz harbiy bazalari sonini koʻpaytirishni koʻzlamoqda, deyiladi Pentagon dokladida. Bu haqda “Sputnik” xabar qilmoqda.
Doklad mualliflari “Xitoy yetakchilari oʻsib borayotgan iqtisodiy, diplomatik va harbiy vazndan regional ustunlik oʻrnatish hamda mamlakatning xalqaro taʼsirini kengaytirish uchun foydalanmoqda”, – degan fikrni ilgari surishgan.
Ular shuningdek, Xitoy “Bir makon, bir yoʻl” singari loyihalarni ilgari surishi bu – loyihalar xavfsizligini taʼminlash bahonasida chet elda harbiy bazalarni koʻpaytirish zaruratiga olib kelishi mumkin”, – deb taʼkidlaganlar.
AQSh harbiy idorasi shuningdek, Xitoy doʻstona munosabatlar oʻrnatgan va strategik manfaatlari oʻxshash boʻlgan Pokiston singari mamlakatlarda ham qoʻshimcha harbiy bazalarni tashkil etishga intilishini iddao qilgan.
AQSh Pekinni xavfsizlik va harbiy sohada oʻz strategik maqsadlarini amalga oshirishga qulay boʻlgan natijalarga erishish uchun AQSh va boshqa davlatlardagi OAV, biznes vakillari, akademik va siyosiy doiralar, shuningdek xalqaro institutlarga taʼsir koʻrsatish boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazayotganlikda ayblamoqda.
“Bir makon, bir yoʻl” kontseptsiyasi – Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrikadagi 60dan ortiq davlatlarni birlashtiruvchi yangi savdo-transport yoʻlaklarini tashkil etish va eskilarini mukammallashtirish boʻyicha Xitoy tomonidan ilgari surilgan xalqaro tashabbusdir. Loyiha ushbu davlatlarning Xitoy bilan savdo munosabatlarini rivojlanishiga yordam berishi kerak.
“Ipak yoʻli iqtisodiy kamari”ni shakllantirish gʻoyasi XXR yetakchisi Si Tszinьpin tomonidan ilgari surilgan va u bu haqda ilk marotaba 2013 yilning sentyabrida Qozogʻistonga uyushtirgan rasmiy safari davomida Ostonada soʻzlagan nutqida gapirgan.