Tunis Hizb ut-Tahrir aʼzosi ustoz Abdurrauf Omiriyni haqni aytgani va rejim jinoyatlarini fosh etgani sababli sud qilmoqda

602
0

Tunis Hizb ut-Tahrir aʼzosi ustoz Abdurrauf Omiriyni haqni aytgani va rejim jinoyatlarini fosh etgani sababli sud qilmoqda

Tunis harbiy sudi 2019 yil 14 mart dushanba kuni Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati siyosiy boʻlimi raisi ustoz Abdurrauf Omiriy ustidan sud boshladi. Bunga Hizb ut-Tahrir tomonidan nashr qilingan quyidagi bir necha matbuot bayonotlari sabab boʻldi:

–       2016 yil 27 may kuni nashr qilingan “Sionistlar Falastinda musulmonlarni oʻldirishyapti, Aqso masjidini yahudiylashtirishyapti… Tunisdagi “qoʻzgʻolon hukumati” esa, tunislik zobit va askarlardan sionistlarni himoya qilish va har yilgi ibodatlariga imkoniyat yaratishda foydalanyapti” nomli maqola;

–       2017 yil 11 may kuni nashr qilingan “Boji Qoid Sabsiy va uning hukumati poraxoʻrliklari isbotlangan maʼmur va tadbirkorlar ustidan afv qarorini chiqardi” nomli matbuot bayonoti;

–       2017 yil 13 iyunda nashr qilingan “Mustamlakachilar manfaatini himoya qilish uchun navbatdagi prezidentlik farmoni” nomli matbuot bayonoti;

–       2018 yil 18 iyunda nashr qilingan “Harbiy sud yahudiylar vujudi bilan munosabatlarni normallashtirilishini va bu jinoyatga sukut qilinishini inkor etuvchi bayonot uchun Hizb ut-Tahrirdan hisob soʻramoqda” nomli matbuot bayonoti;

–       2018 yil 13 oktyabrda nashr qilingan “Rejim farzandlarimizni oʻldirmoqda” nomli matbuot bayonoti.

Ustoz Omiriyga nisbatan esa, “harbiy xizmatdan nafratlanishga tashviqot qilish, askarlardagi ruhiyat va maʼnaviyatni zaiflashtirish hamda armiya ishlaridan masʼul bosh qoʻmondonlik ishlarini tanqid qilish” ayblovi qoʻyildi. Shu xususda Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot boʻlimi bayonot nashr qildi. Unda bunday soʻzlar kelgan: “Taʼkidlash joizki, Hizbning sud qilinishiga sabab boʻlgan matbuot bayonotlarida Tunisdagi zoʻravon rejimning jinoyatlari fosh qilingan. Shuningdek, rejimning ayni jinoyatlari sababli oʻnlab yurtdoshlarning halok boʻlgani, Tunisdagi zobit va askarlardan mustamlakachi davlatlar va ularning yirik shirkatlari manfaatini mudofaa qilishda foydalanilayotgani bayon qilingan. Bayonotda jumladan, zobit va askarlarni aldab-adashtirib, ularni sionist askarlar tinchligini taʼminlashga hamda yahudiylarning Tunisdagi Jarba orolida oʻz ibodatlarini oʻtashda mudofaa qilishga safarbar qildi, deyiladi.

Xoʻsh, Tunis rejimi Hizb ut-Tahrirga qarshi uch yildan beri olib borayotgan kurashini nega aynan shu vaqtga kelib kuchaytirmoqda? Bu bilan saylov oldidan dengiz ortidagi xoʻjayinlariga qurbonlik taqdim etyaptimi?! Yoki Netanьyaxuga saylovlardan yutib chiqqani uchun bergan qutlov sovgʻasimi bu?!

Soʻzimiz nihoyasida xolis axborot vositalarini yurt xavfsizligi va uning suvereniteti masalasiga eʼtiborni qaratishga chaqiramiz. Chunki, bu masala yolgʻiz Hizb ut-Tahrirnigina tashvishlantirgan masala boʻlib qolmasligi lozim. Yaʼni, yurt xavfsizligi va uning suvereniteti mustamlakachilikdan ozod etish kerak boʻlgan mana shu zaminimiz masalasidir.

Roya gazetasining 2019 yil 11 aprel chorshanba kungi 230-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.