Hizb ut-Tahrir – Muborak Falastin zamini Gʻazo sektorida ilgʻor siyosiy tadbirlar uyushtirdi va suhbatlar oʻtkazdi

482
0

Hizb ut-Tahrir – Muborak Falastin zamini Gʻazo sektorida ilgʻor siyosiy tadbirlar uyushtirdi va suhbatlar oʻtkazdi

Xalifalik davlati qulatilganining 97 yilligi xotirasi munosabati bilan, “Xalifalik Allohning nusrati va yaqin fathdir” shiori ostida Hizb ut-Tahrir – Muborak Falastin zamini aʼzolari Gʻazo sektorining koʻchalarida, bosh maydonlar va jamoat joylarida universitet talabalari va maktab oʻquvchilari bilan birgalikda ilgʻor siyosiy tadbirlar va bahs-munozaralar oʻtkazdilar. Hizb aʼzolari ushbu tadbirlar orqali ular bilan musulmonlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolari haqida munozara olib bordilar.

Shuningdek, Hizb ut-Tahrir – Falastinning talabalar doirasidagi Al-Vaʼy guruhi ham Gʻazodagi Azhar universiteti bilan Islom universitetlari oldidagi bogʻda davra suhbatlari oʻtkazdilar. Guruh aʼzolari u yerlarda yoshlar bilan uchrashib, Falastin masalasi va Gʻazo sektoridagi vaziyat, bularning mintaqadagi voqea-hodisalar bilan bogʻliqligi kabi musulmonlar uchun ahamiyatli boʻlgan turli mavzularda suhbatlashdilar. Suhbatlarda ushbu muammolarni hal qilish, Ummat farzandlarini birlashtirish va Falastinni ozod etishning amaliy yoʻllarini yoritib berdilar.

Taʼkidlash joizki, Al-Vaʼy guruhi talabalar bilan uchrashish va bogʻlanib turishga gʻoyat oʻch boʻlib, kuch – yoshlarda va Ummatning taqdiriy masalasiga hammadan koʻra koʻproq ular tashvishlanadi, degan eʼtiborda, yoshlarning onglarini oʻstirishga, himmatlarini qoʻzgʻashga jiddiy harakat qilib keladi.

Hizbning Gʻazodagi yoshlari, shuningdek, “Xalifalik Allohning nusrati va yaqin fathdir” mavzusidagi nashralar tarqatish va plakatlar ilish kampaniyasi oʻtkazdilar. Kampaniya asnosida uylar, mahallalarda odamlarni ziyorat qilib, yoʻlovchilar bilan uchrashib, mazkur masalalar haqida suhbatlashdilar. Ushbu tadbir Xalifalik davlati agʻdarilishining 97 yilligi xotirasi munosabati bilan oʻtgan rajab oyi boshida Hizb ut-Tahrir tomonidan boshlangan xalqaro kampaniya doirasida boʻlib oʻtdi.

Roya gazetasining 2019 yil 11 aprel chorshanba kungi 230-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.