Sharqiy Turkistondagi uygʻur musulmonlarni qoʻllab-quvvatlash…

733
0

Sharqiy Turkistondagi uygʻur musulmonlarni qoʻllab-quvvatlash uchun Xitoy elchixonalariga Hizb ut-Tahrir delegatsiyalarini yuborish davom etmoqda

Maʼlumki, Hizb ut-Tahrir Markaziy matbuot boʻlimi Sharqiy Turkistondagi uygʻur musulmonlarni qoʻllab-quvvatlash uchun “Xitoyning Sharqiy Turkistondagi zoʻravonligiga faqat roshid Xalifalik davlati chek qoʻya oladi” nomli xalqaro kampaniya boshlagan edi. Ayni kampaniya doirasida Hizb ut-Tahrirning nemiszabon mintaqalarda tashkil etilgan delegatsiyasi Avstriya poytaxti Venadagi Xitoy elchixonasiga ogohlantiruv bayonotini topshirish uchun bordi. Delegatsiyaga Hizb ut-Tahrirning nemiszabon mintaqalardagi matbuot vakili muhandis Shokim Osim raislik qildi. Delegatsiya elchixonaga topshirgan bayonotda, Sharqiy Turkiston viloyatidagi musulmonlarning Xitoy hukumati tomonidan dahshatli azob-uqubatlar chekayotgani bayon qilingan. Shuningdek bayonotda, Xitoy rejimiga musulmonlarning bugungi vaziyatidan aldanib qolmasligi toʻgʻrisida ogohlantiruv yoʻllangan hamda yaqinda Islom Ummati ruvaybiza malay hukmdorlarni agʻdarib, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishi, ushbu Xalifalik butun dunyodagi musulmonlarni himoya qilishi, ularga ozor va zulm yetkazgan har bir kimsadan hisob soʻrashi taʼkidlangan.

Bundan tashqari, Hizb ut-Tahrirning Yevropadagi delegatsiyasi ayni bayonotni topshirish uchun Gollandiya poytaxti Gaagadagi Xitoy elchixonasiga ham bordi. Ammo bu elchixona delegatsiyani qabul qilmadi va bayonotni ham olishdan bosh tortdi. Hatto politsiya chaqirib, undan delegatsiya aʼzolari ustidan tergov-surishtiruv olib borishni talab qildi. Zotan, Hizb bu elchixonadan shunday qoʻpol muomala qilishi mumkinligini oldindan taxmin qilgan edi. Zero, Sharqiy Turkistondagi uygʻur musulmon dindoshlarimizga qarshi Xitoy rejimi sodir etayotgan jinoyatlarga elchixona ham sherikdir.

Roya gazetasining 2019 yil 11 aprel chorshanba kungi 230-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.