Qirgʻiz – Xitoy gaz quvuri: mubham va xatarli bitim
“Qirgʻiz-Xitoy” gaz quvurini yotqizish haqidagi ikki tomonlama kelishuv 2013 yil 13 sentyabrda, Shanxay hamkorligi sammitida imzolangan edi. Rejaga koʻra, mazkur loiha uchun 2019 yili start berilishi kerak. Bu loiha “Turkmaniston-Oʻzbekiston-Tojikiston-Qirgʻiziston-Xitoy” magistralining bir boʻlagi boʻlib, “Qirgʻiz-Xitoy” quvuri “SINO-Pipeline International Company Limited” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilishi kutilmoqda.
Qirgʻiziston bosh vazirining avvalgi birinchi oʻrinbosari Bazarbay Mambetovning “Azattыk” radiosida aytishicha, “bu loihada Qirgʻizistondan oʻtayotgan 215 km masofa uchun mamlakatimizga toʻlanishi kerak boʻlgan moliyaviy toʻlov miqdori shartnomada koʻrsatilgan emas! Quvur Oloy rayonidan olib oʻtiladi. Quvur oʻtadigan 215 km yoʻl 50 – 100 metr diametrda 35 yilga Xitoy mamlakatiga ijaraga beriladi. Demak bu masofa Xitoy harbiylari tomonidan himoya qilinadi! Bundan tashqari quvur Oloy rayonini ikki qismga boʻlib qoʻyishi mumkin. Quvur oʻtgan hudud Xitoy uchun strotegik ahamiyat kasb etgani sababli transport qatnovi, qishloq xoʻjaligidagi chorvachilik, dehqonchilik va suv xoʻjaligi yoʻllariga muammo tugʻdirishi mumkin”.
Hukumat ham imzolangan bu kelishuvda aniq belgilangan miqdor yoʻq ekanini eʼtirof etdi. Ularning aytishicha, aniq belgilangan yilliq toʻlov miqdori yoʻq, yil sayin Qirgʻizistonga tranzit toʻlov miqdori oʻzgarib, koʻpayib boraverar emish. Lekin bu toʻlov miqdori bir tomonlama Xitoy tarafidan belgilanadi. Chunki bu quvur qurilishida ham, foydalanilishida ham Qirgʻizistonning hech qanday ishtiroki yoki taʼsir kuchi yoʻq.
Hukumat bu loihani eplab yurgizib yuborish maqsadida “Xitoy mamlakatimizga hech qanday muammo paydo qilmaydi”, deb, ular nomidan gapiryapti! Lekin tarixga qarasak, sifatsiz IES (TETs) qurilishida roʻy bergan avariya uchun hamda sifatsiz yoʻl qurilishlari va boshqa bir qator shartnomalarni buzgan Xitoy korxonalarining birortasi uchun uning zimmasiga hech qanday javobgarlik yuklatilgan emas. Bundan tashqari “Kumtor gold” kompaniyasidan kelayotgan foydani ololmagan Qirgʻiz hukumati, hatto undan kelayotgan zararlarni daf qilishga ham qodir emasligini koʻrib turibmiz-ku.
Bu vazirlar chet el kompaniyalari bilan shartnoma tuzib, mazkur loihalardan oʻzlariga tegadigan moliyaviy ulushdan boshqa hech narsani oʻylamas ekan! Ular, kufr davlatlari bilan til biriktirib, ummat manfaatlarini talon taroj qilishmoqda. Olamiy yetakchi kufr davlatlarining manfaatlarini himoya qilganligi uchun oladigan iflos, harom manfaatlari Qirgʻiziston xalqi va ummat mulkiga tajovuz deb eʼtibor qilinadi! Ular hokimiyatdan ketishgach ortidan jinoiy ish qoʻzgʻalishi bilan qoʻldan chiqib ketgan manfaatlar va mablagʻlar aslo ortga qaytib kelmaydi!
Strategik tomondan qaralsa, quvurdan kelishi kutilayotgan mubham moliyaviy manfaatni koʻpirtirib koʻrsatish bilan, uning ortidan kelishi mumkin boʻlgan harbiy ekspansiyani berkitmoqchi boʻlishyapti. Xitoyga ishonch bildirib, hatto tranzit toʻlovi miqdorini uning insofiga havola qilib shartnoma imzolab yuborishipti! Rossiya harbiy bazalari uchun taqdim etilgan yuzlagan gektar yerga yana 60 gektar qoʻshib berishdi. Yaqinda Xitoy bergan qarzlarning muddati tugay boshlaydi, bir qator strategik yer va manfaatlarimiz unga oʻtib ketishi kutilyapti.
Bu hokimiyatdan umid yoʻq! Kreslo bitta, biri ketsa ikkinchisi kelib oʻtiryapti! Boshqaruv sistemasi oʻsha-oʻsha eski holicha davom etayotgani sababli, keyingisi ham bir muddat oʻtib avvalgisi singari xudbin va haromxoʻr yetakchiga aylanib qolayapti. Ular oʻzidan avvalgilarni nimada ayblagan boʻlishsa, oʻzlari ham oʻsha ishni qilishga majbur boʻlishyapti! Xuddi avvalgilar yurgan yoʻldan yurib, ular qilgan jinoyatlarni davom ettirishga majbur boʻlishyapti. Yuqoridagi shartnoma Atambayev tomonidan imzolangan boʻlishiga qaramay, hozirgi hokimiyat uni himoya qilishga va amalga oshirishga majbur. Chunki Xitoy Atambayevni jinoyatchi, hudbin yoki loihani noqonuniy imzolaganini tan olmaydi. Shuning uchun Jiyanbekov Xitoyga qarshi turishdan qoʻrqib, loiha javobgarligini oʻz zimmasiga olib qoʻya qoladi. Yaʼni Xitoydan qoʻrqib oʻz xalqi manfaatiga oyoq qoʻyishni oʻzi uchun oson va manfaatli deb biladi.
Muammo shaxslar yoki boshqaruv jihozlarida emas. Ular bosh vazirni almashtirish orqali bizni chalgʻitib, yangi bosh vazirdan umid qilishga chorlashyapti. Lekin muammo vazirlar yoki prezidentlarda emas, balki boshqaruv sistemasida va shu sistema asoslangan aqida va yetakchi davlatlar manfaati uchun ishlab chiqilgan xalqaro qonunlardadir! Yaʼni muammo Ummat, shuningdek Qirgʻiziston xalqi oʻz mulki va manfaatlarini tolon taroj boʻlayotganiga beparvo ekanligidadir.
Muammolarning yagona yechimi, mavjud boshqaruv sistemasini tubdan islomiy boshqaruv sistemasiga oʻzgartirish bilan hal boʻladi! Chunki olamda deyarli boshqa mabdaiy boshqaruv sistemasi mavjud emas! Islomiy mabdaiy tuzumni hayotga qaytarish uchun, ummatni oʻz manfaatlarini himoya qilishga undashimiz, uni loqaydlik uyqusidan oʻygʻotish maqsadida, barcha zulmlarni fosh qilib, zulmni his qilish va unga qarshi kurashishga undashimiz kerak! Zulmga qarshi toʻgʻri (sharʼiy) manfaatli kurash yoʻllarini koʻrsatib, barcha muammolar olamiy kufr xalqaro globallashgan siyosat tomonidan kelayotganini koʻrsatib berishimiz zarur. Shunda ummat Qirgʻizistondagi singari oʻz ichidagi bir siqim siyosatchilari tufayli bir necha boʻlaklarga boʻlinib, kufr manfaati uchun bir birlari bilan siyosiy kurash ustida oʻralashib yuravermaydi. Balki bu siyosatchilarni barchasini bir tomonga yoʻnaltirib va xalqaro siyosat manfaatini uloqtirib, oʻz manfaatlari asosida ish olib borishni talab qila boshlashadi! Bu esa ummatni oʻz eʼtiqodi asosidagi mabdaʼiy boshqaruv sistemasiga qaytishni talab qilishi bilangina amalda ijro etilishi mumkin! Yaʼni kufr siyosiy doirasi ichidagi siyosatchilarni birini ikkinchisi bilan almashtirishdan naf yoʻq ekanini tushinib, boshqaruv sistemasini tubdan Islom boshqaruv sistemasiga oʻzgartirmasak boʻlmaydi, degan tushuncha ustivor boʻlmaguncha natija bermaydi!
Shuning uchun birodarlar, islomiy masʼuliyatimizni his qilib, “etakchi toʻda oʻz manfaati yoʻlida sotib yuborayotgan manfaatlarimizni himoya qilish islomiy burchimizdir”, degan dunyoqarash bilan oʻz vazifalarimizni ado etishga kirishaylik
Abdurazzoq.