AQSh malayi Haftarni Xavfsizlik Kengashida himoya qilmoqda

709
0

AQSh malayi Haftarni Xavfsizlik Kengashida himoya qilmoqda

Britaniya Liviyadagi oʻz malayi boʻlgan Milliy birlik hukumatini himoya qilib, bu hukumatga qarshi harbiy amaliyotlar olib borayotgan amerikaparast Xalifa Haftar harakatlariga siyosiy toʻsiqlar yaratish (imkoni boʻlsa tiyib qoʻyish) uchun BMTning Xavfsizlik Kengashiga rezolyutsiya tayyorladi. Payshanba kuni AQSh va Rossiya bu rezolyutsiyani qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortdi.

“BMT Xavfsizlik Kengashidagi Rossiya vakili Haftar va uning qoʻl ostida boʻlganlar harakatlarini qoralagan Britaniya rezolyutsiyasiga qoʻshilmasligini bildirdi. Shuningdek, AQSh bu rezolyutsiya loyihasini qoʻllashdan bosh tortish sababini ochiqlagani yoʻq”. (“VOA”, 2019-yil, 19-aprel).

Shu bilan bir vaqtda “Dushanba kuni AQSh prezidenti Donalьd Tramp general Xalifa Haftar bilan muloqot oʻtkazdi”. (“CNN”, 2019-yil, 19-aprel). Muloqot dushanba kuni boʻlib oʻtgan, biroq, bu haqda xabar – payshanba kuni Britaniya rezolyutsiyasi rad qilinganidan soʻng – OAV orqali juma kuni maʼlum qilindi. Oq uy xabarida shunday deyiladi: “Tramp felьdmarshal Xaftarning terrorizmga qarshi kurash va Liviya neft zaxiralarining xavfsizligini taʼminlash sohasidagi muhim rolini eʼtirof etadi”. (“svoboda.org”, 2019-yil, 20-aprel).

Liviyadagi soʻngi xodisalarda kamida 213 kishi halok boʻlib, 1000dan ziyod odam yarador boʻlgani xabar qilinmoqda. Ikki mustamlakachi davlatlar manfaatlari yoʻlida musulmon musulmonga qarshi oʻq otmoqda.

Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.