Xalifalik Allohning nusrati va yaqin fathdir

1511
0

Xalifalik Allohning nusrati va yaqin fathdir

Islom Ummati va Falastin ahlini balo-ofatlar, azob-uqubatlar oʻz domiga tortayotgan bir paytda, dushmanlar til biriktiruvi va makri kuchayib turgan ayni shu kunlarda Xalifalik qulatilganiga toʻqson sakkiz yil toʻldi. Biz ushbu alamli xotira munosabati bilan quyidagi haqiqatlarni taʼkidlamoqchimiz:

Birinchi: Islom Alloh odamlar uchun tanlagan dindir. Bas, undan boshqa mabda va gʻayriilohiy tuzumlarni hargiz qabul qilib boʻlmaydi. Alloh Taolo bunday dedi:

الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الْإِسْلَامَ دِيناً

“Bugun sizlarga diningizni komil qildim, neʼmatimni benuqson, toʻkis qilib berdim va sizlar uchun (faqat) Islomni din qilib tanladim” [Moida 3]

Yana bunday dedi:

وَمَنْ يَبْتَغِ غَيْرَ الْإِسْلَامِ دِيناً فَلَنْ يُقْبَلَ مِنْهُ وَهُوَ فِي الْآخِرَةِ مِنَ الْخَاسِرِينَ

“Kimda-kim Islomdan oʻzga din istasa, bas (uning “dini” Alloh huzurida) hargiz qabul qilinmaydi va u oxiratda ziyon koʻrguvchilardandir” [Olim Imron 85]

Ikkinchi: Islom Alloh bizga barpo etishni va ahkomlarini tatbiq qilishni amr qilgan dindir. Bas, uning ustida savdolashish yoki tatbiq qilishga loqayd qarash, ahkomlarini bekor qilish nojoizdir. Alloh Taolo bunday dedi:

وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ وَلَا مُؤْمِنَةٍ إِذَا قَضَى اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَمْراً أَنْ يَكُونَ لَهُمُ الْخِيَرَةُ مِنْ أَمْرِهِمْ وَمَنْ يَعْصِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَالاً مُبِيناً

“Alloh va Rosuli bir ishni hukm qilgan-buyurgan vaqtida biron moʻmin va moʻmina uchun (Allohni hukmini qoʻyib) oʻz ishlaridan ixtiyor qilish joiz emasdir. Kim Alloh va Rosuliga osiy boʻlsa, bas u ochiq yoʻldan ozish bilan yoʻldan ozibdi” [Ahzob 36]

Yana bunday dedi:

وَأَنِ احْكُمْ بَيْنَهُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاءَهُمْ وَاحْذَرْهُمْ أَنْ يَفْتِنُوكَ عَنْ بَعْضِ مَا أَنْزَلَ اللَّهُ إِلَيْكَ فَإِنْ تَوَلَّوْا فَاعْلَمْ أَنَّمَا يُرِيدُ اللَّهُ أَنْ يُصِيبَهُمْ بِبَعْضِ ذُنُوبِهِمْ وَإِنَّ كَثِيراً مِنَ النَّاسِ لَفَاسِقُونَ + أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ اللَّهِ حُكْماً لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ

(Ey Muhammad), ular oʻrtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan sizni burib fitnaga solib qoʻyishlaridan ehtiyot boʻling! Agar (sizning hukmingizdan) yuz oʻgirsalar, bilingki, Alloh ularga ayrim gunohlari sababli musibat yetkazishni istamoqda. Shubhasiz, odamlardan koʻplari fosiqdirlar. Dinsizlik hukmron boʻlishini istaydilarmi?! Imonlari komil boʻlgan qavm uchun Allohdan ham goʻzalroq hukm qilguvchi kim bor?!” [Moida 49-50]

Uchinchi: Islom Allohning hifzu himoyasidadir. Alloh Taolo bunday dedi:

إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَإِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ

“Albatta bu eslatmani Biz Oʻzimiz nozil qildik va shubhasiz, Oʻzimiz uni saqlaguvchimiz” [Hijr 8]

Alloh Islomni barcha dinlardan gʻolib boʻlishiga kafil boʻldi. Alloh Taolo bunday dedi:

هُوَ الَّذِي أَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدَى وَدِينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدِّينِ كُلِّهِ وَلَوْ كَرِهَ الْمُشْرِكُونَ

“U Oʻz Rosulini hidoyat va haq din (Islom) bilan – garchi mushriklar istamasalar-da – uni barcha (din)lardan gʻolib-ustun qilish uchun yuborgan (Alloh)dir” [Fath 9]

Toʻrtinchi: Islom Ummati insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummatdir. Alloh Subhanahu bu Ummatni yer yuzida Oʻz dinini oliy qilsin va insonlar ustidan guvoh boʻlsin, deya saralab olgan. Alloh Taolo bunday dedi:

وَجَاهِدُوا فِي اللَّهِ حَقَّ جِهَادِهِ هُوَ اجْتَبَاكُمْ وَمَا جَعَلَ عَلَيْكُمْ فِي الدِّينِ مِنْ حَرَجٍ مِلَّةَ أَبِيكُمْ إِبْرَاهِيمَ هُوَ سَمَّاكُمُ الْمُسْلِمِينَ مِنْ قَبْلُ وَفِي هَذَا لِيَكُونَ الرَّسُولُ شَهِيداً عَلَيْكُمْ وَتَكُونُوا شُهَدَاءَ عَلَى النَّاسِ فَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ وَاعْتَصِمُوا بِاللَّهِ هُوَ مَوْلَاكُمْ فَنِعْمَ الْمَوْلَى وَنِعْمَ النَّصِيرُ

“Va Alloh (yoʻlida) haqiqiy jihod qilingiz! Uning Oʻzi sizlarni (Islom uchun) saraladi va bu dinda sizlarga biron xaraj-tanglik qilmadi. Otalaringiz Ibrohimning dinini (yaʼni Islomni) ushlangiz. Toki (qiyomat kunida) Rosululloh sizlarning ustingizda guvoh boʻlishi uchun, sizlar esa odamlar ustida guvoh boʻlishingiz uchun (Allohning) Oʻzi sizlarni ilgari(gi muqaddas kitoblarida) ham mana shu (Qurʼonda) ham musulmonlar (Islomga boʻysunuvchilar) deb atadi. Bas, namozni barpo qilingiz, zakotni ado etingiz va Allohning arqoniga bogʻlaningiz! U sizlarning hojangizdir. Bas, U zot naqadar yaxshi hoja va naqadar yaxshi nusrat beruvchidir” [Haj 78]

Beshinchi: Islom Ummatining birligi, Islomning buyuk farzlaridandir. Bu Ummat dinni barpo etuvchi bitta kishi atrofiga jamlansagina, Islomni qoim qilib, uni Alloh buyurgandek yoya oladi. Rosululloh ﷺ marhamat qildilar:

“مَنْ أَتَاكُمْ وَأَمْرُكُمْ جَمِيعٌ عَلَى رَجُلٍ وَاحِدٍ، يُرِيدُ أَنْ يَشُقَّ عَصَاكُمْ، أَوْ يُفَرِّقَ جَمَاعَتَكُمْ، فَاقْتُلُوهُ”

“Sizlar bitta kishi atrofiga jamlanim turganingizda birov kelib, birligizni boʻlishni yoki jamoatingizni parchalashni istasa, uni oʻldiringlar”. (Imom Muslim rivoyati).

Oltinchi: Islom yoʻlida jihod qilish Islom oʻrkachining boshidir. Jihod butun insonlarni kufru zalolat zulmatlaridan Islom nuri va adolatiga olib chiqish uchun Islomni yoyish va insonlarga yetkazishning sharʼiy amaliy tariqatidir. Alloh Taolo bunday dedi:

قَاتِلُوا الَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَلَا بِالْيَوْمِ الْآخِرِ وَلَا يُحَرِّمُونَ مَا حَرَّمَ اللَّهُ وَرَسُولُهُ وَلَا يَدِينُونَ دِينَ الْحَقِّ مِنَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ حَتَّى يُعْطُوا الْجِزْيَةَ عَنْ يَدٍ وَهُمْ صَاغِرُونَ

“Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan, Alloh va Rosuli harom degan narsani harom deb bilmaydigan, haq (yaʼni Islom) diniga eʼtiqod qilmaydigan ahli kitoblardan iborat boʻlgan kimsalarga qarshi to ular xorlangan (magʻlub) hollarida oʻz qoʻllari bilan (zimmalaridagi) soliqni toʻlamagunlaricha, jang qilingiz” [Tavba 29]

Yettinchi: Xalifalik buyuk farzdir. U bilan uchta ulkan farz amalga oshadi: dinni barpo qilish, musulmonlarni birlashtirish, Islomni butun olamga yoyish. Xalifalik bilan bosib olingan islomiy yurtlar ozod etiladi, musulmonlar kuch-qudratga toʻladi, nafaqat ularning, balki butun dunyo muammolari hal etiladi. Ha, u Rosululloh ﷺ barpo qilgan Islom davlati boʻlib, usiz odamlar dinsizlik hayotida yashaydilar. Rosululloh ﷺ bunday dedilar:

“مَنْ خَلَعَ يَداً مِنْ طَاعَةٍ، لَقِيَ اللهَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ لَا حُجَّةَ لَهُ، وَمَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ، مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً”

“Kimda-kim itoatdan qoʻlini tortsa, qiyomat kuni Allohga hujjatsiz yoʻliqadi, kimda-kim boʻynida bayʼatsiz vafot etsa, dinsizlik vafoti bilan vafot etadi”.

Ey musulmonlar, ey muborak zamin ahli!

Bu Islomdagi yetti haqiqat. Musulmonlar kuch-qudrati shularga bogʻliq, boshqa koʻplab haqiqatlar ham shular bilan yoʻliqadi. Jumladan:

Birinchi: Mustamlakachi davlatlar Islom va uning ahliga dushman. Ular bilan boʻlgan munosabat urush holatidek boʻladi. Bu davlatlar musulmonlarni qirgʻin qilish, boyliklarini talash, oralarini boʻlishda bor kuchlarini ayashmayapti. Ularga Alloh Taoloning ushbu kalomi toʻgʻri keladi:

مَا يَوَدُّ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ وَلَا الْمُشْرِكِينَ أَنْ يُنَزَّلَ عَلَيْكُمْ مِنْ خَيْرٍ مِنْ رَبِّكُمْ

“Na ahli kitoblardan boʻlgan kofirlar va na mushriklar sizga Robbingiz tarafidan bir yaxshilik tushishini istamaydilar. Alloh esa rahmat-marhamatini oʻzi xohlagan kishilarga xos qilib beradi. Alloh buyuk fazlu karam sohibidir” [Baqara 105]

Yana ushbu kalomi toʻgʻri keladi:

وَلَا يَزَالُونَ يُقَاتِلُونَكُمْ حَتَّى يَرُدُّوكُمْ عَنْ دِينِكُمْ إِنِ اسْتَطَاعُوا

“Ular (kofirlar) qoʻllaridan kelsa to diningizdan qaytargunlaricha sizlarga qarshi urishaveradilar”[Baqara 117]

Ikkinchi: Arab davlatlari va islomiy olamdagi hukmdorlar mustamlakachi kofirning malaylari va tobelaridir. Ular Ummat va uning diniga dushman boʻlib, kofirning musulmon yurtlaridagi xanjaridirlar. Ular ham Islomga qarshi kurashda, fasod va razolat tarqatishda, Ummatni Islom dushmanlariga garov qilib berishda bor kuchlarini ayashmayapti.

Uchinchi: BMT va Xavfsizlik Kengashi kabi xalqaro tashkilotlar hamda Arab davlatlari Ligasi, Koʻrfaz davlatlari Hamkorlik Kengashi, Islom Konferentsiyasi Tashkiloti… kabi regional tashkilotlar mustamlakachi Gʻarb davlatlari qoʻlidagi qurollardir. Ayni qurollar yordamida ular oʻz hukmronliklarini saqlab turishadi, rejalarini amalga oshirishadi… Bu rejalarining asosiysi esa, Islomga qarshi kurashish va Islom Ummatini boʻlingan, boyliklari talangan ahvolda qoldirish rejasidir.

Toʻrtinchi: Ummatning mustamlakadan ozod boʻlishining yagona yoʻli Ummatning haqiqiy kuchlarini harakatga keltirishdir. Shu orqali togʻut hukumat va rejimlar agʻdariladi, mustamlakachilik ildizi bilan qoʻporib tashlanadi. Buning uchun Ummat kuchlari birlashib, Islom tarafiga oʻtishi, Ummat safida turishi va anavi malay xoin rejimlardan pokligini eʼlon qilishi, keyin zudlik bilan ularni agʻdarib tashlab, yovuzliklaridan Ummatni xalos etishi kerak.

Ey muborak zamin ahli!

Falastinga hukmdorlar eng katta jinoyat, eng yomon xiyonatni koʻzlashmoqda. Bu Oslo shartnomasidagi xiyonatlaridan kam emas. Ularning 67 yildagi xiyonatlaridan ham, 48 yildagi xiyonatlaridan ham kam emas. Aksincha, bu xoinlar Falastinga har qachongidan ham yovuz jinoyatni tadbir qilishyapti. Bu safargi xiyonatlari xoin va jinoyatkorlar uchligi, yaʼni, Misr, Iordaniya va Saudiya hukmdorlari xiyonatidir. Bu jinoyatga Falastindagi shu jinoyatdan manfaatdor va yollangan razil kimsalar sherik boʻlishyapti. Shuning uchun biz ularning oʻyinlari tuzogʻiga tushib qolishdan yoki bu doiralarning birortasiga ishonishdan Falastin ahli va ularning xolis farzandlarini ogohlikka chaqiramiz. Chunki bu Falastin rejimi xoinlik sharobini shu darajada sipqorib ichdiki, uning butun tabiatiga singib ketdi. Islomiy yurtlar hukmdorlari oyoqlar bilan depsaladigan yerdan ham past-razil boʻlib ketishdi. Kufr boshi Amerika va boshqa Islom dushmanlari ularga goʻyo bunday demoqda: Senlar yo mana shunday xorlikka, muqaddas dargohlaring toptalishiga, boyliklaring talanishiga, bizga tiz choʻkishga rozi boʻlasanlar yoki senlarning taqdiring ham qirgʻin qilingan, qochqinga aylantirilgan, uy-joylaru yurtlari vayron boʻlgan xalqlarning taqdiri bilan bir xil boʻladi.

Ey ahlimiz va ahboblarimiz!

Islom dushmanlari dinimizga va farzandlarimizga hujum qilishdi, or-nomusimizni oyoq osti qilib muqaddas dargohlarimizni toptashdi. Islomiy yurtlardagi hukmdorlar ularning jinoyatlarini yopib, yordam berib, til biriktirib kelishmoqda.

Bizdagi bu ahvolni daf qilishning yagona yoʻli Allohning mustahkam arqonini mahkam ushlash, jinoyatkoru xoinlardan voz kechish, Falastin masalasini asl egasi-Ummati Islomga qaytarish hamda Ummat va uning armiyasidan nusrat talab qilib, roshid Xalifalikni barpo etish va Quddusi Sharifni ozod etishdan iboratdir.

Bas, avval Alloh Azza va Jallaga, keyin Ummatingizga tayaning. Chunki bu Ummat Alloh Islom uchun saralagan Ummatdir. Garchi bugun u yengil uyquda boʻlsa-da, oʻzining xolis er kishilari himmati bilan ertagayoq bu uyqudan uygʻonadi va roshidlar tarixini qayta boshlaydi. Chunki bizning qoʻlimizda Allohning vaʼdasi, Rosuli ﷺning bashorati bor. Biz Quddusi Sharifga Xalifalik kelishiga ishonamiz. Alloh Taoloning ushbu kalomini tadabbur qiling:

إِنَّا لَنَنْصُرُ رُسُلَنَا وَالَّذِينَ آمَنُوا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَيَوْمَ يَقُومُ الْأَشْهَادُ

“Albatta Biz paygʻambarlarimizga va moʻminlarga hayoti dunyoda ham, guvohlar (hozir boʻlib) turadigan kunda (qiyomatda) ham nusrat-yordam berurmiz” [Gʻofir 51]

Allohim bizdan ushbu yaxshilikni musulmonlarga yetkaz, unga qalblarini och, bizga diningni barpo etishimizga madadkor boʻl. Valhamdu lillahi Robbil alamin.

Hizb ut-Tahrir – Muborak Falastin zamini

29 rajab 1440h

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.