Yamandagi xalqaro kurash yangi bosqichga kirdimi?!

543
0

Yamandagi xalqaro kurash yangi bosqichga kirdimi?!

Ustoz Shoyif Sharodiy – Yaman

Yaman ustida oʻnlab yil shiddat bilan davom etib kelgan Anglo-Amerika kurashi ham siyosiy, ham harbiy manyovrlar qoʻllanishi bilan alohida ajralib turadi. Soʻnggi yillarda, ayniqsa, oʻtgan toʻrt yil ichida yanada avj olgan bu kurash Yaman ahliga turli ofatlarni va yuqumli kasalliklarni olib keldi. Amerika va Britaniya oʻrtasidagi nufuz talashish kurashlari uchun qurbonlik sifatida oʻn minglab musulmonning pokiza qoni oqizildi.

Masalan, u yerda avvaldan nufuz egasi boʻlib kelayotgan Britaniya oʻzining Amirliklar va Hodiy hukumatidagi malaylari orqali AQSh va uning Husiy malaylariga qarshi kurashar ekan, bunda harbiy yechimga erishishga harakat qilyapti. U shuningdek, muzokaralarni barbod qilishga yoki Amerikaning Husiylarga qonuniylik tusini berishga qaratilgan rejasini puchga chiqarishga urinyapti. Biroq, Amerika Husiy jangarilari va “Salmon boʻroni” yordamida Britaniya rejalarini sindirishga va Yaman xaritasini oʻzgartirishga muvaffaq boʻldi. Bu esa, Britaniyani oʻzining harbiy yechimidan voz kechishga va muzokaralarga bazoʻr rozi boʻlishga majbur qildi. Darhaqiqat, Husiylar Sanʼo, Saʼda, Imron, Hajja, Mahvit, Ib shaharlarini nozoratlari ostiga olib, mustahkam joylashib olishdi, soʻng hanuz urush ketayotgan Bayzoni qoʻlga kiritish uchun kurash olib borishyapti. Amerika Husiylarni Hadidada tor-mor boʻlishlariga bir bahya qolganda Shvetsiya kelishuvi orqali qutqarib qoldi. Soʻng ularga Hadidaga mahkam yopishib olishni va u yerdagi Britaniya qattiq harakat qilayotgan joylashuv rejasiga xalaqit berishni maslahat berdi. Britaniya Husiylarning siyosiy yechimni paysalga solayotganini harbiy yechimga qaytish uchun bahona qilib koʻrsatdi va kelgusi muzokaralarga Husiylar ovozi soʻngan bir manzarada kirmoqchi boʻldi. Haqiqatdan ham, Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeremi Xant Hadida portidan chiqib ketishlariga koʻndirish uchun Husiylar yetakchilari bilan uchrashdi. Shu nuqtai nazardan, Britaniya Amirliklar va uning tarafdorlarini Hadidada xalqaro kuzatuvchilar orqali nazorat qilib kelayotgan hududlarda mustahkam joylashtirishga harakat qildi. Zero, u oʻtgan oy BMT hayʼatidan avvalgi ikki taraf hududida (yaʼni, Yaman ikkiga boʻlingan holatdagi hududda) emas, balki Hadidada kurash liniyasini mustahkamlash uchun 75 nafar xalqaro kuzatuvchini yuborish toʻgʻrisida qaror chiqartirib olishga muvaffaq boʻlgan edi. Zero, Amerikaning ikki hududni, yaʼni shimol va janub viloyatlarini paydo qilish rejasi bor boʻlib, bu narsa inglizlarning oltita hududni oʻz ichiga olgan rejasiga zid keladi.

Gʻarb davlatlari, asosan, Britaniya oʻzining nufuzi Yamanda faqat hukmdorlar va ularning gumashtalari yordamida mustahkamlanishini istamadi. Balki u bunga qoʻshimcha, ziyolilar, jurnalistlar, ulamolar, taniqli shaxslar, savdogarlar va qabila mashoyixlaridan butun boshli bir armiyani ham vujudga keltirdi. Zotan, bu ish oʻz xoʻjayini Britaniya nufuzini Yamanga qayta joylashtirish yoʻlida kurashayotgan Amirliklar qoʻli bilan amalga oshdi. Maʼlumki, Britaniya armiya va jangarilar orqali oʻz nufuzini qayta tiklashga harakat qildi, ammo Amerikaning qattiq bosimlari sababli buni uddalolmadi. Ana shunda u kurashga yangi darvoza ochdi. Qabilalar xarakteridagi bu ishda, aksari eski siyosiy doiralar va Solih tarafdorlari hisoblangan qabilalar qoʻzgʻolon qilishi kerak edi. Shuningdek, Hujur qabilasi ham Hajja shahri meriyasida Amirliklar va uning tarafdorlari tomonidan harakatlantirilib, ulkan ishlarni rejalashtirishgandi. Rejaga koʻra, boshqa qabilalarni ham harakatga keltirishlari kerak edi. Bu esa, Husiylarning boʻgʻziga suyak kabi taqalib, ularni holdan toydiradigan ishdir. Ana shunda boshqa qabilalar ham ularga qarshi koʻtarilib, hammalari barobar Husiylar boshqaruviga barham berishadi. Haqiqatdan ham Hujur qabilalari Husiylar zoʻravonligi qarshisida bir necha hafta qattiq turdi… Biroq Husiylar Amerika tuzib bergan mudhish rejalar asosida turli uslublar yordamida Bayzo, Naham va Hadida kabi alangali frontlarni oʻchirishga muvaffaq boʻlishdi. Bu ish Husiylarga Hujurga yorib kirib, parchalash uchun minglab odamlarni u yerga kiritishga yordam berdi. Saudiya ham oʻzini Hujur qabilalariga yordam berayotgan qilib koʻrsatdi va ularga desant kuchlarini tashladi… Husiylarning shaharga bostirib kirib, qabilalarni oʻldirishga tayyor ekanini koʻrgach, qarshilik harakatiga qabilalardan voz kechish va ularni yordamsiz tashlab qoʻyish maslahati berildi. Oqibatda qabilalar qirgʻin, oʻch va quvgʻin bilan “mukofotlandilar”… Shu orqali boshqa qabilalarga ham Husiylarga qarshi qoʻzgʻolon qilishning oqibati shunday boʻladi, deya saboq berildi. Keyin esa, Saudiya odatdagidek keng koʻlamda havo zarbalarini yogʻdirib, xoʻjayini Amerika rejasini amalga oshiradigan hamda qonxoʻr jallodlarni emas, qatl qilinayotgan oʻljalarga qattiq ziyon yetkazadigan boʻldi.

Kelajakda Yamanda ahvol avvalgidan ham yomon boʻlishi mumkin. Kurash ayanchli ravishda davom etib, hoʻlu quruqni barobar yondirgan holatda turibdi. Bunday holat ortidan xarobazorlar qoldiradi, chunki kurash tizgini AQSh bilan Britaniya qoʻlida.

Bu spektakllarning hamda Yaman jamiyatida aka-ukalar oʻrtasidagi rishtalarni uzib tashlayotgan boʻlinishlarni toʻxtatishning faqat bitta yoʻli bor. U ham boʻlsa, Yaman ahli bir narsani yaxshi anglashi lozimki, qutulishning birdan-bir yoʻli oʻz dinlari arqonini mahkam ushlab, Robbilarini rozi qilishdan hamda dushmanlar payini qirqish maqsadida ularning malaylaridan qoʻlni yuvib-qoʻltiqqa urish va Hizb ut-Tahrir atrofiga jipslashishdan iborat. Zero, Hizb Yaman ahlini dushmanlari rejalaridan ogoh etib, ularni roshid Xalifalikni barpo etishga daʼvat qilmoqda. Zotan, ushbu Xalifalik robbilari shariati bilan hukm yuritadi va Paygʻambarlik minhoji asosida harakatlanadi. Garchi makrlariga togʻlar ham bardosh berolmayotgan kofirlar toʻsqinlik qilishsa-da, Xalifalikni barpo etish amalga oshirib boʻlmaydigan ish emas.

Ey Yaman ahli!

Urushni toʻxtating, axir bunday behuda urushda oʻz farzandlaringiz qoni oqmoqda, yurtingiz xonavayron boʻlmoqda, dushmanlaringiz rejalari amalga oshmoqda… Bas, ajdodlaringiz ilk Islom davlati ansorlari boʻlganlari kabi, siz ham Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati ansorlari boʻling. Ushbu koʻzlangan maqsadga yetishish amri mahol ish emas. Chunki uni vaʼdasiga hargiz xilof qilmaydigan Alloh Subhanahu vaʼda qildi hamda nafs-havodan kelib chiqib gapirmaydigan Rosululloh ﷺ bashorat berdi. Sizning Ummatingiz tirik ummatdir. Bu Ummat butun dunyo unga makr qilsa ham, toʻxtovsiz qurbonliklar berayotgan boʻlsa ham, zaiflikka taslim boʻlmadi.

Ushbu Ummatdan yetishib chiqqan Hizb ut-Tahrir sizning hizbingizdir. U vaqti-soati yaqinlashib qolgan ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish uchun faoliyatini tunu kun davom ettirmoqda.

إِنَّهُمْ يَرَوْنَهُ بَعِيدًا وَنَرَاهُ قَرِيبًا

“Ular u (Kun)ni uzoq deb oʻylashyapti. Biz esa, uning yaqinligini bilamiz”  [Maorij 6-7]

Roya gazetasining 2019 yil 27 mart chorshanba kungi 227-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.