Shomdagi qabila va urugʻlarni ishga solish rejasi

797
0

Shomdagi qabila va urugʻlarni ishga solish rejasi

Ustoz Ahmad Abduljavod

Shom zaminida roʻy berayotgan hodisalardan shuni kuzatish mumkinki, soʻnggi paytlarda qabila va urugʻ oqsoqollariga eʼtibor qaratilmoqda. Bu ishdan maqsad – Amerikaning siyosiy yechimini ijro qilish orqali qoʻzgʻolonga yakun yasashni koʻzlayotgan xalqaro ittifoq va rejalarni amalga oshirishdir. Chunki bu ishni harbiy guruhlar yolgʻiz oʻzlari amalga oshira olishmadi. Shuning uchun harbiy kuchga qoʻshimcha rezerv kerak boʻlib qoldi. Ushbu rezerv esa, xalq bazasi boʻlishi lozim. Aksar ozod qilingan mintaqalar urugʻchilik asosida boshqarilar ekan, bu rolni bajarishda qabila va urugʻlardan yaxshiroq vosita yoʻq.

Turkiya rejimi ushbu rezervni paydo qilishga kirishdi. Bu rejim 2017 yil 10 sentyabrda, yaʼni Zaytun novdasi amaliyotiga kirishishdan oldin qabila va urugʻlarni Anqarada konferentsiyaga toʻplagan edi. Bu konferentsiya 2017 yil 12 dekabr Istanbulda oʻtkaziladigan arab qabilalari konferentsiyasiga tayyorgarlik boʻldi. Istanbuldagi konferentsiyaga oltmishga yaqin qabila va urugʻlar tashrif buyurdi.

Istanbuldagi konferentsiya oʻtkazilishidan oldin, yaʼni 2017 yil 3 noyabrda qutqaruv hukumati tashkil qilindi. Qutqaruv hukumati qabila va urugʻlar maslahat kengashini tashkil qilishga kirishdi. Ushbu kengash talabi bilan qabila va urugʻlarni qoʻllab-quvatlash, hukumat salohiyatlarini oshirish, xalq bazasiga ega boʻlish va Istanbul konferentsiyasida qatnashmagan boshqa urugʻ ramzlari va shaxslarni kasb qilish yoʻlga qoʻyildi. 2018 yil 26 iyunda qutqaruv hukumati Suriya ichida qabila va urugʻlar maslahat kengashini tashkil qildi.

Ushbu davrda koʻplagan qabila va urugʻlar kengashlari tuzildi. Masalan Banu Xolid kengashi, Akiydot qabilasi kengashi, Toy qabilasi kengashi, Naim qabilasi kengashi, Bushaʼbon qabilasi kengashi va boshqalar shular jumlasidandir.

Bu qabilalarning har birida alohida kengash tuzishdan maqsad – Turkiyadagi qabila va urugʻlar oliy kengashi va Suriya ichidagi qabila va urugʻlar maslahat kengashida ularning timsolini yaratish boʻldi. Bu konferentsiyalarning soʻnggisi 2018 yil 12 dekabrda Halab shahrining shimolidagi Sajv qishlogʻida boʻlib oʻtdi. Unda milliy koalitsiya ham ishtirok etib, “Suriyani Asad rejimi va terrorchi guruhlardan ozod qilish, fuqarolar tinchligini roʻyobga chiqarish va Suriya xalqi va yerini birlashtirish uchun birlashing” nomli shior koʻtarildi.

Qabila va urugʻ oqsoqollarining bu konferentsiyalardagi roli ular konferentsiya soʻnggida fotosuratga tushishdan va ishtirokchilarning sharafiga uyushtiriladigan tushlikda qatnashishdan iborat boʻldi. Ularning bu kabi yigʻinlarda ishtirok etishi daʼvat sohiblariga qonuniy tus berish ekani. Zotan, qabila va oqsoqollar uchun ushbu yigʻinda bundan boshqa rolь yoʻq ekaniga barcha oʻrganib qolgan.

Agar ozgina tarixga qaytsak, qabila va urugʻlarning roli katta boʻlgan edi. Paygʻambarimiz ﷺ Allohning diniga yordam berishlari uchun qabila va urugʻlardan nusrat soʻradilar. Paygʻambarimiz ﷺ siyratiga nazar solgan kishi u kishini haj mavsumida Makka atrofiga chodir tikkan qabilalardan yordam soʻraganlariga guvoh boʻladi. Paygʻambarlikning toʻrtinchi yilida Rosululloh ﷺ qabilalarga murojaat qildilar va hajga kelgan qabilalarga daʼvat qilishda davom etdilar. Qabilalar Makkaga haj qilish va tijoratdan foyda topish maqsadida kelar edi. Rosululloh ﷺ har yili daʼvatni qaytadan qilar edilar. U kishi har bir qabilaga borib ularni alohida-alohida Islomga chaqirar edi. Banu Omir ibn Saʼsaa, Muhorib ibn Xasfa, Fazora, Gʻasson, Murra, Hanifa, Salim, Abas, Banu Nasr, Kinda, Kalb, Horis ibn Kaʼb va Uzra qabilalari shular jumlasidandir.

Rosululloh ﷺ paygʻambarlikning oʻn birinchi yili Xazraj qabilasidan boʻlgan Yasriblik bir necha yigitlar bilan uchrashdilar. Ular aqlli yoshlardan boʻlgani uchun daʼvatni qabul qilib, Islomga kirishdi. Soʻng bu haqda qavmlariga yetkazishdi va Avs bilan Xazraj Alloh va Rosulining yordamchilariga aylanishdi. Qabilalarni Allohning diniga yordam berishga daʼvat qilish bilan ularni ilmoniy rejimni qoʻllab-quvvatlashga chaqirish oʻrtasida katta farq bor.

Qabilalar Paygʻambarimiz davrida, hijratning sakkazinchi yili, yaʼni Makka fathidan soʻng, Tabuk gʻazoti yakunida, Islom davlatining oxirgi qarshilik qalʼasi qulaganida va haq bilan botil oʻrtasidagi kurash natijalari koʻrina boshlaganda Islomga kirishga shoshilishdi. Paygʻambarimiz ﷺ huzuriga turli joylardan elchilar keldi.

وَرَأَيْتَ النَّاسَ يَدْخُلُونَ فِي دِينِ اللهِ أَفْوَاجاً

“Va odamlar toʻp-toʻp boʻlib, Allohning dini (Islom)ga kirayotganlarini koʻrsangiz…”  [Nasr 2]

oyatida aytilganidek, oʻsha yili oltmishta qabiladan elchilar keldi. Madinaga kelgan qabilalar ichida eng koʻzga koʻringani Banu Tamim elchilari boʻlib, ularning arab qabilalari ichida martabasi baland edi. Bundan tashqari, ushbu qabilaning adabiyot, nutq va sheʼriyatda ham obroʻsi yuksak edi. Elchilar ichida Najron, Abdulqays, Banu Hanifa, Yamanlik Xamirin elchilari, Toy, Banu Omir, Banu Saʼd ibn Bakr, Murodiyin, Kinda, Jarir ibn Abdulloh Bajliy, Saqif, Tamim Doriy va boshqa qabila elchilari bor edi… Bu qabilalar elchilari ushbu dinni himoya qilish va bayrogʻini koʻtarish sharafiga ega boʻlish uchun kelishdi.

Islom ushbu qabilalar sharafini koʻtardi va ularning nomlari shu din boqiyligiga bogʻlanib qoldi. Qachon Islomning avvalgi davrlari yodga olinsa, shu qabilalar eslanadigan boʻldi. Chunki ular Alloh yoʻlida jang qildi hamda boshpana va yordam berishdi. Agar bugungi qabilalar oʻzlariga ulugʻ martaba boʻlishini xohlasalar Allohning diniga yordam berishda ajdodlarining yoʻliga yursinlar. Bu esa, oʻz ahlini aldamaydigan Hizb ut-Tahrir amal qilayotgan Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik loyihasini qabul qilish bilan amalga oshadi. Agar biror kishi nega endi Xalifalik deb soʻrasa, biz aytamizki, chunki u olamlar Robbisi buyurgan farzdir. Agar nima uchun Hizb ut-Tahrir, deb soʻrasa aytamizki, chunki bu farz yakka tartibda amalga oshmaydi, balki unga jamoiy tarzda harakat qilish lozim.

وَلْتَكُن مِّنكُمْ أُمَّةٌ يَدْعُونَ إِلَى الْخَيْرِ وَيَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ

“Oralaringizdan yaxshilikka (Islomga) daʼvat qiladigan, ibodat-itoatga buyuradigan va isyon-gunohdan qaytaradigan bir jamoat boʻlsin. Ana oʻshalar najot topguvchilardir” [Oli Imron 104]

Alloh nozil qilgan shariat bilan hukm yuritishni qayta tiklash uchun sharʼiy yoʻl bilan harakat qilayotgan yagona jamoat faqat Hizb ut-Tahrirdir. Agar Xalifalikni tiklash xom xayoldir desalar, aytamizki, Alloh Taolo shunday degan:

وَنُرِيدُ أَن نَّمُنَّ عَلَى الَّذِينَ اسْتُضْعِفُوا فِي الْأَرْضِ وَنَجْعَلَهُمْ أَئِمَّةً وَنَجْعَلَهُمُ الْوَارِثِينَ

“Biz esa, u yerda xorlangan kishilarga marhamat qilishni, ularni (xor-bechoralikdan chiqarib), barchaga peshvo zotlarga aylantirishni va ularni (Firʼavn mulkining) vorislari qilishni istaymiz”  [Qasos 5]

Ey Allohim bizga oʻz rahmating bilan oʻsha davlatni nasib et va bizni uning qoʻshinidan qil.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.