Qirgʻiziston Checheniston muftiylari ekstremizmga qarshi kurashga kelishib olishdi

945
0

Qirgʻiziston Checheniston muftiylari ekstremizmga qarshi kurashga kelishib olishdi

Qirgʻiziston muftiysi Maksatbek Toktomushev Checheniston muftiysi Salax Mejiyev bilan Grozniyda uchrashdi. Bu haqda Qirgʻiziston din boshqarmasi matbuot boʻlimi xabar qildi.

Mazkur uchrashuv Moskvada boʻlib oʻtgan “Islom tinchlik va mehribonlik dini” nomli konferentsiyadan keyin Grozniyda uyushtirildi. Toktomishev Qirgʻiziston diniy boshqarmasi “ekstremizm va terrorizm”ni oldini olish hamda moʻʼtadil (milliy) Islomni keng yoyish boʻyicha har qanday hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.

Putinning Qirgʻizistonga soʻngi rasmiy tashrifi chogʻida imzolangan hujjatlar ichida diniy hamkorlikni rivojlantirish haqidagi bandi ham bor edi. Lekin diniy hamkorlik yoki mamlakatdagi diniy boshqaruv oʻsha davlat siyosatiga hamohang borishga mahkum! Rossiya Qirgʻiziston siyosatini oʻz taʼsiri ostiga olib boryapti. Demak, u yerdagi diniy muhitni ham oʻziga tobe siyosatga xizmat qilishga majburlaydi!

Lekin Qirgʻiziston muftiyotini checheniston bilan hamkorlikka majburlash ortida qanday oʻzgarishlar yotishi mumkin? Nahotki Rossiya Qirgʻiztonda ham, Qodirov singari dinni niqob qilib olgan diktatorlik rejimini oʻrnatishga harakat qilayotgan boʻlsa……

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.