يَا قَوْمَنَا أَجِيبُوا دَاعِيَ اللَّهِ
“Ey qavmimiz, Allohga daʼvat qilguvchi(ning daʼvati)ni qabul qilinglar”
Ey musulmonlar!
Sizlar oʻnlab yillar mobaynida rejimlarning turli yolgʻon va “oʻyin”larini tajribangizdan oʻtkazdingiz, ularning korruptsiyasidan hamma zada boʻldi, kattayu kichik shu haqda gapiradigan boʻlib qoldi. Nahotki, bunday rejimlar qarshisida Robbingiz rozi boʻladigan va diningizni himoya qiladigan pozitsiyani egallash vaqti kelmagan boʻlsa?! Nahotki, bu hukmdorlarga qarata “senlar kofir Gʻarbni rozi qilish uchun Allohni gʻazabini keltiradigan yoʻldan yurishyapsan, bu yoʻl oʻzlaringga havola, men undan yurmayman, chunki bandasini rozi qilish uchun hargiz Allohni gʻazablantirmayman”, deyishingiz vaqti kelmagan boʻlsa?!
Hech shubha yoʻqki, sizlar Islomsiz aslo najot topmaysizlar, Alloh shariatining tatbiqisiz hargiz zulmu-sitamdan qutulmaysizlar. Sizlar sotsializmni ham, kapitalizmni ham, millatchilikni ham, vatanparvarlikni ham tajribangizdan oʻtkazdingiz. Insonlar ahvoli hayotning barcha sohasida adolatsizlik-zulmga toʻldi. Bas, Sayks-Piko bayroqlarini parchalang, Rosululloh ﷺning bayroqlarini baland koʻtarib, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali Alloh shariatini hayotda tatbiq etish uchun Hizb ut-Tahrir bilan birgalikda harakat qiling. Faqat ushbu davlatgina sizlarni xalos etadi, Alloh sizlar bilan, U amallaringizni aslo besamar qoʻymaydi,
يا أيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إنْ تَنْصُروا اللهَ يَنْصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أقْدامَكُمْ
“Ey moʻminlar, agar sizlar Allohga yordam bersangiz, U zot ham sizga sizlarga nusrat-yordam berur va qadamlaringizni sobit-mustahkam qilur” [Muhammad 7]
Ey musulmonlar!
Shunisi aniqki, Gʻarbning islomiy olamdagi ilmoniy rejimlari – xoh demokratik, xoh diktatorlik boʻlsin – sizni na xavfsizligingizni va na asosiy haq-huquqlaringizni taʼminladi. Bundan keyin ham hargiz taʼminlamaydi. Shuni tushuningki, xavfsizligingiz va haq-huquqingizni faqat ideologiyaga asoslangan odil tuzumgina kafolatlaydi. U Xoliqingiz joʻnatgan va Xalifalik davlatida gavdalanadigan Islom tuzumidir.
Hizb ut-Tahrir siz musulmonlardan Alloh va Rosuli rozi boʻladigan haq pozitsiyani egallashni hamda barcha hujum va bosimlarga qarshi buzilmas bir saf boʻlishni talab qiladi. Bu hujum va bosimlar sizlarning asosiy huquqingizdan ham mahrum etishga qaratilgan boʻlib, ulardan Islom va musulmonlarni naqadar qattiq yomon koʻrish namoyon boʻlib turibdi. Shuningdek, Hizb sizlarni musulmon yurtlarining birida Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun harakat qilishga daʼvat qiladi. Ushbu davlatgina sizlarning huquqlaringizni taʼminlash bilan birga, sizlarga gʻamxoʻrlik bilan xavfsizligingizni kafolatlaydi hamda bu dunyoyu oxirat azizligiga yetaklaydi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ
“Ey moʻminlar, Alloh va Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga daʼvat qilar ekan, uni qabul qilinglar” [Anfol 24]
Ey qudrat va yordam ahli!
Anavi hukumatlarning tashvishi sizni va yurtlaringizni qul qilishni istayotgan mustamlakachi davlatlarga yordam berishdan iborat ekanmi, demak, sizning burchingiz ularni mudofaa qilish emas. Yoʻq, sizning burchingiz Islom va islomiy yurtlarni mudofaa qilish hamda musulmonlar ustidan hukm yurituvchi Islom tuzumini taʼminlashdir. Biz sizdan ushbu Xalifalik davlati orqali faqat va faqat Islom bilan hukm yuritishimiz uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam berishingizni talab qilamiz.
إِنَّ اللّهَ اشْتَرَى مِنَ الْمُؤْمِنِينَ أَنفُسَهُمْ وَأَمْوَالَهُم بِأَنَّ لَهُمُ الجَنَّةَ يُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللّهِ فَيَقْتُلُونَ وَيُقْتَلُونَ وَعْداً عَلَيْهِ حَقّاً فِي التَّوْرَاةِ وَالإِنجِيلِ وَالْقُرْآنِ وَمَنْ أَوْفَى بِعَهْدِهِ مِنَ اللّهِ فَاسْتَبْشِرُواْ بِبَيْعِكُمُ الَّذِي بَايَعْتُم بِهِ وَذَلِكَ هُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ
“Albatta, Alloh moʻminlarning jonlari va mollarini ulardan jannat barobariga sotib oldi – ular Alloh yoʻlida jang qilib (kofirlarni) oʻldiradilar va (oʻzlari ham Alloh uchun shahid boʻlib) oʻldiriladilar, (Bunday moʻminlarga jannat berilishiga) Alloh Tavrot, Injil va Qurʼonda Oʻzining haq vaʼdasini bergandir. Allohdan ham ahdiga vafodorroq kim bor? Bas, (ey moʻminlar), qilgan bu savdolaringizdan shod boʻlingiz. Mana shu haqikiy buyuk baxtdir” [Tavba 111]
Biz Hizb ut-Tahrir safidagi kishilar siz qudrat ahlini kuchli boʻlishingizga, qutulishingizga va Robbingizga doim itoat qilishingizga kafil boʻladigan ishga daʼvat qilmoqdamiz. Sizlarni butun kufr rejimlarini danakdek uloqtirib tashlashga hamda Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish uchun Hizb ut-Tahrir bilan birga harakat qilish orqali Alloh Subhanahuning shariatiga qaytishga daʼvat qilamiz. Zero, ushbu davlat Robbingiz vaʼdasi va ulugʻ Paygʻambaringiz bashoratidir. Shuningdek, u dushmanga qarshi intiqom boʻlib, dunyo azizligiyu oxirat savobiga noil boʻlishingiz yoʻlidir
يَا قَوْمَنَا أَجِيبُوا دَاعِيَ اللَّـهِ وَآمِنُوا بِهِ يَغْفِرْ لَكُم مِّن ذُنُوبِكُمْ وَيُجِرْكُم مِّنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ وَمَن لَّا يُجِبْ دَاعِيَ اللَّـهِ فَلَيْسَ بِمُعْجِزٍ فِي الْأَرْضِ وَلَيْسَ لَهُ مِن دُونِهِ أَوْلِيَاءُ أُولَـئِكَ فِي ضَلَالٍ مُّبِينٍ
“Ey qavmimiz, Allohga daʼvat qilguvchi(ning daʼvati)ni qabul qilinglar va unga imon keltiringlar. (Shunda Alloh) sizlarning gunohlaringizni magʻfirat qilur va sizlarga alamli azobdan panoh berur. Kim Allohga daʼvat qilguvchi (daʼvati)ni qabul qilmasa, bas, u yer yuzida (biron joyga) qochib qutulguvchi emasdir va uning uchun (Allohdan) oʻzga (Uning azobidan qutqarguvchi) “doʻstlar” ham yoʻqdir. Ana oʻshalar ochiq zalolatdadirlar” [Ahqof 31-32]
Roya gazetasining 2019 yil 27 mart chorshanba kungi 227-sonidan