Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati ayollar qismi boshlagan kampaniya
Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati ayollar qismi “Tunis hurlari vasiylik jahannamini rad etib, Islom odolatini mushtoq boʻlib kutmoqdalar” nomli kampaniya boshlagan edi. Kampaniya tugagach, Hizb konferentsiya oʻtkazib, unda quyidagilarni yoritib berdi:
1 – Ayol kishi kapitalistik tuzum ostida hayotning eng qora kunlarini boshdan kechirmoqda. Zotan, bugungi kunda turli sohalarda yoʻliqayotgan azob-uqubatlarining manbai mana shu chirib borayotgan tuzumdir. Bu tuzum ayollarimizning moddiy va maʼnaviy baxtsizligi hisobiga tuzalib-oʻnglanib olmoqchi boʻlyapti.
2 – Tunisdagi ayollarga iqtisodiy imkoniyatlar yaratib berish, degan iddao ortida nopok maqsadlar yashiringan. Bundan ayollarni mumtozligi va onaligidan mosuvo qilib, erlar rahbarligidan mahrum etish va ularda gender tushunchasini mustahkamlash koʻzlangan.
3 – Tunis rejimining kun tartibida mustamlakachining buyruqlarini bajarish va ajnabiylar qoʻyniga kirishdan boshqa narsa yoʻq. Bundan ayol kishini nishonga olib, uni oiladan mahrum qilish orqali hamda ayolga iqtisodiy imkoniyat yaratib berish, degan dastak bilan uning taqdiriy va asosiy rolidan chalgʻitish orqali islomiy tushuncha va ahkomlarga zarba berish koʻzlangan.
4 – Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati ayollar qismi tinimsiz harakat qilib, anavi rejimning korruptsiyaga botganini, soxtakorligini hamda reja va uslublarini fosh etmoqda. Rejimning ayni reja va uslublari erkinlik, zamonaviylik, ilmoniylik va iqtisodiy imkoniyat kabi niqoblar ostida ayol kishini Gʻarb loyihalarini amalga oshirishda foydalaniladigan bir mato-narsaga aylantirib qoʻyadi.
Roya gazetasining 2019 yil 27 mart chorshanba kungi 227-sonidan