Nahza harakati ilmoniylik bilan Islom oʻrtasida (2)

777
0

Nahza harakati ilmoniylik bilan Islom oʻrtasida (2)

Hamd Tobib qalamiga mansub

Oʻtgan darsimizda Nahza harakatining oʻtgan sakkiz yil mobaynida, qoʻzgʻolon boshlangandan beri turli ziddiyatlar va yoʻldan ozishlarni boshdan kechirgani haqida suhbatlashgan edik. Biz Allohning dinini qizgʻanganimiz hamda Ummat manfaati va davlatiga harisligimizdan kelib chiqib, quyidagi haqiqatlarni eslatmoqchimiz:

Birinchi haqiqat: Alloh Azza va Jalla oliylik, toʻgʻri uygʻonish, behojatlik, farovon hayot, xavfsizlik va tinchlikning sababi Islom ekanini bizga koʻrsatib berdi. Alloh Taolo aytadi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إَن تَتَّقُواْ اللّهَ يَجْعَل لَّكُمْ فُرْقَاناً وَيُكَفِّرْ عَنكُمْ سَيِّئَاتِكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ وَاللّهُ ذُو الْفَضْلِ الْعَظِيمِ

“Ey moʻminlar, agar Allohdan qoʻrqsangiz, siz uchun haq bilan nohaqni ajratadigan hidoyat ato qilur va gunohlaringizni oʻchirib, sizni magʻfirat qilur. Alloh ulugʻ fazlu marhamat sohibidir” [Anfol 29]

Alloh Taolo yana bunday dedi:

فَقُلْتُ اسْتَغْفِرُوا رَبَّكُمْ إِنَّهُ كَانَ غَفَّاراً  يُرْسِلِ السَّمَاء عَلَيْكُم مِّدْرَاراً  وَيُمْدِدْكُمْ بِأَمْوَالٍ وَبَنِينَ وَيَجْعَل لَّكُمْ جَنَّاتٍ وَيَجْعَل لَّكُمْ أَنْهَاراً

“Men dedimki: “Robbingizdan magʻfirat soʻranglar, albatta U gʻoyat magʻfiratlidir. (Shunda) U ustlaringizga osmondan yomgʻir quydirur. Va sizlarga mol-dunyo, bola-chaqa bilan madad berur hamda sizlarga bogʻu boʻstonlar (ato) qilur va sizlarga oqar daryolar (ato) etur”  [Nuh 10-12]

Alloh Taolo yana bunday dedi:

وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ الْقُرَى آمَنُواْ وَاتَّقَواْ لَفَتَحْنَا عَلَيْهِم بَرَكَاتٍ مِّنَ السَّمَاء وَالأَرْضِ وَلَـكِن كَذَّبُواْ فَأَخَذْنَاهُم بِمَا كَانُواْ يَكْسِبُونَ

“Agar qishloqlar ahli imon keltirib, taqvo qilganlarida edi, Biz ularga osmonu yerdan barakot (darvozalarini) albatta ochib qoʻygan boʻlur edik. Lekin ular (paygʻambarlarimizni) yolgʻonchi qildilar, bas, ularni oʻzlari qilgan gunohlari sababli ushladik” [Aʼrof 96]

Agar Ummat Alloh Azza va Jallaning yoʻlidan toyilsa, zalolatga tushishi muqarrar. Alloh Taolo aytadi:

وَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ عَتَتْ عَنْ أَمْرِ رَبِّهَا وَرُسُلِهِ فَحَاسَبْنَاهَا حِسَاباً شَدِيداً وَعَذَّبْنَاهَا عَذَاباً نُّكْراً  فَذَاقَتْ وَبَالَ أَمْرِهَا وَكَانَ عَاقِبَةُ أَمْرِهَا خُسْراً  أَعَدَّ اللَّهُ لَهُمْ عَذَاباً شَدِيداً فَاتَّقُوا اللَّهَ يَا أُوْلِي الْأَلْبَابِ الَّذِينَ آمَنُوا قَدْ أَنزَلَ اللَّهُ إِلَيْكُمْ ذِكْراً

“Qanchadan-qancha qishloq-shaharlar borki, oʻz Parvardigori va Uning Rosullari amridan bosh tortgandilar. Bas, Biz ulardan qattiq hisob-kitob oldik va yomon azob bilan azobladik. Bas, u (qishloq-shaharlarning ahli) oʻz ish-qilmishlarining ziyonini totdilar va bu ishlarining oqibati ziyon tortish-halokat boʻldi. Alloh ular uchun (oxiratda ham) qattiq azobni tayyorlab qoʻygan. Bas, ey imon keltirgan aql egalari, Allohdan qoʻrqing, darhaqiqat, U sizga Eslatma-Qurʼonni nozil qildi” [Taloq 8-10]

Shubhasiz, Tunis va boshqa musulmon yurtlari uzun yillar davomida Xalifalik qanoti ostida yashab, jonlandi va rivojlandi, hatto barcha sohaning gultojisiga aylandi.

Ikkinchi haqiqat: Baʼzi musulmon yurtlari tarixda, maʼlum vaqt mobaynida Alloh Azza va Jallaning dinidan uzoq holda yashagan. Oʻshanda boʻlinish, parchalanish, qashshoqlik, musulmonlarning oʻzaro qirpichoq boʻlishi, oʻzaro dushmanlik kabi, bizga yetgan mashaqqatlar ularga ham yetgan edi. Oʻsha zamonda buyuk sarkarda Muso ibn Nusayr, uning qoʻmondoni Toriq ibn Ziyod, ulugʻ sarkarda Abu Bakr ibn Umar va uning qoʻmondoni Yusuf ibn Toshfin kabilar boʻlgan. Va nihoyat, Ummat yana bir bor jonlanib, barcha muammolar qarshisida tik tura olgan. Biz uchun islomiy Magʻrib yurtlaridagi mana shu holatdan namuna bor. Zero, bizdan avvalgi oʻtganlar davrida uchragan musibatlarning aksari bizga ham yetmoqda. Shuning uchun biz uchun oʻsha ilgargi asl yoʻldan, yaʼni salaflarimiz rohimahullohlar yurgan yoʻldan boshqa qutulish yoʻli yoʻq.

Uchinchi haqiqat: Bugun butun musulmon yurtlari, xususan, Magʻrib yurtlari, jumladan Tunis Alloh Azza va Jalladan uzoqda yashayapti. Bunga u yerdagi hukmdorlarning kofir davlatlarga tobe-qaramliklari, Ummat dini va mabdaiga zid tuzumlarni tatbiq qilishayotgani hamda musulmon yurtlarda faoliyat olib borayotgan islomiy harakatlarning oʻz dinlaridan chetga chiqib, badboʻy ilmoniylikka aralashishgani sabab boʻldi. Masalan, Tunisdagi Nahza, Pokistondagi Hizbul Islomiy, Turkiyadagi Rafoh va Tanmiya, Marokashdagi “Adolat” islomiy jamoasi va boshqalar oʻzlarining asl dinlaridan uzoqlashishdi va ilmoniylik, demokratiya, inson huquqlarini himoya qilish, soxta erkinliklar kabi tashkilotlarga ergashishdi.

Toʻrtinchi haqiqat: Bugun Tunis real siyosiy boʻshliqda yashamoqda. Boʻshliqni na ilmoniy partiyalar toʻldiryapti va na Nahza harakati. Bunga Tunisning tobora pastga qulayotgani va mustamlakachilar qoʻyniga kirayotgani, aholisi kundan-kunga qashshoqlashayotgani, tanish-bilishchilik, davlat mulkini oʻzlashtirish va iqtisodiy qonunbuzarliklarning ortayotgani sababdir.

Xotima oʻrnida: Biz butun Tunisdagi musulmonlarga, xususan, Nahza harakatining aʼzolari va tarafdorlariga otashin murojaat yoʻllab, bunday deymiz: Islom Ummati eng kuchli ummatdir. Tunisdagi afkori omma Islom manfaatiga hamda Islomning davlat va jamiyatda tatbiq etilishi foydasiga boʻlmoqda. Shu bois, sizning zimmangizga ayni harakatdagi yetakchilarni zalolatdan toʻxtatib, haqiqatga qattiq boʻyin egdirib, qattiq tiyib qoʻyish vazifasi tushadi. Xuddi Rosululloh  bizga buyurganlari kabi:

“كَلَّا، وَاللَّه لَتَأْمُرُنَّ بِالْمَعْرُوفِ، وَلَتَنْهَوُنَّ عَنِ الْمُنْكَرِ، ولتَأْخُذُنَّ عَلَى يَدِ الظَّالِمِ، ولَتَأْطرُنَّهُ عَلَى الْحَقِّ أَطْرًا، ولَتَقْصُرُنَّهُ عَلَى الْحَقِّ قَصْرًا، أَوْ لَيَضْرِبَنَّ اللَّه بقُلُوبِ بَعْضِكُمْ عَلَى بَعْضٍ، ثُمَّ ليَلْعَنكُمْ كَمَا لَعَنَهُمْ”

“Yoʻq, Allohga qasamki, albatta maʼrufga buyurib, munkardan qaytarasizlar va zolimning qoʻlidan ushlab, uni majburan haqqa boʻysundirib, haqqa cheklab qoʻyasizlar. Aks holda, Alloh ayrimingiz bilan ayrimingizning dillariga zarba beradi (yaʼni, bir-biringizni qalban yomon koʻrib, urishadigan qilib qoʻyadi). Keyin esa, ularni (yaʼni, Banu Isroilni) laʼnatlagani kabi, sizlarni ham laʼnatlaydi”. (Abu Dovud rivoyati).

Asl Islom mumtozlikka va ajralib turishga daʼvat qiladi. Alloh Taolo bunday dedi:

فَاسْتَقِمْ كَمَا أُمِرْتَ وَمَن تَابَ مَعَكَ وَلاَ تَطْغَوْا إِنَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ  وَلاَ تَرْكَنُواْ إِلَى الَّذِينَ ظَلَمُواْ فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ اللّهِ مِنْ أَوْلِيَاء ثُمَّ لاَ تُنصَرُونَ

“Bas (ey Muhammad), siz va siz bilan birga tavba qilgan zotlar oʻzingizga buyurilgani yangligʻ Toʻgʻri yoʻlda boʻlingiz! Tugʻyonga tushmangiz! Albatta, U zot qilayotgan amallaringizni koʻrib turguvchidir. Zulm yoʻlini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (ergashmanglar). Aks holda sizlarga doʻzax oʻti yetar. Sizlar uchun Allohdan oʻzga biron doʻst yoʻqdir. Keyin (yaʼni zolimlarga ergashsangiz) sizlarga nusrat-yordam berilmas” [Hud 112-113]

Kofir davlatlardagi mushriklar yoki ilmoniylarga xor boʻlib, ularning qoʻyniga kirish Islom qabul qilmaydigan ishdir. Bizga Rosululloh goʻzal namunadirlar. Oʻshanda mushriklar ul zotga bir yil bizning ilohimizga sigʻinasan, bir yil sening ilohingizga sigʻinamiz, degan takliflarini qoʻyishganda, buni qatʼiy rad etganlar va Alloh Azza va Jallaning ushbu kalomi nozil boʻlgan:

قُلْ يَا أَيُّهَا الْكَافِرُونَ  لَا أَعْبُدُ مَا تَعْبُدُونَ  وَلَا أَنتُمْ عَابِدُونَ مَا أَعْبُدُ  وَلَا أَنَا عَابِدٌ مَّا عَبَدتُّمْ  وَلَا أَنتُمْ عَابِدُونَ مَا أَعْبُدُ  لَكُمْ دِينُكُمْ وَلِيَ دِينِ

“(Ey Muhammad), ayting: “Ey kofirlar! men sizlar ibodat qilayotgan narsalarga ibodat qilmayman. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emassizlar. Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qilguvchi emasman. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emassizlar. Sizlarning diningiz oʻzlaringiz uchun, mening dinim oʻzim uchundir!”  [Kafirun]

Shu bois, Islom asosida jonlanishni istaganlar Islomni Ummat uchun siyosiy loyiha sifatida yetkazmoqlari hamda oʻz atroflariga Islom asosida xalq bazasini vujudga keltirmogʻi shartdir.

Soʻzimiz nihoyasida bizning aytar soʻzimiz shuki, Alloh Taolo bunday dedi:

فَأَمَّا الزَّبَدُ فَيَذْهَبُ جُفَاءً وَأَمَّا مَا يَنفَعُ النَّاسَ فَيَمْكُثُ فِي الأَرْضِ كَذَلِكَ يَضْرِبُ اللّهُ الأَمْثَالَ  لِلَّذِينَ اسْتَجَابُواْ لِرَبِّهِمُ الْحُسْنَى وَالَّذِينَ لَمْ يَسْتَجِيبُواْ لَهُ لَوْ أَنَّ لَهُم مَّا فِي الأَرْضِ جَمِيعاً وَمِثْلَهُ مَعَهُ لاَفْتَدَوْا بِهِ أُوْلَـئِكَ لَهُمْ سُوءُ الْحِسَابِ وَمَأْوَاهُمْ جَهَنَّمُ وَبِئْسَ الْمِهَادُ

“Endi u koʻpik-chiqindi oʻz-oʻzidan yoʻq boʻlib ketur. Odamlarga foydali boʻlgan narsa esa Yer yuzida qolur. Alloh misollarni mana shunday bayon qilur. Parvardigorlariga itoat etgan zotlar uchun goʻzal mukofot-jannat bordir. U zotga itoat qilmagan kimsalar esa agar yerdagi bor molu-davlat (yana) ikki barobar (koʻpayib) ularning oʻzlariniki boʻlsa, albatta uni (Allohning azobidan qutulish uchun) fido qilgan boʻlur edilar. Ular uchun eng yomon hisob-kitob boʻlur. Ularning joylari jahannamdir. Naqadar yomon joy u!” [Raʼd 17-18]

Botil uzoq vaqt davomida hech arimay, kuchaygandan kuchaysa-da, bir kun vayron boʻlishi muqarrar. Chunki haqning gʻalaba qozonishiga aslo shubha yoʻq. Alloh Taolo bunday dedi:

وَنُرِيدُ أَن نَّمُنَّ عَلَى الَّذِينَ اسْتُضْعِفُوا فِي الْأَرْضِ وَنَجْعَلَهُمْ أَئِمَّةً وَنَجْعَلَهُمُ الْوَارِثِينَ * وَنُمَكِّنَ لَهُمْ فِي الْأَرْضِ وَنُرِي فِرْعَوْنَ وَهَامَانَ وَجُنُودَهُمَا مِنْهُم مَّا كَانُوا يَحْذَرُونَ

“Biz yerda xorlangan kishilarga marhamat qilishni, ularni (xor-bechoralikdan chiqarib), barchaga peshvo zotlarga aylantirishni va ularni (Firʼavn mulkining) vorislari qilishni istaymiz. Yana ularni oʻsha yerda barqaror qilib, Firʼavn va (uning vaziri) Homonga hamda ikkovining lashkarlariga (Banu Isroil) tomonidan oʻzlari qoʻrquvchi boʻlgan narsani koʻrsatib qoʻyishni (istaymiz)” [Qasos 5-6]

Xullas kalom, Alloh Azza va Jalla Tunisdagi ahlimizga asil Hizbni ato etdi. U tilyogʻlamalikni, ikkiyuzlamachilikni va Gʻarb ortidan ilakishib, uning loyihalarini qabul qilishni bilmaydigan toza Hizb. Ushbu Hizb sabot bilan turibdi, Alloh Azza va Jallaning dini uning ustida boʻy choʻzmoqda. U Ummatning dinidan, aslligi va tarixidan uzoq boʻlgan anavi adashgan hizbu harakatlar oldida magʻrur turib, Ummatni baland ovoz bilan bunday daʼvat qilmoqda: Haq yoʻl Qurʼoni Karim va Muhammad mustafo ning yoʻlidir, Magʻrib yurtlari ushbu ulugʻ Ummat farzandlaridan iborat buyuk sarkardalar bilan ulugʻlikka qaytmogʻi shartdir.

Alloh Taologa duo qilib, Ummati Muhammadga tez orada Islom boshqaruvini ikrom etishini soʻraymiz. Ana shunda Ummat Alloh Subhanahu va Taolo oʻzining kalomida sifatlagan sifatga ega boʻlajakdir:

كُنتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللّهِ

“(Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan ummatlarning eng yaxshisi boʻldingiz. Zero, siz maʼrufga buyurib, munkardan qaytarasiz va Allohga imon keltirasiz. Agar ahli kitob ham imon keltirganda edi, oʻzlari uchun yaxshi boʻlardi. Ulardan moʻminlari ham bor va (lekin) ularning koʻplari fosiqlardir” [Oli Imron 110]

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.