Konstitutsiyaga oʻzgartish kiritish Sisiyning umrbod hokimiyatda qolishini taʼminlaydi

511
0

Konstitutsiyaga oʻzgartish kiritish Sisiyning umrbod hokimiyatda qolishini taʼminlaydi

Hizb ut-Tahrir – Misr viloyati matbuot boʻlimi aʼzosi

Ustoz Said Fazl qalamiga mansub

2019 yil 14 fevral payshanba kuni Misr parlamenti 2014 yil tuzilgan konstitutsiyaga oʻzgartish kiritish tamoyilini koʻpchilik ovoz bilan tasdiqladi. Ushbu oʻzgartish hozirgi prezident Abdulfattoh Sisiyga prezidentlik lavozimida 2034 yilga qadar qolish imkoniyatiga ega boʻlishi uchun qoʻshimcha prezidentlik muddatiga oʻz nomzodini qoʻyish huquqini beradi. 2034 yilga kelib, konstitutsiyaga yana oʻzgartish kiritish mumkin. Ayni damda bu konstitutsiya Misr rejimi matbuot xizmati taʼkidlaganidek, Qurʼon ham emas, Qurʼondan olingan ham emas!

Bu konstitutsiyaga oʻzgartish kiritish-kiritmaslik aslida biz uchun ahamiyat kasb etmaydi. Chunki u botil ustiga qurilgan botildir. Odamlar oldiga ikki botil variantni qoʻyib, ularni kapitalistik tor variantlarga cheklash notoʻgʻri boʻlib, aqlga toʻgʻri kelmaydi. Chunki ular oldida uchinchi haqiqiy variant mavjuddir. Bu variant bechora xalqlarimizga adolat, saxovat, farovonlikni taʼminlaydigan hamda kapitalizm va uning vositalari sababli yoʻqotilgan barcha yaxshiliklarga kafil boʻladigan haqiqiy variantdir. Demak, mavjud boʻlgan, ammo xalqimiz qoʻlida yoʻq ushbu variant Islom va uning dasturi-konstitutsiyasidir. Bu dasturning va davlatning asosi Islom aqidasidir hamda Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasidagi boshqaruvdir. Bu shunday bir variant-tanlovdirki, undan boshqa hech qanday variantga oʻrin yoʻq. Shunday ekan, Ummat nega bu variantga hanuz ega emas?!

Misr parlamenti barcha moddalari bilan oʻzgartish kiritishga qaror qilgan bu konstitutsiya Sisiyning Misr taxtida umrbod qolishiga, davlatning barcha hokimiyat va boʻgʻinlarini qoʻlda saqlab qolishiga bagʻishlangan. Koshki bu kimsa bu bilan oʻz dini va Ummatiga xizmat qilsa edi. Yoʻq, bilʼaks, u Oq uydagi xoʻjayinlariga xizmat qilmoqchi. Bunga uning oʻz bayonotlarida “terrorizm”ga (yaʼni, Islomga) qarshi kurashishni eslatayotgani hamda yaqinda Myunxenda qilgan maʼruzasida “diniy maʼruzalarni isloh etishga chaqirib, Yevropani ibodatlar rolini nazorat qilishga targʻib etgani” misol boʻla oladi. (Qudsul arabiy, 17 fevral 2019 yil). Maʼlumki, Sisiy “ibodatlar roli”, deganda masjidlarni nazarda tutyapti, Ummat va uning muqaddas dargohlarini himoya qiluvchi davlat mavjud boʻlmagan bir paytda, u masjidlarimizdan boshqa ibodatxonalarga hamda Islom va musulmonlardan boshqa dindorlarga jurʼat qilolmaydi.

Kapitalizm hukmronligi ostida bunday konstitutsion oʻzgartishlar yangi bir Firʼavnni, Islom va musulmonlar dushmani boʻlmish yangi Mustafo Kamolni keltirib chiqarmoqda. Xususan, u mana shunday sifatlarga ega boʻlayotgan va mustamlakachi kofir Gʻarb quchogʻiga oʻzini otib, uning istaklarini ziyodasi bilan bajarayotgan bir paytda shunday boʻladi. Bundan tashqari, Sisiy konstitutsiya va demokratik printsiplarni hamda fuqarolik davlatini mudofaa qilish vazifasini armiyaga, yaʼni, amerikaparast harbiy kengash qoʻmondonlariga topshirdi. Bu shuni anglatadiki, u mudofaa va kafolatni Amerika malaylari qoʻliga topshirmoqda, ularga Misr va uning vujudini emas, balki oʻzi tatbiq qilayotgan kapitalistik tuzumni mudofaa qilishni yuklamoqda. Chunki Misrning Amerikaga tobeligini saqlab turuvchi ham, ayni tobelikdan qutilishiga toʻsqinlik qiluvchi ham mana shu kapitalistik tuzumdir. Sisiy Islomsiz tobelikdan hargiz qutila olmasligini, Gʻarb va uning fikrlariyu tsivilizatsiyasini magʻlub etishga qodir yagona alьternativ faqat Islom tuzumi ekanini yaxshi biladi. Bilgani uchun ham Islomni Misr ahli qalbidan oʻchirib yuborishga harakat qilyapti, yolgʻon daʼvolar qilyapti. Masalan, ayni Myunxen konferentsiyasida Sisiy oʻttiz million misrlik diniy davlatga qarshi chiqdi, deya qalloblarcha bayonot berdi. Bu bilan u Mursiy boshqargan yilga ishora qilmoqda. Vaholanki, Mursiy hech bir kuch-strukturasiz va davlatda biror amaliy hokimiyatsiz hukm yuritgan. U Islom nizomi bilan emas, kapitalistik nizom bilan boshqargan. Mursiyning muvaffaqiyatsizligi, kapitalizmning muvaffaqiyatsizligi roʻyxatiga qoʻshimcha qoʻshdi, anavi qallob kimsaning yolgʻonchiligini isbotladi. Chunki Misr ahlining Ixvonul Musliminni tanlashi Ixvon shior qilib koʻtarib chiqqan Islomni tanlashdir. Sisiyning birinchi va ikkinchi tur saylovlarida esa, Ixvondagilarning oʻzlari koʻrinishmadi… Hatto rejim Sisiyga qarshi haqiqiy raqib chiqib qolishidan qoʻrqib odamlarga jarimalar bilan tahdid qilganida ham, odamlarni toʻplab kelib ovoz berishga majburlaganida ham ular koʻrinishmadi. Sisiy bu rejimni saqlab qolishni malay qoʻmondonlardan iborat armiya bilan kafolatlamoqda, qachon taxtda omadi chopmay qolgudek boʻlsa, xuddi ilgari qilgani kabi, yurtni qayta Amerika changali ostiga kiritib qoʻymoqchi.

Faqat xavfsizlik kuchlari bilan boshqariluvchi bunday davlatda har narsani kutish mumkin. Chunki hech bir muxolafatchi rejim boshchisi istagiga zid ogʻiz ocholmaydi, hatto sobiq vafodor koʻppaklaridan boʻlsa ham. Barchamiz butun axborot jarchilarining rejim basharasini chiroyli qilib koʻrsatish uchun dunyoni boshlariga koʻtarib jar solishayotganiga guvoh boʻldik, hatto Sisiyning umrbod boshqaruvini talab qilgan kimsalarni ham koʻrdik, goʻyo Misrda undan boshqa kimsa yoʻqdek! Zotan, biz Sisiy shaxsiga emas, balki u hukm yuritayotgan kapitalistik tuzumga, bu tuzumning konstitutsiyasi va oʻzgartishlariga eʼtiroz bildirmoqdamiz. Chunki bu tuzumga rozi boʻlish gunohdir, unga “yoʻq”, deya ovoz berish ham joiz emas. Chunki bunday masxarabozlikda umuman ishtirok etib boʻlmaydi.

Ushbu Kinona Misri ahli shuni anglab yetishi lozimki, oʻzlariga dastur boʻlmogʻi shart boʻlgan haqiqiy konstitutsiya Hizb ut-Tahrir taqdim etayotgan dastur boʻlib, uning ham, uning davlatining ham asosi musaffo Islom aqidasidir. Bu dastur odil davlatga asosdir. Zotan, Kinona ahli mana shu davlatni istamoqdalar hamda uning barpo etilishini intiqlik bilan xohlab, islomiy harakatlar safiga qoʻshilmoqdalar. Zero, Kinona ahli ahvolini yaxshilaydigan, hurmat-izzatlarini va yoʻqotgan farovon hayotlarini qayta tiklaydigan davlat mana shu Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatidir. Bundan tashqari, Xalifalik davlati Gʻarbga tobelik yillariga yakun yasab, tobelikning barcha koʻrinish va shakllari, malaylariyu gumashtalarini danak kabi tuflab tashlaydi. Buning uchun esa, Kinona armiyasi kabi armiya kerak. Shu armiyagina Gʻarb va uning malaylari bilan boʻlgan oʻrtadagi arqonni chopib, uzib tashlaydi va qaytadan Alloh va uning doʻstlari bilan mustahkam arqon bogʻlaydi, butun itoatini Allohga beradi, uning harbiy doktrinasi Islom aqidasi boʻladi, askarlari esa – xuddi, ansoriylar ikkinchi Aqaba bayʼatida Alloh va Rosuliga nusrat bayʼati berganlari kabi – xalifaga bayʼat beradi. Bu bayʼat Alloh va Rosuliga nusrat berish bayʼati boʻlib, uning asosida xuddi Paygʻambar alayhissalom va u kishining sahobalari tatbiq qilgandek Islomni tatbiq qiladigan hamda butun musulmon yurtlarini mustamlakachilar va ularning malaylaridan ozod etib, mustamlakachilik chegaralarini buzib tashlaydigan, insonlar miyasidan chegara, degan narsani oʻchirib tashlaydigan davlat barpo boʻladi. Ana shunda barcha yurtlarimiz bizga vaʼda qilingani kabi va Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikda boʻlishi kerak boʻlgani kabi bitta xalifa tomonidan qayta boshqariladi.

Allohim, Misrda bizga Xalifalikni tezroq ato et, barchamizni uning askarlaridan va guvohlaridan qil.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

“Ey moʻminlar, Alloh va Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga daʼvat qilar ekan, uni qabul qilinglar. Bilinglarki, Alloh kishi bilan uning qalbi oʻrtasini egallab turur va albatta Uning oldiga toʻplanursizlar”  [Anfol 24]

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.