Uygʻur musulmonlari Xitoy zulmi bilan hukmdorlar xiyonati oʻrtasida
Frans-24 sayti hijriy 1440 yil 2 rajab, milodiy 2019 yil 9 mart kuni nashr qilgan maqolada bunday deyiladi:
“Xitoydagi uygʻur musulmonlardan tashkil topgan faollar qamoq lagerlarida saqlanayotgan yaqinlarining taqdirini ochiqlashni Xitoy hukumatidan talab qilish uchun internet tarmogʻida kampaniya boshladilar. Xitoy bu lagerlarni yurtdagi “ekstremizm” masalasini hal etish maqsadida qurganini va ularni “kasb-hunar orttirish markazlari”, deya ataganini bildirdi. Biroq uygʻur faollari Pekinni u yerlarda dahshatli qiynoqlar qoʻllayotganlikda ayblab keladi”.
Roya gazetasi sharhi:
Sharqiy Turkistondagi uygʻur musulmonlar masalasi Falastin, Janubiy Tayland va Kashmirdagi musulmonlar hamda Mьyanmadagi arakan musulmonlari masalasi bilan bir xil. Sharqiy Turkistondagi voqea-hodisalar yangilik emas, chunki bir yarim asrdan beri u yerdagi musulmonlarning dushman adovatidan boshlari chiqmayapti. Ularning bor yoʻq “ayb”lari faqat musulmon boʻlganlaridir. Bir necha asrlar oldin musulmonlar oʻzlari fath qilgan yurtlaridan “tub aholi emas”, degan dastak bilan koʻchirib chiqarildilar. Qirgʻindan omon qolganlari Xitoyning boshqa mintaqalariga tarqatib yuborildi. Qochishga muvaffaq boʻlganlarni Xitoy rejimi qaytarishga urindi va qaytarilganlarning taqdiri qamoq boʻldi. Keyin, bu rejim musulmonlarni ibodatlarida ham taʼqib qila boshladi, islomiy koʻrinishda namoyon boʻlganlarning barchasiga qarshi kurashdi va ularni bir milliondan ziyod mahbus saqlanayotgan lagerlarga joʻnatdi. Lagerlarda ularga nisbatan kufrga olib boradigan shaklda muomala qilindi… Asosiy eʼtibor bolalarga qaratildi. Chunki shu orqali ularni Islom va uning ahkomlaridan uzoq ruhda tarbiya qilish koʻzlangan.
Biroq uygʻur musulmonlari hanuz Islomlarini mahkam ushlab kelmoqdalar, Islom uchun jonlarini qizgʻanmay, Xitoy majburlayotgan talablarga koʻnmayaptilar. Ular xuddi sahobalar kabi turibdilar. Zero, Makka kofirlari sahobalarni oʻldirish, qiynoqqa solish, qamoqqa tashlash, tirikchilikdan toʻsish… kabi koʻngillari tusagan uslublar bilan azob-uqubatga solishganda sahobalar haq ustida sobit turganidek uygʻur musulmonlar ham sabot bilan turibdilar… Bu barcha qilmishlarni kofirlar sahobai kiromlarni – qodir boʻlishsa agar – dinlaridan chiqarish maqsadida qilishgandi. Allohning izni ila, kofir Xitoy uygʻur musulmonlarni dinlaridan chiqarishga aslo qodir boʻla olishmaydi.
Allohga duo qilib, bizga Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish orqali yorugʻ kunlarni tezroq berishini soʻraymiz. Zero, musulmonlar xalifa ortida turib jang qiladilar va u bilan himoyalanadilar. Ana shunda Xitoyni ham, boshqa mustamlakachi davlatlarni ham shunday tiyib qoʻyamizki, ular musulmonlarga adovat qilish haqida hatto oʻylab koʻrishga ham jurʼat qilolmay qolishadi.
Roya gazetasining 2019 yil 13 mart chorshanba kungi 225-sonidan