Nursulton Nazarbayev isteʼfoga chiqdi

903
0

Nursulton Nazarbayev isteʼfoga chiqdi

 Nursulton Nazarbayev isteʼfoga chiqdi. Bu haqida Qozogʻiston prezidenti markaziy telekanallar orqali eʼlon qildi.

 “Men oʻzim uchun murakkab boʻlgan qarorni qabul qildim – prezident sifatida oʻz vakolatimdan voz kechaman. Bu yil ushbu oliy lavozimga kirishganimga 30 yil toʻladi. Men mustaqil Qozogʻistonning birinchi prezidenti boʻlish baxtiga muyassar boʻldim. Men, biz toʻgʻri yoʻldan ketayotganimizga ishonaman. Agar biz kuchli boʻlsak, hamma bizni hurmat qiladi, biz bilan hisoblashadi. Agar biz birovlarga ishonsak – oʻz yutuqlarimizdan mahrum boʻlamiz. Yashasin Qozogʻiston!”, – dedi Nursulton Nazarbayev respublika markaziy telekanallari efirida.

 Shu bilan birga, Nursulton Nazarbayev Xavfsizlik kengashi raisi sifatida faoliyat yuritishini maʼlum qildi.

 “Men muhim vakolatlarga ega boʻlgan Xavfsizlik kengashi raisi sifatida qolaman. Men Nur Otan partiyasi raisi va konstitutsiya kengashi aʼzosi boʻlib qolaman. Yaʼni sizlar bilan qolaman”, – dedi Nazarbayev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.