Xoinlik va malaylik Fors Koʻrfazi hukmdorlarining ajralmas sifatlariga aylangan

634
0

Xoinlik va malaylik Fors Koʻrfazi hukmdorlarining ajralmas sifatlariga aylangan

Sky News Arabia sayti hijriy 1440 yil 20 jumodus-soniy, milodiy 2019 yil 25 fevral dushanba kuni nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“AQSh prezidentining maslahatchisi va Yaqin Sharqdagi vakili Jared Kushner Sky News Arabiaga bergan maxsus intervьyusida Yaqin Sharq mintaqasidagi maxsus tinchlik rejasining asosiy tamoyillarini ochiqlar ekan, bu “erkinlik va hurmat”dan iboratligiga diqqatni qaratdi.

Ayni rejada taʼkidlangan tamoyillar haqida Kushner “Biz toʻrt tamoyil: imkoniyat, din va eʼtiqod erkinligi va bularga qoʻshimcha, boshqalarni hurmatlashga diqqatni qaratdik”, dedi.

Yana qoʻshimcha qildi: “Odamlar hurmati kafolatlanmogʻi lozim, bir-birlarini hurmat qilishlari, hayotlarini yaxshilash uchun mavjud imkoniyatdan foydalanishlari hamda ajdodlardan qolgan nizolar avlodlar kelajagini oʻgʻirlamasligi va nihoyat, xavfsizlik saqlanishi kerak”.

Roya gazetasi sharhi:

Kushnerning rejasi yoki bizga tiqishtirayotgan mugʻombirona yoʻli mana shu. Maqsadi, bizga muqaddas zaminimizni oyoq-osti qilayotgan, yurtimizni yahudiylashtirib, baʼzi insonlarni uy-joysiz qilayotgan, qolganlarni esa, boshlariga eng yomon mashaqqatlarni yogʻdirayotgan yahud vujudi bilan bogʻliq tarixiy, jugʻrofiy va aqidaviy haqiqatlarni unuttirishdir.

Mudom Fors Koʻrfazidagi jinoyatkor hukmdorlar mintaqadagi aksilinqiloblarni moliyalashtirish bilan erkinliklarni ham, hurmat-izzatni ham, ibodatlarni ham Amerika pichogʻi bilan soʻyayotgan ekan, demak, Kushner daʼvo qilayotgan “tinchlik” faqat bir narsani anglatadi, yaʼni, bizning xalqlar Amerika qoʻrasidagi qoʻylar boʻlib, bu davlat istagan vaqt ularni yahudiylar qoʻli bilan soʻyadi.

Biroq, bu Kushner shuni bilib qoʻysinki, ruvaybiza hukmdorlar harchand uning karvoniga ergashib, musulmonlarning ilk qiblalaridan voz kechishgan boʻlsa-da, shuningdek Islom toʻnini kiyib, Kushnerning mintaqadagi urushiga qoʻshilishayotgan boʻlsa-da, bu narsa hargiz Allohga zarar berolmaydi, Ummatni aslo yoʻqota olmaydi. Aksincha, dinlari va yurtlariga xiyonat qilib, takabbur Gʻarb va yahudiylar oldida tiz choʻkayotgan hukmdorlariga qarshi Ummatning qoʻzgʻalishini yanada tezlashtiradi.

Roya gazetasining 2019 yil 6 mart chorshanba kungi 224-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.