Qirgʻiziston Markaziy Osiyoda xalqaro siyosiy keskinliklar markaziga aylanib boryapti

874
0

Qirgʻiziston Markaziy Osiyoda xalqaro siyosiy keskinliklar markaziga aylanib boryapti

25 fevral kuni Qirgʻizistonga AQSh davlat kotibining birinchi oʻrinbosari Elis Uyells tashrif buyurib, Bakiyevlar olib qochgan 4.6 million dollarni mamlakatga qaytardi. Ertasi kuni u Oʻzbekistonga oʻtib, shu ikki yilda AQSh Oʻzbekistonga moliyaviy yordamni 3 barobarga koʻpaytirganini aytdi.

Biroz avval Toshkentda, “Markaziy Osiyoda oʻzaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferentsiya tashkil qilinib, unda 36 ta davlat, 9 ta xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, 71 ta tahliliy tuzilmalar, 18 ta davlat tashkilotlaridan vakillar ishtirok etgan edi.

21 fevral kuni Toshkentdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Bosh shtab boshliqlarining navbatdagi anjumani boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afgʻoniston qurolli kuchlari bosh shtabi boshliqlari, Qirgʻiziston qurolli kuchlari Bosh shtabi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, AQSh Qurolli Kuchlari CENTKOM qoʻmondoni ishtirok etdi.

Mart oyining soʻngi kunlarida Rossiya prezidenti Viladimir Putinning Qirgʻizistonga rasmiy tashrifi kutilmoqda. Hozirda unga tayorgarlik ishlari olib borilyapti. Mart oyi boshidan Qirgʻiz-Rus hukumatlararo konferentsiyasining 21–sessiyasi boʻlib oʻtadi. Bu haqida “Azattыk” radiosi xabar tarqatdi.

Markaziy Osiyoda bir tomondan Gʻarb mustamlakachilari yuqoridagi anjumanlarni uyushtirayotgan boʻlsa, ikkinchi tomondan Rossiya oʻz manfaatlari yoʻlida Qirgʻiziston janubida yana bir harbiy baza qurishni rejalashtirayotgani aytilmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari xalqaro yetakchi davlatlar manfaatlari oʻrtasida, xavf xatar va tahdidlar orasida qolib ketmoqda. Har ikki tomon ham bor imkoniyatlarini ishga solib, ushbu mamlakatlarni oʻz manfaatlari tomon yurgizish maqsadida ularga bosim oʻtkaza boshladi.

Markaziy Osiyo davlatlari AQSh, Rossiya va Xitoy davlatlari oʻrtasidagi kelishmovchilik va keskinliklarni hal qilishda, ular uchun toʻqnashuv maydoniga aylanib boryapti. Ular qalbaki vahimalar paydo qilish ortidan har turli konferentsiyalar uyushtirib, bu vahimalardan koʻzlagan maqsadlari yoʻlida foydalanishga urinishadi! Bu vahimalarni qanday oldini olish haqida oʻtkazilgan muhokamalar ortidan, harbiy bazalar qurish hamda tabiiy boyliklarimiz va aeroport, temir yoʻli kabi bir qator strategik manfaatlarni qoʻlga kiritishga harakat qilishadi.

Xalqaro siyosatning kasofatidan oxirgi vaqtda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi aloqalar sovuqlasha boshladi. Qirgʻiziston Rossiyaning taʼsiridan qutulib chiqish imkoniyatiga ega emas. Oʻzbekiston esa oʻzining tabiiy resurslari va giosiyosiy strategik ahamiyatga egaligi sababli Gʻarb olamining kuchli qoʻllovi ostida Rossiyadan uzoqlasha boshladi. U AQSh bilan hamkorlikda Afgʻonistonda tinchlik muhitini paydo qilish loihasini jadal olib boryapti. Ushbu loiha amalga oshsa, AQShning vaʼdasiga koʻra Oʻzbekiston Afgʻoniston orqali tranzit yoʻlini oʻz taʼsiri ostiga oladi. Hatto u Markaziy Osiyoda taʼsir kuchiga ega yetakchi davlatga aylanishi kutilmoqda.

Bu loiha ruslarning Oʻrta Osiyodagi hayotiy manfaatlariga zid ekanligi bois, Rossiya Qirgʻizistonni Oʻzbekiston bilan keskin muomila qilishga majburlay boshladi. Qirgʻiziston xavfsizlik xodimlari Oʻzbekistondan kelgan “terrorist”ni qoʻlga olgani haqida rasmiy xabar tarqatdi va qoʻshni davlatdan xavf xatar kelayotgandek muhit paydo qilishga harakat qila boshladi.  Rossiya bu “muammo”ni bartaraf qilish uchun qanday oqibatlarga olib boruvchi fitnalar uyushtira olishi, hali maʼlum emas. Shunisi aniqki, u bor imkoniyatini ishga soladi. Rossiya mintaqada harbiy va boshqa moddiy fitnalar uyushtirish bilan ish olib boradi. Chunki uning boshqa imkoniyatlari deyarli qolmadi.

Qirgʻiziston bu Islomiy xavf xatarlar qalbaki va va unga qarshi harakatlar mamlakatimiz uchun manfaatsiz ekanini yaxshi bilsa ham, Rossiyadan qoʻrqib, bu vahimali muhitni paydo qilishda unga koʻmaklashadi. Chunki Rossiya oʻz maqsadi yoʻlida mamlakatimizda qoʻporuv ishlarini oʻzi uyushtirib yuborishi mumkin ekanini yaxshi biladi. Iqtisodiy, siyosiy tomonlardan ham, Qirgʻizistonning Rossiyadagi ishchi muhojirlarimizga ehtiyoji kuchli. Shuning uchun Qirgʻiziston Rossiya bilan oxirigacha borishi kutiladi. Yuqoridagi xalqaro siyosiy ahvolning kasofatidan, mintaqadagi qoʻshni davlatlar oʻrtalari yana keskinlashishi kutilmoqda!

Yuz berayotgan jarayonlardan ummat yoki Markaziy Osiyo fuqorolari uchun hech qanday manfaat yoʻq. Olamiy kufr boshqaruvi asosidagi xalqaro siyosat mintaqadagi birorta mamlakatni oʻz taʼsiri ostidan chiqarib yubormaydi. Demak ular tomondan mustaqillik yoki xotirjamlik kutish mumkin emas. Yaqin sharqni olib koʻradigan boʻlsak, Kurd millatiga doim mustaqillik vaʼda qilib, ulardan oʻz maqsadida foydalanib keladi. Kurdlar ham har safar oʻz davlatlariga ega boʻlish ilinjida kufrga yordam berib, Islom va Musulmonlar manfaatiga putur yetkazib kelishadi! Hech bir mustamlakachi davlat biror mustamlakasini oʻz ixtiyori bilan mustaqil qilgan emas. Ozodlik berilmaydi, u tortib olinadi!

Shu hazoratdan kelib chiqib qaraydigan boʻlsak, Markaziy Osiyo davlatlari yana gʻirrom, nayrang va yolgʻon yoʻldan borishyapti. Hukumatlarimiz ummat manfaatlarini tolon taroj qilishda kufr bilan birlashib, xoinlarga aylanishgan. Ular kufr yetakchi bosqinchi davlatlar bilan birga oʻz xalqini aldash asosida xiyonatkorona siyosat olib borishadi. Masalan Xitoydan oʻz manfaatlari yoʻlida, keraksiz loihalar uchun qarz olib, ummat manfaatlarini, yer osti va usti boyliklarini unga berib yuborishyapti.

Yuqoridagi siyosiy vaziyat Markaziy Osiyo davlatlarini bir biriga qarshi kurashga, hatto bir-biriga qarshi urushgacha olib borishi mumkin. Biz musulmonlar ziyrak turmas ekanmiz, ular millatlararo, davlataro yoki hududlararo urush urugʻini sepishga harakat qilishmoqchi! Bizlarni kufr manfaatlari va siyosiy nayranglaridan faqat mabdaiy Islomiy tushunchadan kelib chiqqan Islomiy birodarlik rishtasi asosidagi islomiy Xalifalik davlatigina saqlab qolishi mumkin!

Hukumat va organ vakillari tomonidan Kufr nayranglariga asoslangan barcha fitnalardan uzoq boʻlaylik. Fitna toboro kuchayib, bir millat nomidan ikkinchi bir millat ustiga qoʻporuv amaliyotlarini uyushtirishgacha yetib borishi mumkin. Ogoh boʻlaylik bularning hammasi kufr yetakchi davlatlarining manfaatlaridan kelib chiqishi kutilayotgan xavf xatardir!

01.03.2019.

Qirgʻiziston matbuot boʻlimi aʼzosi Abdurrazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.