Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati ommaviy anjuman o‘tkazdi

734
0

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati ommaviy anjuman o‘tkazdi

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati kecha hijriy 1440 yil 10 jumodul-avval, milodiy 2019 yil 15 fevral juma kuni o‘zining Xartumdagi ofisida ommaviy anjuman o‘tkazdi. Ushbu anjuman «Sudan istiqboli ilmoniylik bilan islomiy shariat o‘rtasida» nomli anjuman o‘rniga o‘tkazildi. Chunki bu anjumanni Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati 2019 yil 16 fevral shanba kunida shahid Zubayr Muhammadsolih Davliyning konferensiyalar binosida o‘tkazishni e’lon qilgan edi. Biroq bu anjumanni Xartum shahar xavfsizlik xizmati taqiqlab qo‘ydi.

Ushbu anjumanda bir guruh ulamolar, islomiy faoliyat yetakchilari, masjidlar imomlari hozir bo‘ldilar. Unda nutq so‘zlaganlar, jumladan:

1 – Qur’oni Karim universiteti professori, tadqiqotchi doktor Muhammadmuso Birr;

2 – Islohul Qovmiy partiyachi raisi, Vataniy Tag‘yir fronti a’zosi doktor Hasan Somoniy (Abu Dajona);

3 – I’tisom bil-Kitobu Sunna jamoasining ijroiy bo‘limi a’zosi va da’vat qismi raisi shayx Toj Abdulmuttalib;

4 – Ixvonul Muslimin jamoasi Bosh noziri o‘rinbosari ustoz Hasan Abdulhamid;

5 – Turuqi Sufiya yetakchilaridan biri doktor Ibrohim Zaynning vakili doktor Muhammadyusuf Arakiy;

6 – Minbari Vahdaviy raisi doktor Abdulaziz Naim;

7 – Kalokilai Munavvara shahridagi Rahmon masjidi imomi, Hizb ut-Tahrir a’zosi doktor Muhammad Abdurrahmon;

8 – Hizb ut-Tahrir a’zosi muhandis Akrom Sa’d;

9 – Robitai Kuttobus Sudaniyyin a’zosi, tadqiqotchi va yozuvchi doktor Abdulloh Abu Imom;

10 – Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati kengashi a’zosi ustoz Abdulloh Abdurrahmon.

Notiqlarning barchasi shariatning Xalifalik davlati soyasida tatbiq etilishiga qo‘shildilar. Hizb ut-Tahrirning Sudan viloyatidagi rasmiy notig‘i ustoz Ibrohim Usmon (Abu Xalil) Hizb ut-Tahrir Sudan viloyatining bosh rasmiy so‘zini eshittirdi. U kishi o‘z nutqida Ummatning hech qachon zaiflashib, xorlikka tushmaganini, faqat Allohning Kitobi va Rosuli ﷺning sunnatlarini tark etib, zulm va qashshoqlik o‘chog‘i bo‘lmish tuzum bilan boshqargandan keyingina shunday bo‘lganini ta’kidladi. Yolg‘iz Islomgina farovon hayotni, nomuslar, mollar va qonlar saqlanishini ta’minlovchi tuzum ekanini bayon qildi.

Ustoz nutqi so‘nggida ulamolarga, islomiy, partiyaviy va da’vat faoliyati yetakchilariga hamda masjidlar imomlariga murojaat qilib, ularga kutib o‘tirishning ham, betaraf turishing ham vaqti emasligini, balki safni bitta qilib, Rosululloh ﷺning royalarini baland ko‘targan holda, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etishga harakat qilish zarurligini ta’kidladi.

Anjuman ishtirokchilari nutq so‘zlaganlarni tahlillar, takbirlar bilan qo‘llab-quvvatlab turdilar hamda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati soyasida Islomning tatbiq etilishini talab qildilar.

Roya gazetasining 2019 yil 20 fevral chorshanba kungi 222-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.