«Pokiston uchun Xalifalik lozim» kampaniyasi
Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati hijriy 1440 yil 3 jumodus-soniy, milodiy 2019 yil 8 fevral juma kuni elektron aloqa saytlari orqali «Pokiston uchun Xalifalik lozim» nomli matbuot kampaniyasini boshladi. Olti hafta davom etajak ushbu kampaniyadan maqsad, o‘zgartirish amaliyotida faqat rejimdagi shaxslarni emas, balki tubdan o‘zgartirish yasash zarurligi to‘g‘risida jamoatchilik fikrini paydo qilishdir. Ushbu kampaniya 2019 yil 3 mart kuni «Tvitter» orqali olib boriladigan keng ko‘lamli tadbirlar bilan yakunlanadi. Bu tadbirlar ertalabki soat yettidan sakkizga qadar davom etadi. Shuni eslatmoq lozimki, 1924 yil 3 mart Usmoniy Xalifalik davlati ag‘darilgan kun bo‘lib, bu fojia oqibatida Ummat o‘zining himoya qiluvchi qalqonini yo‘qotdi. Alloh Subhanahuga duo qilib, ushbu kampaniyamizni o‘tkazib olishimizga muvaffaq aylashini hamda Islom dinini O‘z izni ila yaqinda barpo bo‘lajak Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati soyasida tatbiq etishimizga yordam berishini so‘raymiz.
Roya gazetasining 2019 yil 20 fevral chorshanba kungi 222-sonidan.