Tunis rejimi va unga qarashli axborot vositalari tomonidan Qur’on madrasalariga hujum qilinishi ularning omadsizliklariga dalildir
«Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi Tunisdagi bir qator axborot vositalarining Qur’oni Karim va Islom madrasalariga qilgan hujumlarini qoraladi. Hatto bu axborot vositalaridan ayrimlari salibchilik iboralarini ochiq aytish hamda yurtga va uning ahliga, nafratini sochish darajasiga yetdi. Bugun ayni masalaning o‘rtaga chiqayotganining sababi shuki, rasmiy hay’at odamlarni o‘zining ortidan ergashtirishda omadi chopmadi. Parlament va prezidentlik saylovlari ostonasida turgan bu rejim xalq tomonidan qat’an inkor etilib, ag‘darilish sari ketayotganini his eta boshladi. Shuningdek, rasmiy hay’at Tunis va boshqa yerlarda Ummatni jon taslim qilayotgan kapitalistik tuzum botqog‘idan qutqarishga birdan-bir alternativ Islom tuzumi ekanini tobora anglab yetmoqda. Qur’oni Karim madrasalariga qarshi masalani ko‘tarish uchun nega ayni dam tanlanganining sababi shuki, rejim odamlarning qashshoqlik, sansalorlik va ochlikka qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishini jilovlab olish maqsadida har yili shunga o‘xshash ssenariy va siyosiy manyovrlarni ishga soladi. Zotan, bu mustamlakachilarning barcha xalqlarga qarshi qo‘llab kelgan uslublaridan biri bo‘lib, maqsadlari, ularni tushkunlikka tushirish, tiz cho‘ktirish va o‘z malay hukmdorlariga qarshi qilingan har qanday qo‘zg‘olonning badali qimmatga tushishini ko‘rsatib qo‘yishdir».
Bayonot bunday so‘zlar bilan yakunlanadi:
«Tunis rejimining Riqob shahridagi Qur’on madrasalari masalasini ko‘tarayotgani, aytish mumkinki, uning navbatdagi terrorchilik amaliyoti hamda musulmon xalqqa qarshi sodir etgan alohida jinoyatidir, bunga aslo shubha yo‘q. Bundan maqsad, shu musulmon xalq yelkasiga minib olib, uni islomofobiya xavfi ostida zo‘rlik bilan boshqarish hamda ularni siyosat va aqidalaridan balqib chiqqan tuzumdagi yechimdan chalg‘itishdir».
Roya gazetasining 2019 yil 13 fevral chorshanba kungi 221-sonidan