AQSHning davlat qarzi rekord darajaga yetdi
AQSH davlat qarzi tarixda ilk bor 22 trillion dollarga yetdi. Bu haqda AQSH moliya vazirligi xabarida aytilmoqda.
Ayni damda qarzning aniq miqdori 22,012 trillion dollarni tashkil etib, fevralning boshidan beri avvalgi natijaga nisbatan 90 milliard dollarga koʻpaygan.
Bundan tashqari, oxirgi 11 oylikda davlat qarzi bir trillion dollarga oʻsgan.
“USA Today”ning yozishicha, Donald Tramp prezidentligi davrida davlat qarzi shiddat bilan oʻsmoqda. Bunga yangi soliq islohotlari, mudofaa xarajatlarining oshib borishi ham sabab boʻlmoqda.
Avvalroq, AQSH davlat byudjeti defitsiti 2018 yilda 17 foziga oʻsgani va 779 milliard dollarni tashkil etgan maʼlum boʻlgandi.
Turkiston:
AQSHning qarzi tilloda emas dollarda. Dollar esa, nafaqat AQSHning balki dunyo mamlakatlarining oʻzaro muomala qilishlarining asosiy oʻlchami hisoblanadi. Hozir hatto tillo ham dollorga nisbatan baholanadigan xom ashyoga aylanib qoldi.
AQSH dollari olam iqtisodiyotining ayriboshlashdagi asosiy valyutasi hisoblanadi. Dollarning qadrsizlanishi yoki aksincha quvvatlanib borishi, badavlat davlatlarda moliyaviy yoki iqtisodiy dizbalanslar keltirib chiqarishi mumkin. AQSH, dollarning bu mavqeidan oʻzining olam boʻylab siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini roʻyobga chiqarib olishi uchun qurol sifatida foydalanib keladi. Masalan: 2001 yili 11 sentyabr voqeasidan keyin AQSH Afgʻonistonga urush ochishni ixtiyor qildi. Shunda Fransiya boshchiligida, BMT xavfsizlik kengashiga aʼzo boʻlgan Rossiya va yana bir qator yetakchi davlatlar bu urushga qarshilik qilib, xavfsizlik kengashida bu urushga qarshi veto qoʻyishmoqchi boʻlishdi. AQSH bu kelishuvlarga qarshi dollarni olam boʻylab qariyb 30% ga qadrsizlantirib yubordi. Qarshilik qilgan barcha davlatlar koalitsiyaga aʼzo boʻlishga majbur boʻlishdi. Chunki dollarning qadrsizlanishi Yevropa davlatlari eksport qilayotgan tovarlar deyarli toʻxtab qolishiga olib keladi. Bu esa yuzlagan korxonalarning bankrot eʼlon qilishi va ularning davlatga siyosiy bosimlar berishlariga olib keladi.
Agar AQSH hozir oʻzining qarzini oʻz qoʻlidagi pul bosadigan mashinalari orqali bosib chiqarib toʻlay boshlasa, boy va yetakchi davlatlarning oʻzlari bu ishga qarshilik qilishadi. Chunki bu yana har xil iqtisodiy boʻhronlar keltirib chiqarishi mumkin. Eksport va import oʻrtasidagi olamiy yoki mintaqaviy dizbalanslar ketirib chiqaradi.
Shuning uchun AQSH, oʻzining qarzlarini vahimali suratda eʼlon qiladi. Chunki aslida uning oʻzi oʻzidan qarz desak ham boʻlaveradi. AQSHning oʻzini va olamni boshqarishdagi bu moliyaviy holati, oʻta xavfli va muammoli holat.