Davlatga 107 million som ziyon yetkazgan sobiq sogʻliqni saqlash vaziri Batiraliyev ustidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

658
0

Davlatga 107 million som ziyon yetkazgan sobiq sogʻliqni saqlash vaziri Batiraliyev ustidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

Sobiq vazir buyrak faoliyati ishdan chiqqan bemorlar uchun davlat tomonidan qonni tozaydigan gemodializ aparatini sotib olishda xiyonatga qoʻl urganlikda ayblanmoqda.

Bu hokimiyat mamlakatni va biz fuqorolarni qayerga olib boradi! Prezidentlar, vazirlar, kuch strukturalarining deyarli barchasi jinoyatchi ekani ochilib boryapti. Ularning hammasi xalq mulkini talon taroj qilib, “katta”lari milliardlagan pullarni chet davlatlarga olib qochib ketishdi. Yuqoridagi singari “kichik”roqlari qoʻlga olinayapti.

Toʻngʻich prezidentimiz Askar Akayevdan buyon siyosiy doira ham, boshqaruv sistema ham, boshqaruv mexanizmi ham deyarli oʻzgarmaganini eʼtiborga olsak, keyingi prezidentlar, vazirlar, deputatlar va hozirgi yetakchi guruh ham oʻzgarmasligiga iqror boʻlamiz. Bakiyevga ishondik, u avvalgisidan ham yomonroq chiqdi, xalq mulki va boshqa manfaatlariga koʻproq ziyon yetkazdi. Uni quvib muvaqqat hokimiyat homiyligi ostida Roza Otunbayevani prezident qildik. Ular oʻz kreslolarini saqlab qolish maqsadida 2010 yil Oʻsh voqeasini uyushtirishdi. Fuqorolar birdamligini buzib, ulkan maʼnaviy va moddiy ziyon yetkazishdi. Atambayev guruhining jinoyatlari avvalgi prezidentlarnikidan bir necha barobar ortiq ekani hozirda ochilib boryapti.

Prezidentlarning hammasi oʻzlariga qulay siyosatchilardan boshvazir va boshqa vazirlarni tanlab olishadi. Chunki prezident yoki yetakchi guruh birgalikda aynan ana shu amaldagi vazirlar qoʻllari bilan oʻz jinoyatlarini amalga oshirishadi.

Yuqoridagi sobiq sogʻliqni saqlash vaziri ham, 107 million balki undan ham koʻproq moddiy va maʼnaviy ziyon keltirganida, prezidentning komandasi boʻlgan yetakchi guruh u bilan hamtavoq boʻlgan, uni ortini yopib turgan. Shunga qaramay qonunga muvofiq, imzo chekkan odam jazoga tortiladi. Lekin qanchalagan insonlar bular sotib olishi kerak boʻlgan matohlarga muhtoj boʻlib turibdi. Qanchalari oʻlib ketishdi! Boshqalari qonlarini tozalatish uchun bir necha ming som topa olishmayapti! Bu kabi jinoyatlar nafaqat moddiy, koʻproq maʼnaviy ziyon olib keladi. Sogʻliqni saqlash vazirligi chet davlatlardan emlash vositalarini olib, bolalarimizga emlashni qonunan majburiy qilib olishmoqchi. Shularga farzandlarimiz salomatligini ishonish mumkinmi?!

Qirgʻizistonda borayotgan bu siyosiy sistema, xuddi oxiri koʻrinmagan tunnel ichida ketayotgan yoʻlovchiga oʻxshaydi! Prezidentlar bir birini quvib oʻrnini egallab olishyapti, lekin boshqaruv mexanizmi tayangan aqidasi oʻzgargani yoʻq va hatto konstitutsiyasi ham oʻzgarmadi. Faqat yetakchi guruh va ular saylab olgan prezidentlar oʻzgarib borayapti xolos. Lekin bular ham avvalgilar singari nafs egalari ekanlari bois, tez orada ummat mulkiga tajovuz qila boshlashyapti.

Hozir mamlakat yana muammolar girdobiga shoʻngʻib boryapti. Muammodan qutilish maqsadida, yana bosh vazirni almashtirish bilan fuqorolarni chalgʻitmoqchi boʻlishyapti. Yangi vazirlar, yangi nafs egalari yetakchi guruh bilan birga xalq mulkini talash uchun oʻzlari ishongan odamlarini hukumatga olib kelishadi. Yana hammasi yangidan boshlanib avvalgi joyiga qaytib kelaveradi!

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.