Moskvada Afgʻoniston boʻyicha anjuman oʻtkaziladi

508
0

Moskvada Afgʻoniston boʻyicha anjuman oʻtkaziladi

Moskvadagi Prezident-otelda 5-6 fevral kunlari Afgʻonistonning obroʻli siyosatchilari va arboblari ishtirokidagi anjuman oʻtkaziladi va unda Afgʻonistondagi vaziyatga aloqador masalalar muhokama etiladi. Bu haqida RIA “Novosti” xabar qilmoqda.

“Tolibon” vakillari ham ushbu forum ishida ishtirok etadilar.

Tadbir tashabbuskori Rossiyadagi afgʻon jamiyati, deb aytgan edi ilgariroq jamiyat vakili Axtar Muhammad Safiy. U shuningdek, rossiya diasporasi, afgʻonistonlik siyosatchilar va faollardan tashqari tadbirda Eron, Pokiston va qator MDH davlatlaridan diasporalar vakillari ishtirok etishlarini maʼlum qilgan edi.

Forum ishida Afgʻonistonning sobiq prezidenti Xamid Karzay, shuningdek, Afgʻoniston prezidentining milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha sobiq maslahatchisi, iyul oyida oʻtkaziladigan saylovlarda prezident lavozimiga nomzodlardan biri boʻlgan Muhammad Xanif Atmar va boshqa qator arboblar ishtiroki kutilmoqda.

Konferensiya ishida toliblar harakati vakillari ishtirok etishayotgani tufayli tadbirga qiziqish kuchli. Avvalroq, “Tolibon” vakillari Moskvada 2018 yil noyabr oyida oʻtkazilgan Afgʻonistondagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha “Moskva formati”dagi tadbirda ishtirok etishgan edi.

Oʻz navbatida, afgʻon hukumati afgʻonistonaro anjumanda ishtirok etish rejasi haqida xabar berishmagan, 2018 yil noyabrda oʻtkazilgan “Moskva formati” anjumanini ham oʻtkazib yuborishgan edi.

Rossiya TIV RIA “Novosti”ga bergan izohida, yangi anjuman afgʻon diasporasi tomonidan chaqirilayotganini, va noyabrda oʻtgan Afgʻonistondagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha “Moskva formati”dagi tadbirning davomi emasligini aytgan.

“Tolibon” harakati vakili eʼlon qilingan bayonotda oʻn kishidan iborat delegatsiya uchrashuv davomida chet ellik qoʻshinlar tomonidan Afgʻonistondagi okkupatsiya yakuni”, mamlakatda tinchlik oʻrnatish, Afgʻoniston kelajagini qanday koʻrishlari masalalarida toliblar siyosatini tushuntirishni rejalashtirayotganini maʼlum qilgan.

Rossiyadagi afgʻon disporasi vakillaridan biri boʻlgan Muhammad Nodir Shoh ushbu tadbirga izoh berar ekan, keng koʻlamli afgʻon muloqotini oʻtkazish vaqti kelganiga ishora qilgan. Muhammad Nodir Shohga koʻra, tadbir davomida Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha fikrlar almashuvi tomonlarning yaqinlashishiga va afgʻonlar oʻrtasida oʻzaro tushunish yuzaga kelishiga yordam beradi.

Tadbir tashkilotchilariga yaqin manbaning RIA “Novosti”ga maʼlum qilishicha, afgʻonlararo anjuman ishtirokchilari yakuniy hujjat qabul qilinishi yuzasidan muhokama oʻtkazishlari kutilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.