AQSH Venesuela va Kubaga bosimni oshirib, Rossiyani mintaqadan chiqarib yubormoqchi

826
0

AQSH Venesuela va Kubaga bosimni oshirib, Rossiyani mintaqadan chiqarib yubormoqchi

Qoʻshma Shtatlar Lotin Amerikasida oʻz pozitsiyasini mustahkamlash niyatida, Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hokimiyatdan chetlatishga boʻlgan urinishlar esa Rossiya va Xitoy taʼsirini zaiflashtirish bilan bogʻliq. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

Nashr manbalarining soʻzlariga koʻra, Amerikaning kelgusidagi harakatlari Kubaga qaratiladi. Bu mintaqadan Rossiya, Xitoy hamda Eronni siqib chiqarishg ehtimoli yuqori.

“Maʼmuriyat Venesuela va Kuba oʻrtasidagi aloqalarni uzishga, shuningdek, har ikki mamlakatda rejimlarning qulashiga katta eʼtibor qaratgan”, – deb yozadi nashr.

Aniqlik kiritilishicha, AQSHdagi ayrim amaldorlar Kubani milliy xavfsizlik uchun jiddiy tahdid sifatida koʻrishmoqda.

Venesuelaning “Jinoiy forum” nodavlat tashkiloti rahbari Alfredo Romero xabariga koʻra, mamlakatdagi norozilik namoyishlari davomida qoʻlga olinganlar soni 939 kishiga yetdi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.

Romeroning qayd etishicha, bu 21 yanvar kuni boshlangan ommaviy norozilik namoyishlarida qoʻlga olinganlarning umumiy sonidir. Uning aniqlik kiritishicha, bu shaxslarning 755 nafari hamon qamoqxonalarda qolmoqda.

Shuningdek, u Venesuelaning Yarakuy shtati sudyasi maʼlumotlarini keltirgan. Uning soʻzlariga koʻra, qamoqda saqlab turilganlarning 94 nafari voyaga yetmagan shaxslardir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.