Koʻchmas mulk va avtomashinalarni sugʻurta qildirish joizmi?

676
0

Koʻchmas mulk va avtomashinalarni sugʻurta qildirish joizmi?

Maʼlumki, 7-fevraldan, barcha turdagi avtomashinalar va koʻchmas mulklar majburiy sugʻurta qilinishi haqidagi qonun kuchga kiradi. Aslida bu qonun 2016-yilning 7-fevralidan kuchga kirishi kerak edi, ammo xalq tomonidan salbiy kutib olingani va koʻplab eʼtirozlarga sabab boʻlgani tufayli qonun ijrosi bir yilga kechiktirilgan edi. Bir haftadan soʻng kuchga kiradigan qonunda koʻchmas mulkka aloqador barcha narsalar hukumat huzuridagi sugʻurta kompaniyalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilsa, avtomashinalar 10 ta shaxsiy kompaniyalar bilan shartnoma tuzishlari kerak boʻladi. Sugʻurta kompaniyalari bilan vaqtida shartnoma tuzmagan fuqarolar 1000 som miqdorida jarimaga tortiladi. Biroq, bu safar ham qonundagi kamchiliklar va fuqarolar noroziligi sababli jarimaga tortish muddati 2019-yilning avgust oyiga qadar kechiktirildi. Qonunga koʻra, talofot koʻrgan koʻchmas mulk egalariga ushbu sugʻurta kompaniyalari tomonidan 1 000 000 somgacha, avtomashinalar uchun 500 000 somgacha pul toʻlanishi mumkin.

Ammo, odatdagidek, rasmiy hukumat qonunni qabul qilishdan va xalqqa majburiy turda joriy etishni boshlashdan oldin xalqning moddiy ahvoli hamda yashash darajasini hisobga olmadi. Bugungi kunda Qirgʻiziston xalqining ahvoli nochor boʻlib, asosan chetda ishlayotgan mehnat muhojirlari joʻnatgan pullar orqali roʻzgʻorini tebratib kelmoqda. Ayniqsa qishloq joylaridagi odamlarning yashash sharoiti xavas qiladigan darajada emas. Oddiy xalqning shunday qiyin ahvolini koʻra-bila turib, ularni talon-taroj qilish maqsadida qabul qilingan bu kabi qonunlar hukumatning oʻz xalqini zarracha ham oʻylamasligidan dalolat qilib turibdi. Hammamizni qiyin iqtisodiy holatlar kutmoqda. Bu iqtisodiy iqirozning vujudga kelishida asosiy aybdor va javobgar aynan shu hukumatni oʻzidir.

Bundan tashqari, amaldagi hukumat – sobiq oʻtmishdoshlari kabi – boʻgʻzigacha korrupsiya botqogʻiga botib qolgan. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, amalda joriy qilmoqchi boʻlayotgan majburiy sugʻurta sohasini ham nazorat qila olmaydi. Hukumatning zaif holatidan foydalanib majburiy sugʻurtani joriy qilmoqchi boʻlayotgan amaldorlar shu orqali juda katta iqtisodiy firibgarliklarni oʻylab qoʻyishgan boʻlishlari ehtimoldan holi emas.

Qirgʻiziston xalqining asosiy qismi Islom diniga eʼtiqod qilishgani sababli uy-joy, avtomobil, hayot va boshqa narsalarni sugʻurta qildirish joizmi yoki yoʻqligini bilishlari vojib. Chunki biz har bir amalimizda sharʼiy hukmga bogʻlanishga buyurilganmiz.

Islomda sugʻurta harom boʻlib, oʻz mulkini ixtiyoriy ravishda sugʻurta qildirgan insonlar gunohkor boʻladilar.

Hizb ut-Tahrirning “Islomda iqtisod nizomi”da shunday kelgan;

“Kafillikka olish masʼuliyatni masʼuliyatga qoʻshish ekaniga ham, gardanda aniq bor boʻlgan haqni, yaʼni majburiyatnigina kafillikka olinishiga ham, bu ishda kafillikka oluvchi, kafillikka olinuvchi va kafillik beriluvchi boʻlishi shart ekanligiga ham, bu ishning evazsiz qilinishiga ham, kafillikka olinuvchi va kafillik beriluvchining nomaʼlum boʻlishi mumkinligiga ham ochiq dalil bor. U Abu Dovudning Jobirdan qilgan mana bu rivoyatidir:

Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam gardanida qarzi bor mayitga janoza oʻqimas edilar. Bir mayit olib kelindi. Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam: “Uning gardanida qarzi bormi?” – dedilar. Ha, ikki dinor deyishdi. U kishi: “Doʻstingizga oʻzlaringiz janoza oʻqinglar”, dedilar. Shunda Abu Qatoda Ansoriy, ey Rasululloh, oʻsha ikki dinor mening gardanimga, dedi. Shundan keyin Paygʻambar sollalohu alayhi va sallam janozani oʻqidilar. Alloh u kishiga fath-gʻalaba bergach: “Har bir moʻminga oʻzidan koʻra men haqliroqman. Kim qarz qoldirib ketgan boʻlsa, uni uzib qoʻyish mening gardanimga, kim mol qoldirib ketgan boʻlsa, u merosxoʻriga”, dedilar.

Bu hadisda Abu Qatoda qarz bergan kishiga toʻlanishi kerak boʻlgan moliyaviy haqni ado etishdagi (majburiyatni bajarishdagi) mayitning masʼuliyatiga oʻz masʼuliyatini qoʻshyapti. Unda kafillikka oluvchi, kafillik beriluvchi, kafillikka olinuvchining borligi ochiq koʻrinib turibdi. U kafillikka olish gardandagi majburiyatni evazsiz bajarish ekanini ham koʻrsatyapti. Kafillikka olinayotganda kafillikka olinuvchi, yaʼni mayit ham, kafillik beriluvchi, yaʼni qarz bergan kishi ham maʼlum ekanligi koʻrinib turibdi. Demak, hadis kafillikka olish durust boʻlishining va tuzilishining shartlarini oʻz ichiga olyapti.

Shunga asosan, hayotni boʻladimi, tovarni boʻladimi, mulkni boʻladimi, boshqani boʻladimi, sugʻurta qildirishning barcha turi sharʼan haromdir. Zero, uning bitimi sharʼan botildir. Sugʻurta shirkatining bitim taqozosi bilan beradigan ahdi ham sharʼan botildir. Shunga koʻra, shu bitim va shu ahd orqali olingan mol nosharʼiy yoʻl bilan topilgan daromad hisoblanib, uni yeyish haromdir…”

Abdurahmon

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.