2018 yil xalqaro millatchilik yili!

671
0

2018 yil xalqaro millatchilik yili!

Uning sabablari va hal etish yoʻli qanday?

Oʻtgan yillarda AQSH bilan Yevropadagi ekstremistik soʻl qanot, yaʼni, ekstremistik millatchi oqimlar harakati kuchaygani va boshqa davlatlarga ham taʼsir qilgani kuzatildi. Hatto bu millatchilik harakatlari Yevropaning Avstriya va Italiya kabi baʼzi davlatlarida hokimiyatda ham ishtirok etdi. Germaniya, Fransiya va Gollandiya kabi boshqa bir davlatlarida esa, parlamentgacha taʼsirini oʻtkazdi. Hatto millatchilik harakatlarining Britaniyaga boʻlgan taʼsiri, uni Yevropa Ittifoqidan chiqishga undadi.

Millatchi oqimlar Islomni dushman va oʻzlarining madaniy tarkibiga xavf tugʻdiradi, deb biladilar. Shuningdek, ajnabiylarni yurtimiz iqtisodiga tahdid soladi, deb hisoblaydilar. Shuning uchun, Amerikadagi Trampning, Yevropadagi milliy harakatlarning ishlari ayni shu ikki elementga qaratilgan. Bu juda yomon illat boʻlib, u nafaqat musulmonlarga, balki butun insoniyatga, qolaversa oʻzlarining oʻzaro munosabatlariga ham yomon oqibatlarni olib keladi. Chunki bu illat oʻzini oʻzi yaxshi koʻrish, xudbinlik, oʻz erkinligini himoya qilib, boshqalardan nafratlanish, ularni haqoratlab, oʻzini yuqori tutish kabi yomon tuygʻulardan iboratdir. Bunday tuygʻuga ega kimsalarda havoi-nafsga ergashish, koʻr-koʻrona ayirmachilik, boshqalar ustidan oʻzini baland tutish, ularga zoʻravonlik qilish, boyliklarini talon-taroj qilishni yaxshi koʻrish kabi tuygʻular gʻolib keladi. Shuning uchun Yevropadagi millatchilik harakatlari Yevropa Ittifoqini vayron qilishga urinyapti. Chunki bu Ittifoqdagi quvvat manbai mana shu illatga asoslangan boʻlib, har biri oʻz xalqining oʻzligi va moddiy yutugʻini himoya qiladi. Bir-biridan xavfsirab yashovchi shunday xalqlarning aksari Germaniya bilan Fransiya hukmronligidan xavfsirab keladi.

Biz Trampning Islom va musulmonlarga nisbatan dushmanlikni shior qilib olganidan keyin, bugunga kelib, madaniyat, qadriyat va maʼrifatda sherik boʻlgan hamkorlariga ham dushmanlik qila boshlaganini koʻryapmiz. Maʼlumki, bu narsa Ikkinchi Jahon urushidan oldin Yevropada ham paydo boʻlib, ayni urushning kelib chiqishiga va Yevropani xonavayron boʻlishiga olib kelgan edi. Shuning uchun ham millatchilik shunday xavfli illatdirki, uni albatta tubdan hal etmoq darkor.

Millatchilik oilaviy robitaning kengroq shakldagi holatidir. U baqo gʻarizasining koʻrinishlaridan biri boʻlib, millat oʻzida mushtarak ichki muammolarni his etgan yoki oʻz borligʻi va mushtarak manfaatlari oldida biror xavfni sezgan paytda qoʻzgʻaladi. Bunday paytda hukmronlikni yaxshi koʻrish va boshqa xalq va millatlardan oʻzini ustun qoʻyish tuygʻusi qoʻzgʻaladi. Ana shuning uchun ham boshqa qavmlarni oʻz nazorati ostiga kiritishga urinadi, oqibatda oʻrtalarida nizo chiqadi. Millatchilikda fikrlash boʻlmaydi, instinkt-tuygʻu boʻladi, xolos. Undan na hayot uchun tuzum balqib chiqadi va na muammolarga yechim topiladi. Moʻgʻullarda mana shunday boʻlgan. Ular millatchilik asosida vahshiylik bilan odamlarni qirgʻin qilib, uylarini vayron etishgan. Yevropada ham, kapitalistik sistemani qabul qilishdan oldin shunday boʻlgan. Shu tuygʻu asosida yevropaliklar oʻrtasida chiqqan urushlar hoʻlu quruqni barobar yoqib kul qilgan. Keyin salibchilik urushida islomiy olamga hamla qilib, haligacha musulmonlarni qatli om qilib kelishmoqda, boyliklarini talon-taroj etishmoqda.

Biroq, biror bir qavm muayyan fikrni qabul qilib, oʻsha asosida uygʻonsa. Lekin ushbu fikr millatchilik masalasini yechib bermasa, qavm fikr bilan millatchilik tuygʻusini qorishtirgan holda harakat qiladi. Yevropa xalqlari kapitalistik sistemani qabul qilishganda shunday boʻlgan. Chunki bu sistema millatchilik masalasini hal qila olmadi. Hal qilolmagani uchun ham unga rozi boʻlib, butun xalqlarini millatchilik asosida uygʻonadigan, shu asosda hukmron boʻladigan millatchiga aylantirib qoʻydi. Shuningdek, kapitalizm ilmoniylikni, yaʼni, dinni hayotdan ajratishni hamda demokratiyani qabul qildi. Yaʼni, demokratiya xalq xoʻjayinligiga, xalqning oʻz nafs-havosiga qarab qonun chiqarishiga chaqiradi. Alaloqibat, shunday eʼtiqoddagi yevropalik xalqlar oʻrtasida xoʻjayinlik va oʻlja ustida kurash boshlandi. Fransiya Napoleon yetakchiligida butun Yevropa va dunyoga hukmronlik qilish uchun urush boshladi. Butun yevropalik xalqlar biri ikkinchisini mustamlaka qilishga jonbozlik koʻrsatdi, Afrika, Osiyo va ikki Amerikada xalqlar shafqatsizlarcha bir-birini qonini toʻkdi… Chunki ular insoniylikni ham bilishmaydi. Katta va yirik urushlar, shu jumladan, birinchi va ikkinchi jahon urushlari boshlandi… ularda millionlab xalq qurbon boʻldi, uylari vayron etildi.

Bugunga kelib esa, shu xalqlar iqtisodiy muammolar sababli ajnabiylar tomonidan xavf bor, ular ish joylarimizni egallab oladi, deb oʻylashmoqda. Chunki ishsizlik ortdi, qoʻllarida pul kamayib, aksari milliarderlar choʻntagida toʻplanib qoldi… Buni millatchi mutaassiblar tushunmadi. Yoki ularning kattalari bu narsadan odamlar eʼtiborini burib, oddiy ajnabiylarga qaratishdi. Chunki sarmoyadorlar odamlarning muammo qayerda ekanini anglab yetishlarini istashmaydi. Muammo shuki, ushbu xalqlar boyliklariga sarmoyadorlarning oʻzlari ega boʻlib olishgan. Ular ajnabiylardan behisob narsalar olishni, ajnabiylar esa, ulardan hech narsa olmasligini xohlashadi… Shuningdek, ajnabiylar ularning yurtiga hech qanday taʼsir qilmasligini istashadi… Biroq Yevropada oʻz dinlariga mahkam amal qiluvchi musulmonlar soni oʻn millionlabga yetganini koʻrgach, buni Yevropa madaniyati uchun xavf, deb bilishdi. Ular ajnabiylarning faqatgina itoatgoʻy xizmatkor boʻlishini istashadi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng shunday holat boʻlgan edi. Oʻshanda oʻz zavodlarini, dalalarini, chorva fermalarini ishga tushirish, yer osti konlarini qazish va shaharlarini tozalash uchun ishchilarga muhtoj boʻlishgan. Shunda boshqa davlatlardan, xususan, islomiy olamdan – u yerlarda musulmon yoshlar koʻp boʻlgani uchun – ishchi kuchi jalb etilgan. Biroq, yevropaliklar aksari musulmonlardan iborat ushbu ishchilarning Gʻarb davlatlarida vatan topib yashasa-da, lekin oʻz madaniyatlarini saqlab qolayotganlariga guvoh boʻlishdi… Hatto dunyodagi musulmonlar ongi oʻsishi barobarida, Gʻarb davlatlaridagi musulmonlar ham Islom va uning madaniyatiga qattiq rioya qiladigan farzandlar, nabiralar koʻrib, koʻpayayotganlarini koʻrishdi… Ana shunda yevropaliklar xavf-xatar bongini urishdi… Ayniqsa, oʻzlarining nasl qoldirishi zaif, musulmonlarning nasl qoldirishi kuchli ekanini, aksar musulmonlar Gʻarb madaniyatiga qorishishni istamayotganini koʻrishgach, hamma yoqqa trevoga qilishdi.

Oʻtgan asrning elliginchi yillari bilan toʻqsoninchi yillari oʻrtasida Yevropada sotsialistik mafkuraning taʼsiri saqlanib turdi. Chunki ikkinchi jahon urushida fashizm va natsizmning magʻlub boʻlishi sababli ekstremistik milliy mafkura zaif edi. Yevropada eng koʻp tarqalgan fikr moʻtadil millatchilik fikri edi. Oʻrta soʻlchilik, deb atalgan bu fikr moʻtadil sotsialistik fikrga, yaʼni, Yevropada keng tarqalgan oʻrta oʻngchilik fikriga mos keladi. Zero, bu ikki tomon ham “ijtimoiy adolat”, degan narsaga rozi boʻlishdi hamda milliy moʻtadillik va vatanparvarlik tushunchasini qabul qilishdi. Har ikki tomon ham ekstremistik fikr bilan ekstremistik millatchilik fikrini yoʻq qilishda hamkorlik qilishdi. Ular urush siyosatiga qarshi chiqib, tashqi siyosatda muvofiqlashishdi. Natijada, Yevropa davlatlari oʻrtasida oʻzaro yaqinlik vujudga keldi, ularning hukumatlari oʻrta soʻlchi yoki oʻrta oʻngchi boʻladimi, farqsiz, oʻrtalarida koalitsiya hosil boʻldi, Yevropa Ittifoqi barpo etilib, muhofaza qilindi.

Shuni eslatmoq joizki, bu davlatlar musulmonlarga tahdid qilish va ularni qorishishga, yaʼni, Gʻarb madaniyatini qabul qilishga majburlash uchun ekstremistik oʻngchilarning oʻsishiga ruxsat berishdi. Ammo ekstremistik oʻngchilarning ulkan miqyosda oʻsishini istashmadi. Chunki bu oʻngchi va soʻlchi moʻtadil partiyalarga tahdid boʻlishi mumkin edi. Moʻtadil partiyalar musulmonlarga tahdid qilib, tazyiq oʻtkazib, hamma vositalarni qoʻllasa ham ammo ularni oʻz jamiyatlariga qorishtirishga muvaffaq boʻlisholmadi… Ana shunda, ekstremistik oʻngchi harakatlar kuchayib ketdi.

Oʻngchi ekstremistik harakatlar oʻngu soʻlchi moʻtadil partiyalardan iborat oʻrta oqimni tahdid ostiga oladigan boʻlib qoldi. Shuning uchun bu moʻtadil partiyalar ham musulmonlarni aldashga va ekstremistik harakatlarga qarshi birgalikda kurashga chaqirishga oʻtishdi. Bu esa, oʻz jamiyatlariga musulmonlarni qorishtirish uchun qoʻllangan yana bir aldovdir.

Demak, musulmonlar ayni nuqtani ongli ravishda tushunmoqlari kerak. Islomlarini mahkam ushlab, unga daʼvat qilib, sotsializm va kapitalizm mabdalarini qoralamoqlari barobarida, millatchilikka qarshi kurashmoqlari shart. Zotan, Rosululloh A millatchilikni badboʻy, deya sifatlaganlar. Zero, yolgʻiz Islom mabdaigina millatchilik muammosini hal qilishga, barcha xalqlarni Islom doshqozonida toblashga muvaffaq boʻlgan va uning ushbu muvaffaqiyati beqiyosdir. Qachon musulmonlar – Allohning izni ila, yaqinlashib kelayotgan – Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etsalar, ushbu muvaffaqiyat albatta qaytib kelajak.

Roya gazetasining 2018 yil 16yanvar chorshanba kungi 217-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.