Rejim oʻzining Falastin ahliga dushman, yahudiylarga esa, doʻst ekanini isbotlamoqda

647
0

Rejim oʻzining Falastin ahliga dushman, yahudiylarga esa, doʻst ekanini isbotlamoqda

Hijriy 1440 yil 3 jumodul-avval, milodiy 2019 yil 9 yanvar chorshanba kuni “Maan” axborot agentligi veb-sayti nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Bugun chorshanba kuni tongda bosqinchi kuchlar Ramalloh shahridagi bir necha mahallalarga bostirib kirib, Mosiyun va Ayn Munjid atrofidagi uylarda tintuv oʻtkazishdi… u yerdagi kuzatuv kameralarini olib qoʻyishdi.

Bosqinchi kuchlar shuningdek, “Bagʻdod” supermarketi bilan “Rofidin” taksoparkiga hujum qilishdi… Shahid Solih Bargʻusiy haydovchi boʻlib ishlagan ushbu taksoparkda bir necha haydovchilarni soʻroq qilishdi, soʻng u yerda ham kuzatuv kameralarini olib qoʻyishdi.

Ushbu rayondagi yigitlar bilan bosqinchi kuchlar oʻrtasida toʻqnashuv kelib chiqdi, bosqinchi kuchlar ularga qarshi koʻzdan yosh oqizuvchi gaz va tovushli granatalar otishdi.

Keyin bosqinchi kuchlar Amʼariy jamlogʻida yashovchi Mohir Horunni Ummu Sharit yaqinida koʻchada ketayotganida hibsga oldi.

Roya gazetasi sharhi:

Yahud vujudining bu qaroqchiligi Falastindagi qoʻrqoq va sotqin xavfsizlik xizmatining har doimgidek qasddan biqinib olishi manzarasida yuz berdi. Vaholanki, bu bosqinchilik Falastin rejimi “poytaxt”ida, uning rahbari Mahmud Abbos qarorgohi yaqinginasida sodir boʻldi. Bu esa, shunga dalolat qiladiki, oʻzini hokimiyat ekanini daʼvo qilayotgan rejimning iddaosi gʻirt yolgʻon boʻlib, hukmronligi mutlaqo yoʻq, boʻlsa ham, undan Falastin ahliga qarshi foydalanib, Gʻazo ahliga nisbatan qamal qilish, tazyiq ostiga olish kabi tinimsiz ravishda reydlar oʻtkazib keladi!

Gʻarbiy sohilda esa, rejim odamlar turmushini kundan-kunga qiyinlashtirib, turli xil adolatsiz qonunlarni ishlab chiqmoqda. Yaqindagi ijtimoiy kafolat, degan qonuni ham faqat odamlarni talash, qashshoqlashtirish va mashaqqatlarini yanada orttirishga qaratilgan. Ayni zolimona qonunlarga norozilik bildirgan qurolsiz odamlarni bostirib, oʻzini goʻyo ularga va oilalariga gʻamxoʻr qilib koʻrsatadi… Albatta, rejimning bu xatti-harakati uning Falastin ahliga dushman, yahudiylarga esa, doʻst ekanini yaqqol isbotlamoqda. Ularga Allohning laʼnati boʻlsin, naqadar adashmoqdalar-a!

Roya gazetasining 2018 yil 16yanvar chorshanba kungi 217-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.