Bangladeshdagi parlament saylovlari tahdidlar ostida hamda hech qanday vaʼdalarsiz oʻtkazildi

460
0

Bangladeshdagi parlament saylovlari tahdidlar ostida hamda hech qanday vaʼdalarsiz oʻtkazildi

2018 yil 31 dekabrda Bangladeshda parlament saylovi boʻlib oʻtdi. Dushanba kuni ertalab saylov komissiyasi bosh vazir Shayxa Hasina yetakchiligidagi koalitsiyaning gʻalaba qozonganini maʼlum qildi. Shu bilan Hasina uchinchi marta gʻolib chiqdi. Saylov komissiyasi vakiliga koʻra, Avomi Assotsiatsiyasi hukmronligi ostidagi ayni koalitsiya 298 oʻrindan 287 oʻrinni qoʻlga kiritgan. Yurtdagi asosiy muxolafat sanalgan Bengal Xalq partiyasi esa, atigi olti oʻrinni qoʻlga kiritgan. Maʼlumki, Bengal Xalq partiyasi 2014 yilda boʻlgan avvalgi saylovlarni soxta, deya baholab, boykot qilgan edi. Bangladesh saylov komissiyasi “Reyter” axborot agentligiga – bizga yurtning barcha viloyatlaridan saylovlar soxtalashtirilgan, degan daʼvolar kelib tushdi, biz bu masalani albatta koʻrib chiqamiz, dedi. Boshqa tomondan esa, Bengal Xalq partiyasi yetakchiligi ostidagi Milliy Birlik fronti rahbari muxolafatchi Kamol Husayn saylov komissiyasini zudlik bilan betaraf tomon nazorati ostida qayta saylov oʻtkazishga chaqirdi hamda saylov kamchiliklar bilan boʻlganini bildirdi. Xyuman Rayts Votchning Janubiy Osiyo mintaqasi boʻyicha direktori Menakshi Ganguli “Bangladesh saylovlarining shaffof oʻtgani borasida xavotirlar mavjud, zero, saylovchilarning tahdidlarga uchragani, muxolafat faollarining saylov uchastkalariga kelishiga toʻsqinlik qilingani va koʻplab nomzodlar qayta saylov oʻtkazilishiga harakat qilgani haqida xabarlar bor”, dedi.

Bu yurtda, odatdagidek, saylov zoʻravonliklar va qotilliklardan xoli boʻlmadi. Bu – shubhasiz, yurtning siyosiy maydonini, yaʼni, Avomi Assotsiatsiyasi bilan Bengal Xalq Partiyasi oʻrtasidagi kurashni oʻzida aks ettirmoqda. Bugun Avomi Assotsiatsiyasi oʻz partiyasida shunday bir blok yaratdiki, bu blok qashshoq va oʻrtamiyona kvartallar vakillaridan yigʻilgan bir tovlamachi qotillar guruhini tashkil qilish bilan shugʻullanmoqda. Bu guruhdagilar odamlar va muxolafat orasida josuslik qilib, oʻzlarini xuddi davlatning rasmiy kishilaridek tutishadi. Isyon va suiqasd ishlarini sodir etayotganlar mana shular boʻlib, ular Avomi Assotsiatsiyasi yetakchilari va hukumatdagi siyosatchilar tomonidan boshqariladi. Politsiyaning aytishicha, “Zoʻravonlik bilan oʻtkazilgan saylovoldi kampaniyadan soʻng, aniqrogʻi saylov vaqtida kamida 17 nafar shaxs oʻldirilgan. Muxolafat esa, hukumat uni teng imkoniyatdan mahrum qilganini daʼvo qilmoqda”. Saylov kuni kechqurun Husayn “Bu saylov butunlay tovlamachilik bilan oʻtdi, uni bekor qilish lozim”, dedi. Nomzodlar ham – biz hukmron partiyaning qutilarni saylov varaqalari bilan toʻldirayotganiga, ovozlarni soxtalashtirayotganiga guvoh boʻldik, muxolafat aʼzolarini ham saylov uchastkalariga kiritishmadi, deyishdi. “Biz ilgari ham yomon-soxta saylovlarni koʻrganmiz, ammo bu safargidek yomonini birinchi koʻrishimiz, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Bunda saylovning erkin va shaffof, degan eng oddiy shartlari ham boʻlgani yoʻq”, dedi Husayn.

Yurtda saylov eʼlon qilinib, saylovoldi kampaniya boshlanishi bilanoq, Avomi Assotsiatsiyasi hukmronlik qilayotgan hukumat ayni partiyaning qoʻproq ovoz olishi uchun muxolafatchilar orasida xavotirli va tahdidli holatni keltirib chiqarishga harakat qildi. Amalda shunday holat yuzaga keldi ham. Hukumat saylovdan bir necha oy oldin bir necha yuz muxolafatchini qamoqqa olgan edi. Muxolafat ularga qoʻyilgan ayblovni “soxta”, deb atadi. Koʻpchilik ularni hukmron partiya tarafdorlari hujumiga uchrashganini, bu hujum ularni saylovoldi tashviqotlarini olib borishdan zaiflashtirib qoʻyganini aytmoqda.

Bangladeshdagi saylovlar “demokratik” dunyoda oʻxshashi yoʻq yagona saylov hisoblanadi. Chunki undagi nomzodlar bir-biri bilan mustamlakachi kofirni qanchalik doʻst tutishlariga qarab raqobatlashishadi. Avomi Assotsiatsiyaning koʻzga koʻringan yetakchilari, asosan Shayxa Hasina inglizlar malayidir. Ular toʻgʻridan-toʻgʻri Britaniya bilan hamda uning mintaqadagi, yaʼni Hindistondagi ittifoqchilari bilan yaqin aloqada. Bengal Xalq Partiyasi esa, Amerika malayidir. Uning ham koʻzga koʻringan yetakchilari Hindistondagi amerikaparastlar bilan yaqin aloqada. Barchasi Bengal parlamenti va hukumatida salmoqli ulushga ega boʻlish ilinjidalar. Gʻarbparast partiya va siyosatchilar oʻrtasida mana shunday nopok raqobat ketayotgan ekan, yurtdagi iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy vaziyatni yaxshilash toʻgʻrisida hech qanday vaʼda yoʻq. Balki, togʻut Hasina rejimiga eʼtiroz bildirgan har bir shaxsga tahdid qilinmoqda. Buning sababi esa, asosan rejimning (muxolafatning ham) abgorligiga borib taqaladi. Hatto u – yurt iqtisodiyotini mustahkamlash uchun infratuzilmalarni barpo etolmaganini qoʻya turing – ommaviy transport vositalari haydovchilari muammosini ham hal qila olmadi! Turli hududlardagi, hatto poytaxt Dakkadagi elektr va suv muammosini ham hal qila olmaganini aytmasak ham boʻladi. Butun mamlakat xorijga qul, desa boʻladigan darajada tobe boʻlib qolgan. Ayniqsa, toʻqimachilik sanoati Gʻarbning yirik shirkatlari changali ostida qolgan!

Bangladesh musulmon oʻlka. Aholisi 160 millionni tashkil qilib, mehnatsevar gʻayratli xalq. Agar ulardan kimdir oʻz bilimini takomillashtirishga moddiy imkoniyati yetsa edi, dunyo darajasida yangilik yaratuvchi olim boʻlishga qodir boʻladi. Yurtning tuprogʻi ham hosildor. Qator daryolar oqib oʻtadi. Shuning uchun Bengal yeri gʻoyat hosildor hisoblanadi. Bangladesh Hind okeanida joylashgan boʻlib, bepoyon koʻrfaz va sohillarga ega. Uning regional suvlari tabiiy gazga, shimoldagi togʻlari koʻmirga boy. Shubhasiz, bunday davlat mintaqada kuchli va badavlat davlat boʻlishga haqlidir. Bangladesh Allohning izni ila yaqinda barpo boʻlajak buyuk davlatimizning markaziy nuqtasi boʻlishiga yaroqli, desam mubolagʻa boʻlmaydi. Allohdan ushbu Kunni yaqin qilishini soʻrab duo qilaman. Bas, harakat qiluvchilar ushbu davlat uchun harakat qilsinlar.

Roya gazetasining 2018 yil 9yanvar chorshanba kungi 216-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.