Qirgʻizistonda 9- sinf bitiruvchilari oʻqishni majburan davom ettiradi

701
0

Qirgʻizistonda 9- sinf bitiruvchilari oʻqishni majburan davom ettiradi

2019 yili 16 yanvari kuni Qirgʻiziston parlamenti Jogorku Kenesh majlisi QR konstitutsiyasining “taʼlim-tarbiya toʻgʻrisida”gi bandiga oʻzgartirishlar kiritildi. JK deputati Mirlan Jeyenchoroyevning aytishiga qaraganda, ushbu qonunga binoan 14 yosh oʻsmirlar 9 – sinfdan soʻng majburiy ravishda taʼlim olishni davom ettirishadi.

Qonunga koʻra, toʻqqinzinchi sinf bitiruvchilari 10-11 sinfni bitirgunga qadar taʼlim olishni majburiy tarzda davom ettirib, toʻliq holda boshlangʻich oʻrta maʼlumotga ega boʻladilar. Yoki shartli oʻlaroq oʻz bilimlarini litsey va kolledjlarda davom ettirib, shu tariqa boshlangʻich ixtisoslashgan bilim oladilar.

“2017 yildaQirgʻiziston boʻylab 9754 oʻsmir toʻqqizinchi sinfdan soʻng bilim olishni toʻxtatib, attestat olib, hayotda erkin turmush tarzini tanlashgan. Ayni paytda 170-200 ming fuqaro toʻliq oʻrta maʼlumotga ega emas. Bu hol Qirgʻiziston uchun juda achinarli hol. Zero yoshlar bekorchilikdan, koʻcha koʻyda tarbiya topishmoqda va jinoiy guruhlarga jalb etilishi kuzatilmoqda”, – deya oydinlik kiritdi deputat.

“Agar ushbu qonun joriy qilinsa, eng avvalo biz oʻsmir yoshlarni jinoiy ishlardan va turli ekstrmestik oqimlardan himoya qilgan boʻlamiz. Ikkinchidan bolalar nafaqat ota-onalari, balki taʼlim maskanlari masʼullari, ustozlar nazorati ostida boʻladi”, “Bundan tashqari BMT hisobotiga koʻra, maktabnitoʻliq oʻqimaganqizlarning 14% erta turmushga uzatilmoqda. Bu narsa dard ustiga chipqondir”, deya qoʻshimcha qildi Jeyenchoroyev.

Eslatib oʻtamiz shunga oʻxshagan qonun 2018 yili Oʻzbekistonda ham qabul qilingan. Ushbu qonun loihasi deputatlar M. Jeyenchoroyev, D. Djumabekov, A. Karashev, D. Bekeshev, T. Zulpukarov, D. Bakchiyev, Sadыk Sher-Niyaz, A. Jeenbekov, E. Baybakpayev, K. Isayev, J. Akayev, D. Isayeva, R. Kazakbayev, B. Sыdыkov tomonidan olgʻa surildi.

Turkiston:

Agar inson Shariat ilmi bilan birgalikda dunyo ilmini ham oʻzlashtirsa, nur ustiga nur boʻladi. Farzand tarbiyasida Ota-onaning maʼlumotli, bilimdon boʻlishligi muhim ahamiyatga ega. Bundan tarshqari, yuqori sinflarda Algebra, Fizika, Astronomiya, Kimyo kabi hayotda kerakli bilimlar oʻrgatiladi. Bu fanlardan xabardor insonning dunyoda yashash tarzi mazmunli kechadi, atrof muhiti, nafas olayotgan havosi va hatto tanovul qilayotgan taomi haqida maʼlumotga ega boʻladi. Demak, modomiki eʼtiqodga xatari boʻlmas ekan, dunyoviy ilmni oʻzlashtirish ayni muddaodir! Bu masalaning bir tomoni.

Ammo masalaning ikkinchi tomoniga keladigan boʻlsak, nega Musulmon oilalar oʻz farzandlarini goʻyo bir yuqumli kasallikdan ehtiyot qilgani kabi, oʻsmir yoshga yetganda maktablarda taʼlim olishdan ehtiyot qilishmoqda?Demak-ki, maktabdagi taʼlim sistemasida iymonga xatarli jihatlar mavjud.

Deputatning fikriga koʻra yoshlarning vaqtni behuda oʻtzkazishlari jinoyatga qoʻl urishlarining yagona omili hisoblanar ekan. Goʻyoki, agar oʻquvchilar 10-11 sinflarni ham tugatsajinoyatlarning oldi olinganboʻladi.

Biroq, deputat jinoyatlar va tajovuzlar oʻrta maktab oʻquvchilari orasida sodir etilayotganligidan koʻz yummoqda. Hatto 8-9 sinf oʻquvchilari orasidanarkotik moddalar isteʼmol qilayotganlar, fahshga qoʻl urayotganlar va natijada homilador boʻlib qolayotgan yosh oʻsmirlar uchrab turadi. Mana oʻtgan hafta ichida Qirgʻizistonning Norin va Chuy viloyatlarida 15 yoshli qizlarni nikohsizfarzandli boʻlishlari haqida xabar tarqadi. Bu jihatga deputatlar nima der ekanlar? Albatta ota-onalarnifarzand tarbiyasiga loqaydligi, beeʼtiborligini sabab oʻlaroq koʻrsatadilar. Ammo ota-onalar iymon-eʼtiqodli boʻlsa-da, ularning aytgan soʻzlaridan koʻra atrof muhitining taʼsiri kuchli boʻlsachi?

Modomikiboshlangʻich sinfdan boshlab to maktabni bitirgunga qadar, sinfxonalarda qizlar oʻgʻil bolalar bilan birga bir partada oʻtirib taʼlim olishar ekan, ustiga ustak, sobiqprokuror Aida Salyanova tashabbusi bilan nikoh 18 yoshdan cheklab qoʻyilgan ekan, buyogʻini oʻzingiz tushunib olavering.

Jamoatchilik fikriga koʻra, muammoning asosiy sababi maktablardagi notoʻgʻri taʼlim siyosatidir. Aniqroqqilib aytsak, ayni damda maktablar bilim berish, ziyo taratish dargohi emas, tijorat, poraxoʻrlik, zoʻrovonlik maskaniga aylanganligi xech kimga sir emas.

Buzuq kapitalizm sistemasi va undan balqib chiqqan demokratiya deb atalmish kufr sistemasi oʻzining buzuq mafkurasi bilan, dunyo boʻylab quloch yoymoqda. Ammo asosi botil boʻlganlini bois hali hanuzgacha biror muammoga toʻliq yechim topa olgan emas. Shunga qaramay, jamiyat, xossatan aholisining eng koʻpi Musulmonlardan iborat boʻlgan davlatlarda hukumat tomonidan demokratiya mafkurasiga nisbatan ijobiy munosabatkoʻrsatilyapti. Bu munosabatlaroqibati barchamizga ayon.

Allohi Taolo aytadi:

وَمَاأَصَابَكُمْمِنْمُصِيبَةٍفَبِمَاكَسَبَتْأَيْدِيكُمْوَيَعْفُوعَنْكَثِيرٍِوَمَاأَنْتُمْبِمُعْجِزِينَفِيالْأَرْضِوَمَالَكُمْمِنْدُونِاللَّهِمِنْوَلِيٍّوَلَانَصِيرٍِ

(Ey, insonlar!) Sizlarga ne musibat yetsa, bas, oʻz qoʻllaringiz qilgan narsa (gunoh) sabablidir. Yana U koʻp (gunohlar)ni afv etib turur. (Aks holda musibat bundan ham koʻp boʻlur edi.) Sizlar yerda (hech kimni) ojiz qoldiruvchi emassizlar. Sizlar uchun Allohdan oʻzga biror (haqiqiy) doʻst ham, yordamchi ham yoʻqdir. (Shoʻro, 30-31)

Shunday ekan,taʼlim sistemasini tubdan oʻzgartirib, bashariyatni axloqanpeshqadam, sof iymonli qilib tarbiyalash faqatgina Xalifalik davlatini barpo qilish bilan amalga oshadi. Zero Xalifalikgina insoniyatni zulmatdan nurga olib chiqadi. Bu davlat sistemasida tuzilgan taʼlim programmasi esa, avlodimizni aqlan sogʻlom va aqida jihatidan barkamol boʻlishligiga kafolat beradi, InshaAlloh!

Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.