Rossiya Qirg’iziston aeroportlariga uzoq muddatli investitsiya yotqizish niyatida

459
0

загруженное (1)

Rossiya Qirg’iziston aeroportlarini uzoq muddatli bitim asosida o’z qo’liga olib, ularga investitsiya yotqizish niyatida. Bu haqida 17 dekabrda Qirg’iziston poytaxti Bishkekda o’tgan rus – qirg’iz davlatlararo kengash yig’inida ma’lum bo’ldi.

Kengashda Rossiya “Manas” havo bazasi va O’sh aeroportini uzoq muddatli ishonchli boshqaruvga berishni Qirg’izistondan so’raganligi ma’lum bo’ldi. Shunga ko’ra ikki o’lka transport va aloqa vazirliklariga Rossiyaning “Novaport” kompaniyasi va “Ekspert kridetlar va investitsiyalar bilan ta’minlash agentligi” bilan birga “Manas” havo bazasi va O’sh aeroportiga investitsiya yotqizish shartlarini tekshirib chiqish vazifasi topshirildi. “Novaport” kompaniyasiga esa 300 million dollarlik investitsiya yotqizish rejasini tuzish yuklatildi.

Rossiyaning taklifi ma’qullanadigan bo’lsa, “Novaport” kompaniyasi yuqorida aytib o’tilgan aeroportlarga logistika markazini qurib, o’z infrastrukrukasini takomillashtirish niyatida.

Qirg’iziston Rossiyaning taklifi evaziga mamlakatda qurilgan neftni qayta ishlovchi zavodlar uchun Rossiyadan xomashyo so’radi. Shunga ko’ra ikki davlatning energetika vazirliklariga Rossiyaning “Rosneft” neft kompaniyasining filiali “RN-markaziy osiyo” korxonasini Qirg’izistonda ochish vazifasi yuklatildi.

Qirg’iziston bosh vazir Jonto’ra Satibaldiev davlatlararo bitim haqida gapirar ekan, “Manas”dagi tranzit markazi 2014 yilda chiqib ketishini aytib o’tdi.

“Afg’onistondagi koalitsiya kuchlariga xizmat qilib kelgan “Manas”dagi tranzit markazi 2014 yilning yozida o’z faoliyatini to’xtatishi hech kimga sir emas. Biz aeroportlarimizni Rossiya korxonalari bilan birgalikda rivojlantirishdan manfaatdormiz. Bu mavzuda ayni paytda so’zlashuvlar olib bormoqdamiz. Umid qilamanki, samarali natijalarga erishamiz”, dedi bosh vazir.

Shuningdek, kengashda Kambar-Ata-1 GESining qurlish ishlari uchun eng qulay shart-sharoitlar ishlab chiqish masalari ham ko’tarildi.

Turkiston:

Qirg’iziston Aeroportining Rossiyaga berilish, undan ilgariroq Qirg’izgazni Gaspromga o’tib ketishi, navbatda gidro energetika tarmog’ini xam taklif qilinishi Davlatning parchalanib borayotgani emasmi?!

Bu albatta Qirg’iz xukumatining majburiy bitimlari. Lekin ular mamlakatni o’sha xaridorlar bilan birga shu xolatga olib kelishdi. Bu ishlar, xuddi mafiya yoki davlat korruptsionerlari tomonidan biror korxonani sotib olish maqsadida sun’iy bonkrotga olib kelish amaliyotiga o’xshaydi.

Endi shu ishlarning oqibatlarini ko’rib chiqsak. Gazprom Qirg’iziston xududining Korogart va Maylisuu rayonlaridan er osti zahiralarni qazish amaliyotlariga jiddiy tayorlanayotgani xaqida Qirg’izgazning geniraldirektorining o’rinbosari Q Naskeev aytdi. Yomoni shundaki Qirg’iziston er osti gaz boyliklari topilib, Rossiyaning tasarrufida o’zimizga sotila boshlanadi. Undan tushadigan tushum xam Rossiyaning xaznasiga tushadi. Strotegik tomondan esa, barcha ijaraga olingan er osti va usti obektlari, ijarachilar tomonidan Qirg’izistonning qarzlari evaziga olingan garovlar vazifasini bajaradi. Keyinchalik vaziyatga ko’ra o’zlashtirib olish maqsad qilinadi. Bundan tashqari, shu ketishda AQSh bilan Xitoy xam qarzlari evaziga Qirg’izistonning milliy boyliklarini tortib olishga intila boshlaydi. Yoki shu maqsadda bosimlar uyushtirib, boshqa siyosiy maqsadlarini amalga oshirishga xarakat qilishadi.

Abdurazzoq.

18/12/2013

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.