AQSH Ukraina harbiylariga moliyaviy yordamni oshirishga qaror qildi

825
0

AQSH Ukraina harbiylariga moliyaviy yordamni oshirishga qaror qildi

AQSH Davlat departamenti Qora dengizda sodir boʻlgan voqeadan soʻng, Ukraina harbiy-dengiz kuchlariga qoʻshimcha 10 million dollar taqdim etishga qaror qildi. Bu Rossiya Ukrainaning uchta kemasini ushlagani va dengizchilarni qoʻlga olgani tufayli yuz berdi.

“Biz buni Ukrainadagi xavfsizlikka qoʻllab-quvvatlovni kuchaytirishga qaror qilgan Litva hamda Buyuk Britaniya bilan birgalikda amalga oshirmoqdamiz”, – deya maʼlum qilishgan Davlat departamentidan.

AQSH tashqi siyosat idorasi Rossiyani “qoʻlga olingan kemalar va dengizchilarni zudlik bilan Ukrainaga qaytarish”ga chaqirgan.

2019 yilda AQSH Ukrainaga harbiy yordam koʻrsatish uchun 250 million dollar sarflashni rejalashtirmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.