Bishkekda Xitoyga qarshi miting boʻlib oʻtdi

1192
0

Bishkekda Xitoyga qarshi miting boʻlib oʻtdi

Qirq joʻralar” jamoat birlashmasi aʼzolari Qirgʻiziston hukumatidan respublikada noqonuniy ravishda boʻlib turgan xorijliklarni 30 kun ichida mamlakatdan chiqarib yuborishni talab qildi. Bu haqda ular Xitoy elchixonasi binosi yaqinida boʻlib oʻtgan piket vaqtida bayonot berishdi.

“Azattыk”ning xabar berishicha, aksiyada 200ga yaqin kishi ishtirok etdi. Aksiya tashkilotchilarining taʼkidlashlaricha, davlat idoralari norasmiy muhojirlar sonini aniqlash va mamlakatdan chiqarib yuborish maqsadida jamoatchilik qoʻshma komissiyasini tuzishi kerak. Tashkilot aʼzolari bayonot berib, agar shu kabi komissiya tuzilmaydigan boʻlsa, u holda bu ish bilan oʻzlari shugʻullanishlarini aytishdi.

Kuni kecha piket tashkilotchilari bayonot berib, Xitoy rasmiylaridan etnik kamchilikni tashkil etuvchi fuqorlarni taʼqib qilishni toʻxtatishni va har fuqaroning nima sababdan ushlangani yuzasidan tushuntirish berishni talab qilishlarini aytishgan edi.

Soʻnggi oylarda Shinjonda etnik kamchilik taʼqib qilinayotgani va maxsus muassasalarda majburan ushlab turilgani borasidagi xabarlar bois Xitoy jahon hamjamiyatining diqqat markazida turibdi. Bu muassasalarni Pekin “maʼrifiy markazlar” deya, huquq himoyachilari esa “siyosiy qayta tarbiyalash lagerlari” deya ataydi. Turli maʼlumotlarga qaraganda, bu muassasalarda bir millionga yaqin kishi ushlab turilibdi.

Xitoydagi “qayta tarbiyalash lagerlarida” etnik qirgʻiz, qozoq va uygʻurlarning ushlab turilishiga jahon hamjamiyatining eʼtiborini tortish maqsadida Bishkekda bir necha marta piketlar boʻlib oʻtdi.

Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov yil yakuniga bagʻishlab oʻtkazgan matbuot anjumanida Xitoydagi etnik qirgʻizlar ahvoli toʻgʻrisida berilgan savolga javob berar ekan, bu masalani hal qilishda Qirgʻiziston ehtiyotkorlik bilan yondashishi lozimligini taʼkidlab oʻtdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.