Qirgʻiziston va Oʻzbekiston hamkorlik rejasini imzoladi

926
0

Qirgʻiziston va Oʻzbekiston hamkorlik rejasini imzoladi

 18 dekabr kuni Oʻshda boʻlib oʻtgan, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning chegaraoldi viloyatlari rahbarlari kengashi ikkinchi yigʻilishi yakunlandi.

 Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov Qirgʻiziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik boʻyicha yoʻl xaritasini imzoladi.

 Qirgʻiziston hukumati bayonotida aytilishicha, hamkorlik rejasida savdo va sanoat ishlab chiqarish sohasi, karantin va veterinariya sohalaridagi hamkorlik, bojxona jarayonlarini soddalashtirish, xalqaro hamkorlik va boshqa masalalar boʻyicha aniq qadamlar hamda muddatlar belgilangan.

 Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegaraoldi viloyatlari rahbarlari kengashi 2017 yil sentyabr oyida, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan bitimga muvofiq tashkil etilgan.

 Kengashning birinchi yigʻilishi joriy yil 29-30 mart kunlari Fargʻona viloyatida boʻlib oʻtdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.