AQSh: Asad rejimini qulatish niyatimiz yoʻq

886
0

AQSh: Asad rejimini qulatish niyatimiz yoʻq

AQShning Suriya boʻyicha maxsus vakili Jeyms Jeffri Qoʻshma Shtatlarning Suriyada Asad rejimni agʻdarish istagi yoʻqligini bildirib, bayonot berdi.

“Biz aslida umuman boshqa rejimni koʻrishni istaymiz. Bu – rejim oʻzgarishi emas; Biz Asaddan qutulishga harakat qilmayapmiz”, dedi AQShning Suriya boʻyicha maxsus vakili Vashingtonda joylashgan “Atlantik Council”, nomli kengashda soʻzlagan nutqida.

Jeyms Jeffrining taʼkidlashicha, hozirda mamlakatda 100 ming qurolli muxolifat mavjud. Demak, Bashar al-Assad yetti yillik urushda gʻalaba qozona olmagan kishi sifatida murosaga iliq munosabatda boʻlishi kerak.

Asad rejimi, bosqinsi Rossiya va AQSh boshchiligidagi koalitsion kuchlar tarafidan butkul vayron qilingan Suriyani qayta barpo qilish uchun 300-400 milliard dollar sarflanishi kutilmoqda. Jeffri Suriyada Asad rejimi bilan muxolif kuchlar oʻrtasida murosaga erishulmaguncha, Gʻarb kuchlari va xalqaro moliya institutlari tarafidan moddiy yordam koʻrsatmasligini aytib oʻtdi.

Sobiq prezident Barak Obama davrida Oq uy maʼmuriyati Bashar Asadni hukumatdan agʻdarish shartligi haqida bong urar edi. AQSh armiyasi ham shuning uchun Suriyaga kiritilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.