AQSh vakili: “Bekorchi narsalar bilan shugʻullanib dunyoda sharmanda boʻldik!”

1003
0
Pat Buchanan, former speech writer for President Richard Nixon, addresses the Richard Nixon Centennial Birthday Celebration in Washington, Wednesday, Jan. 9, 2013. (AP Photo/Cliff Owen)

AQSh vakili: “Bekorchi narsalar bilan shugʻullanib dunyoda sharmanda boʻldik!”

Uch nafar AQSh prezidentiga maslahatchi vazifasida ishlagan siyosatchi Patrik Buchanan, “The American Conservative” gazetasi uchun yozgan maqolasida Amerikadagi ichki siyosiy vaziyatni tanqid qildi.

“Biz bu jiddiy dunyoda bekorchi narsalar bilan shugʻullanib, jiddiy boʻlmagan mamlakatga aylandik va dunyoda sharmanda boʻldik”, deya yozdi Buchanan.

Buchananga koʻra, “demokratiya farovonlik manbai” degan daʼvo puchga chiqib bormoqda. Uning taʼkidlashicha, kundan-kunga rivojlanib borayotgan Xitoy davlati bir partiyaviy rejim bilan ham super kuchga aylanish mumkinligini va demokratik tizim iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti emasligini isbotlagan.

Qoʻshma Shtatlar Frantsiyaning ikkinchi jahon urushidan oldingi ahvoliga tushib borayotganiga eʼtibor qaratgan Buchanan, “zamonaviy Amerikaning demokratiyasi dunyoni oʻziga jalb qilish uchun nima qila olishi mumkin? Qanday kuchi bor?”, deya savol tashladi.

“Amerikaliklarga koʻra, AQShning kuchi uning xilma-xilligi hisoblanadi. Axir bu xilma- xillikdan qanday qutulish haqida bosh qotirayotgan Yevropaning oʻzi emasmi?”, deya qoʻshimcha qildi Buchanan

Siyosatchi va jurnalist Patrik Buchanan – Amerikaning respublikachilar partiyasining oʻng qanot fraktsiyasi ideologlaridan biridir. U bundan oldin AQShning sobiq uch prezidenti Richard Nikson, Jerald Ford va Ronald Reygan uchun maslahatchi va nutq muallifi sifatida xizmat qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.