Jeenbekov: Qirgʻiziston butun dunyoga sharmanda boʻldi
Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 14 dekabr kuni bosh vazir Muxammedkaliy Abilgʻoziyevga transport va avtomobil ishlari vaziri Jamshidbek Kalilovni vazifasidan vaqtinchalik chetlatish haqida topshiriq berdi. Bu haqda u Qirgʻiziston Xavfsizlik kengashi yigʻilishi davomida aytib oʻtdi, deb maʼlum qilmoqda “Tazabek” nashri.
Prezident transport vazirining oʻrinbosari yaqinda pora bilan ushlangani haqida toʻxtalib, “Qirgʻiziston respublikasi butun dunyoga sharmanda boʻlganini” taʼkidladi.
“Kalilov, oʻrningizdan turing, agar sizning oʻrningizda boʻlganimda, hech boʻlmasa tergov davrida ariza yozib, ishdan vaqtinchalik ketgan boʻlardim. 500 ming dollarni hamma muhokama qilmoqda. Men gubernator boʻlganimda, nogironligi boʻlgan bolalarning onalari farzandlari haqida qaygʻurib, ishlashga imkon topishmagan va nafaqa haqida soʻrashardi. Yaqinda bosh vazir bu masalani hal qildi va ular bunday kichik puldan mamnun boʻlib oʻtirishibdi. 500 ming dollar esa – bu nimasi? Barchani javobgarlikka tortish kerak. Hurmatli bosh vazir, uni ishdan vaqtinchalik chetlating, u Xavfsizlik kengashida oʻtiribdi, bu qanday sharmandalik?!”, – deya dargʻazab boʻlgan Jeenbekov.
Turkiston:
Poraxoʻrlik korruptsiyaning mahsulidir. Korruptsiya esa, boshqaruv sistema asoslangan Mabda (tuzum)ning mahsuli boʻlib, ular (yaʼni poraxoʻrlik, iqtisodiy inqirozlar, korruptsiya, axloqiy buzuqlik…. va hokazolar) demokrotiyaga asoslangan kapitalistik mabdaning tabiiy inqirozidir!
Qirgʻiziston elitasi ham, korruptsiyaga qarshi kurashdan hech qanday naf chiqmasligini yaxshi tushunadi. Shuning uchun ular korruptsiyaga qarshi kurashmaydi. Faqat bir-birlari bilan hokimiyat talashayotib “korruptsiyaga qarshi kurash” amaliyotidan foydalanishadi. Yaqinda Bakiyevchilar tomonidan korruptsiyada ayiblanganlar, hokimyat almashib bir kunda toza odamlarga aylandi. Atambayevchilar hokimiyatdan ketishi bilan, endi ular korruptsiyada ayblanib bir boshidan jinoiy jazoga tortilib borishyapti.
Demak muammo shaxs yoki muayyan guruhlarda emas, aksincha, muammo boshqaruv tizimida. Bu boshqaruv mexanizmi har qanday guruh yoki shaxsni hokimiyatga kelishi bilan oʻz domiga tortib, olib kirib ketadi. Mavjud boshqaruv tizimi ichida poraxoʻrlik qilmay yoki iqtisodiy va siyosiy jinoyat qilmay, faoliyat olib borib boʻlmaydi. Hokimiyatda, piramida shaklidagi poraxoʻrlik, yaʼni pastdan yuqoriga qarab toboro koʻpayib boruvchi pora berish mexanizmi mavjud. Avvalgi prezident va vazirlarning deyarli hammasi millioner ekanligi oshkor boʻlib borayotgani fikrimizga dalil boʻla oladi. Qirgʻiziston ham boshqa mamlakatlar singari Korruptsiya va poraxoʻrlikdan qutula olmaydi. Chunki bu jinoiy muammo emas, uni jinoyatchilarga qarshi kurash bilangina bartaraf etib boʻlmaydi. Bu olamiy Mabdaiy muammodir.