Rossiya terrorchi tashkilotlarning yagona roʻyxatini tuzishga chaqirdi
Rossiya Davlat dumasining raisi Vyacheslav Volodin terrorizm boʻyicha umumiy pozitsiyani egallash uchun dunyo boʻylab terrorchilik tashkilotlarining yagona roʻyxatini ishlab chiqishga chaqirdi. U bu haqida Afgʻoniston, Xitoy, Eron, Pokiston, Rossiya va Turkiya davlatlarining parlament rahbarlari ishtirokida Tehronda tashkil etilgan konferentsiyada aytib oʻtdi.
“Bizning oldimizda terrorizmning mohiyati haqida umumiy tushuncha boʻlishi kerak hamda bizning qoʻlimizda terrorchi tashkilotlarning umumiy roʻyxati boʻlishi kerak. Ularning faoliyatini aniqlashda ikkilanishga aslo yoʻl qoʻyish mumkin emas. Terroristlarni moliyalashtirish manbalarini quritish uchun qoʻlimizdan kelgan barcha ishni qilishimiz kerak”, dedi Volodin.
Rossiya dumasi raisining daʼvosiga koʻra, Amerika Qoʻshma Shtatlari geosiyosiy shuhratparastligi bilan bu sohada qoʻshma saʼy-harakatlarga toʻsqinlik qilmoqda va “suveren davlatlar ishlariga bosim oʻtkazish va toʻgʻridan-toʻgʻri aralashish uchun qurol sifatida” terrorchilardan foydalanishni davom ettirmoqda.
Volodin amerikaliklarni ekstremizmga qarshi kurash va kurash standartlarini belgilash bilan oʻz harakatlarini oqlashga harakat qilayotganlikda aybladi.
“Bu amaliyotlar davlatlar muassasalarini vayron qilish, jamiyatda radikal toʻqnashuvlarni avj oldirish va rangli inqiloblarning kelib chiqishiga sabab boʻladi. Bu sharoitda terrorizm koʻproq avj oladi va xalqlarga yetkazayotgan zarari ham koʻproq boʻladi. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi holatlar bunga yaxshigina dalildir.”, deya soʻziga yakun yasadi Volodin.