Bishkekda “Din va demokratiya boʻyicha konstruktiv muloqot” yigʻlishi boʻlib oʻtdi

1463
0

Bishkekda “Din va demokratiya boʻyicha konstruktiv muloqot” yigʻlishi boʻlib oʻtdi

 Bishkek shahrida 13-dekabr kuni “Din va demokratiya boʻyicha konstruktiv muloqot” loyihasining uchinchi yigʻilish boʻlib oʻtdi.

 Yigʻilishdan koʻzlangan maqsad – odamlar orasida konfessiyalararo hamjihatlik va diniy bagʻrikenglikni mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqishdir.

 Loyihani “International Alert” xalqaro tashkiloti va “Iymon” fondi hamkorlikda amalga oshirmoqda. Mazkur loyiha doirasida dastlabki yigʻilish oʻtgan yilning dekabr oyida, ikkinchisi joriy yil may oyida boʻlib oʻtgan edi.

 Yigʻilishda Jogorku Kenesh deputatlari, davlat organlari, diniy konfessiyalar, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda diniy olimlar ishtirok etishadi.

 Turkiston:

Qirgʻiziston musulmonlari “Iymon” fondini Islom dininiing himoyachisi va uni rivojlantirish uchun fidoiylik qiladigan tashkilot sifatida qabul qilishgan edi. Fond tashabbusi bilan imomlarga stependiyalar berila boshlandi. Aslida bu fond nafaqat Islom eʼtiqodi yoki qadriyatlarini balki barcha din yoki dunyoqarashlar hamda sektalar ishongan aqidalarning ham himoyachisi hisoblanadi.

 Bu fondning ishtiroki bilan arab tilini bilgan va diniy taʼlimotga ega barcha masjidlarning imomlari bir qator atestatsiyadan oʻtkazilib, ilmoniylikka moyil boʻlgan boshqa imomlar bilan almashtirildi. Bir qancha ijroiy tashkilotlarda organ xodimlari ishtirokida islomiy majlis va ilmiy anjumanlar uyushtirishdi. Musulmonlarning bir qismi ularga aldanib, “Iymon” fondini “Islomiy qadriyatlarni himoya qilish uchun va jamiyatimizda dinimizning salohiyatini kengaytirish uchun tuzilgan tashkilot”, deb qabul qila boshlashgan edi.

 Lekin biz bilamizki, bu tashkilot kufr tomonidan iymonlarimizga qoʻyilgan tuzoqdan oʻzga narsa emas. Bu kabi tashkilotlarning maqsadlari dinlararo yaqinlik paydo qilishdir, yaʼni, Islom dinini libirallashtirish (manfaatli tomonga qarab maslashuvchanlik) va dinimizga boshqa dinlar hamda tuzumlar taʼlimotlarini olib kirish orqali uni buzib yuborishdir.

 Xuddi mana shu tashkilotlarni “Islom toʻnini kiyib, uni oʻzlariga niqob qilib olgan va dinimizni buzish maqsadida Gʻarb dunyoqarashini munofiqona bizga tiqishtirayotgan aygʻoqchilar”, desak boʻladi. Bular dinni rivojlantirishni emas, balki musulmonlarni zaif nuqtalarini izlab topib, ularga oʻsha joydan zarba berishni koʻzlashadi. Musulmonlarni eʼtiqodlaridan chalgʻitib, jamiyatimizda yangi-yangi sektalar paydo qilishadi va ularni oshkora yoki zimdan moliyaviy taʼminlab kelishadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.