Putin Yevrosiyo Ittifoqini iqtisodiy suverenitetni mustahkamlashga chaqirdi

941
0

Putin Yevrosiyo Ittifoqini iqtisodiy suverenitetni mustahkamlashga chaqirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining aʼzolariga oʻzaro moliyaviy bitimlarni rivojlantirish ustida ishlashni taklif qildi. Putinga koʻra, bu harakat Yevrosiyo ittifoqi aʼzolarining suverenitetini mustahkamlaydi.

“Zamonaviy moliyaviy texnikaga tayangan asosni tashkil etish (Evrosiyo Ittifoqi davlatlari uchun) milliy toʻlov tizimining barqarorligini taʼminlaydi va dollar yoki boshqa chet el valyutalariga boʻlgan qaramlikni kamaytiradi”, “Bu esa, har qanaqasiga iqtisodiy suverenitetning yuksalishini anglatadi”, dedi Putin Rossiyaning Peterburg shahrida boʻlib oʻtgan Yevroosiyo sammitida.

Shuningdek, Rossiya prezidenti fuqarolarning harakatini yengillashtirish, sogʻliqni saqlash, taʼlim, sayyohlik, sport va madaniyat sohalarida yaqin hamkorlikni vujudga keltirishni taklif qildi.

Putin Yevroosiyo Ittifoqiga aʼzo davlatlar tashqi aloqalarni kengaytirish zarurligiga ham eʼtibor qaratdi. Uning taʼkidlashicha, Yevroosiyo ittifoqi, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi va Janubi-Sharqiy Osiyo (ASEAN) davlatlari oʻrtasida imzolangan memorandum yirik Yevroosiyo hamkorlik loyihasini amalga oshirish yoʻlida tashlangan qadamdir.

“Bugungi kunda biz Xitoy bilan iqtisodiy tijoriy hamkorlik shartnomasi va Eron bilan erkin savdo muvaqqat bitimi kuchga kirganligini eʼlon qilamiz. Tsingapur, (Isroil) va Serbiya bilan, keyinchalik Hindiston va Misr bilan imtiyozli savdo shartnomalari boʻyicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanishiga umid qilamiz”, dedi Rossiya prezidenti.

Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi 2015 yilning boshida Rossiya, Belorussiya va Qozogʻiston oʻrtasida bojxona ittifoqi asosida tashkil etilgan boʻlib, oʻsha yilning oʻzida Armaniston va Qirgʻiziston ham unga qoʻshilgan edi.

Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi shartnomasiga koʻra, barcha aʼzolar oʻrtasida tovarlar, xizmatlar, kapital va mehnat sohalarida ayriboshlash erkinligi hamda savdo, energetika, sanoat, qishloq xoʻjaligi va transport sohalarida kelishilgan holda siyosat olib borish kafolatlanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.