Emomali Rahmon: “Jorj Bushning oʻlimidan qaygʻudamiz”
Tojikiston prezidenti Emomaliy Rahmon Amerika sobiq prezidenti Jorj Bushning vafoti munosabati bilan, amaldagi rahbar Donald Trampga hamdardlik izhor qildi.
Taʼziyanoma matni prezident matbuot boʻlimi tarafidan 1 dekabr kuni oʻzining vebsaytida nashr qilindi. Taʼziyanomada E. Rahmonning quyidagi soʻzlari keladi: “Amerika Qoʻshma Shtatlarining sobiq rahbari Jorj Gerbert Uoker Bushning vafot etganligi bois biz chuqur qaygʻuga botdik. Bu soatlarda men marhumning yaqinlari va barcha Amerika Qoʻshma Shtatlar fuqarolariga hamdardlik izhor qilaman va barchalariga sabr tilayman”.
Emomaliy Rahmonning fikriga koʻra, Jorj Bush oʻzining samarali faʼoliyati davomida davlat raisi va boshqa muhim vazifalarni aʼlo darajada bajargan. Shu sabab oʻz yurtida izzat va ehtirom topgan va halqaro darajada eng buyuk va obroʻ eʼtiborli siyosatchi qatori tanilgan.
(Katta) Jorj Bush Amerika Qoʻshma Shtatlarining 41 chi prezidenti hisoblanib, 1989 yildan to 1993 yilga qadar mamlakat boshqaruvi lavozimini egallagan edi. Bir qarashda 4 yil juda qisqa muddat tuyulsa-da, bu yillar mobaynida turli qonli nizolar, qatliommga sababchi boʻldi. Iroqda hali oʻchib ulgurmagan Eron-Iroq mojarosi va jang oʻchogʻinining yanada alanga olishligiga shu taniqli siyosatchining qoʻli bor. 2000 yillarga kelib, chala qolgan ishlarini uning vorisi (kichik) Jorj Bush davom ettirdi.
Emomaliy Rahmonning ularni doʻst tutib, umrini kufru isyonda oʻtkazgan zolim rahbariga aza tutishi musulmonlar qalbida gʻazab oʻygʻotadi.
Oʻtgan oyda Sugʻd viloyatida roʻy bergan mahbuslarni qatl qilish jarayonida bevosita sherik boʻlgan bu andishasiz rahbar, oʻz tomiriga oʻzi bolta uryapti. 50 nafar mahbus oʻz haqqini talab qilgani bois, oʻqqa tutildi. Bu adolatsizlikni na halqaror tashkilotlar va na biror inson huquqi himoyachilari tomonidan yoritilmadi. Faqatgina qamoqxona rahbarlari almashtirildi xolos.
Darhaqiqat, bu narsalarni hayratnalarli joyi yoʻq, zero ilmoniy davlat rahbarlari bir yasama robotlar singari, shaxsiy tafakkuri yoʻq, ularga nisbatan nufuzi bor katta davlatlar qaysi programmani joylashtirsa, oʻshani amalga oshiradi.